Mavzu : Boshlang’ich sinflarda miqdorlarning nazariy asosi va o’rgatish metodikasi Reja: kirish



Yüklə 188,53 Kb.
səhifə5/16
tarix23.05.2023
ölçüsü188,53 Kb.
#112455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Boshlang’ich sinflarda miqdorlarning nazariy asosi va o’rgatish metodikasi

Uzunlik tushunchasi Buyumlarning oraliqqa ega bo’lish xossasi uzunliuk deyiladi.
Aniq obektlarning oraliqlari haqida gapirganimizda bu so’zni ishlatamiz. Shuningdek, aniq obektlarning uzunliklari haqida gapirilganda bu miqdorlar bir jinsli deyiladi. Umuman bir jinsli kattaliklar biror to’plam obektlarning ayni bir xossasini ifodalaydi. Turli jinsli miqdorlar obektlarning turli xossalarini ifodalaydi. Masalan, uzunlik va yuz-turli jinsli miqdorlardir.
Uzunlik boshqa miqdorlar kabi qator xossalarga ega.

  1. Har qanday bir jinsli ikki miqdor taqqoslanadigan: ular yo teng , yoki biri ikkinchisidan kichik. Boshqacha aytganda, bir jinsli miqdorlar uchun “teng”, “kichik” va “katta” munosabatlari o’rinli hamda ixtiyoriy a va b miqdorlar uchun

a < b, a = b, a > b munosabatlardan bittasi va faqat bittasi to’g’ri.
Masalan: to’g’ri burchakli uchburchak gipotenuzasining uzunligi shu uchburchakning istalgan kateti uzunligidan katta, olmaning massasi tarvuzning massasidan kichik, to’g’ri to’rtburchakning qarama-qarshi tomonlari uzunliklari teng deymiz.
2. Bir jinsli miqdorlarni qo’shish mumkin, qo’shish natijasida o’sha jinsli miqdor hosil bo’ladi. Boshqacha aytganda har qanday a va b miqdorlar uchun a+b miqdor bir qiymatli aniqlanadi, u a va b miqdorlarning yig’indisi deyiladi.
Masalan, agar a–AB kesmaning uzunligi, b-BC kesmaning uzunligi bo’lsa u holda AC kesmaning uzunligi AB va BC kesmalar uzunliklarining yig’indisiga teng. a rasm.

  1. Miqdor haqiqiy songa ko’paytiriladi, natijada o’sha jinsli miqdor hosil bo’ladi. Boshqacha aytganda har qanday a miqdor va har qanday x nomanfiy haqiqiy son uchun yagona b = x*a miqdor mavjud; b miqdor a miqdorni x songa ko’paytmasi deyiladi.

Masalan: AB kesmaning a uzunligini x = 2 ga ko’paytirilsa yangi AC kesmaning
2a uzunligini hosil qilamiz. b rasm.
A________B________C A________B________C
a-rasm b-rasm
4. Bir jinsli miqdorlar ayriladi, bunda miqdorlar ayirmasi yig’indi orqali aniqlanadi: a va b miqdorlarning ayirmasi deb shunday c miqdorga aytiladiki, uning uchun a = b + c o’rinli bo’ladi.


Yüklə 188,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə