Mavzu : falsafa taraqqiyoti bosqichlari reja



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/27
tarix19.03.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#84598
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
2-мавзу маъруза материали

Sxolastika

  so‘zi  yunoncha  “shkola”dan  (“shola”)  olingan  bo‘lib,  “o‘qish  joyi”,  “maktab” 

ma’nolarini  anglatadi.  Buyuk  Karl  saroyida  o‘qituvchilik  kdlganlarni  yoki  umuman  saroy 

maktabidagi  o‘kdtuvchilarni  sxolastlar  deb  ataganlar.  Shuningdek,  dinni  o‘rganishda  falsafani 

tatbiqqilgan  o‘rta  asr  olimlarini  ham  sxolastlar  deb  ataganlar.  Sxolastikani  ma’lum  darajada 

ilohiyotni  aqlga  moslashtirish,  dinni  tafakkur  yordamida  quvvatlashga  bulgan  intilish,  deb  ham 

baholash  mumkin.  O‘sha  davrda  ilohiyotni  muqaddas  kitoblar  aqidalari  asosida  emas,  balki 

falsafiy  nuqtai  nazardan  tadqiq  qilish  toqozo  qilinardi.  Sxolastlarning  maqsadi  e’tiqod  aqlga 

muvofiqmi,  degan  savolga  javob  berish  bo‘lgan.  Realizm  Uning  yirik  vakillaridan  biri 

kenterberiyalik 



Anselm

  (1038—1109)dir.  U  Shimoliy  Italiyada  tug‘ilgan,  1093  yilda 

Kenterberiysk shahrining arxiepiskopi etib tayinlanadi. Anselm o‘zining ikki asari bilan mashhur. 

Birinchisi,  “Monopoliya”  —  Xudoning  borligini  sabab  va  oqibat  munosabatlari  tizimida  isbot 

qilish.  Bu  isbot  —  kosmologik  isbotning  shakli  sifatida  shunday  talqin  qilinadi:  inson  hayotda 

ko‘p ne’matlardan foydalanadi. Bu ne’matlar esa eng oliy ilohiy ne’matlarning aksidir. Ular orqali 

hamma  narsalar  mavjuddir.  Uzluksiz  tanazzulni  tasavvur  qilib  bo‘lmagani  sababli  hamma 

narsaning  bir  sababchisi  bo‘lishi  kerakki,  biz  uni  Xudo  deb  ataymiz.  Anselmning  ikkinchi  asari 

“Prologion” Xudo borligining deduktiv isbotidir. Uning ta’kidlashicha, har bir odam uchun oliy va 

komil mohiyat haqida g‘oya mavjuddir. Bu g‘oya esa ob’ektiv mavjudlikka ega bo‘lgan reallikka 

mos keladi. Chunki agar borliq mavjud bo‘lmaganda edi, narsa komil bo‘lmas edi. Agar Xudodan 

yuqoriroq  oliy  narsani  tasavvur  qilish  mumkin  emas  ekan,  demak,  Xudo  reallikda  mavjuddir. 

Arastu  ta’limotining  ko‘p  tomonlarini  qabul  qilgan  o‘rta  asr  sxolastlari  mo‘tadil  realistlar,  deb 

atalganlar.  Ularning  yirik  vakillari  Per  Abelyar  va  Foma  Akvinskiylar  bo‘lgan.  Britaniyada 

tug‘ilgan P. Abelyar (1079—1142) Per Aoelyar juda yoshligidanoq o‘z bilimi bilan mashhur edi. 

Abelyar — mo‘tadil realistdir. Uning ta’kidlashicha, reallik yoki universaliy dastlab Xudo aqlida 

mavjuddir, undan keyin narsalarning o‘zida mavjuddir va nihoyat, odamlarning ongida mavjuddir. 

Abelyar  “Men  e’tiqod  qilish  uchun  bilaman”,  degan  g‘oyani  ilgari  surgan.  Ya’ni,  bilmaydigan, 

bilimsiz  kishidan  ko‘ra,  din  va  uning  asosiy  tamoyillarini  yaxshi  o‘rgangan  kishi  afzal.  Bunday 

kishi  aqidaparast  emas,  balki  o‘zi  bilgan  narsaning  qadrini  biladigan  insondir.  Abelyar  haqiqatni 

topishda  tafakkurning  xizmatini  ta’kidlab,  unga  hamma  vaqt  murojaat  qiladi.  Uning 

ta’kidlashicha,  shubha  hamma  vaqt  tadqiqotga  yo‘llaydi,  tadqiqot  esa  haqiqatni  topadi.  Uning 

fikricha,  insonning  o‘limi  Xudoni  rozi  qilish  uchun  emas,  balki  odamlarni  Xudoga  bo‘lgan 

muhabbat  bilan  taajjubga  solish  www.ziyouz.com  kutubxonasi  va  odamlarga  axloqiy  ta’sir 

ko‘rsatish  maqsadida  sodir  bo‘ladi.  Bu  bilan  odamlar  o‘z  hayotini  xudoga  bo‘ysundiradilar.  Bu 

qarash axloqiy ta’sir qilish nazariyasi deb ataladi.  




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə