Mavzu : Majburiy ijro byurosi Reja


Byuroning asosiy vazifalari va funksiyalari



Yüklə 56,29 Kb.
səhifə3/3
tarix30.12.2023
ölçüsü56,29 Kb.
#165473
1   2   3
Majburiy ijro byurosi

Byuroning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan bo‘yin tovlash yoki ijro etilishiga to‘sqinlik qilish, ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari boshqa tarzda buzilganligiga doir huquqbuzarliklarga qarshi kurashish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda majburiy ijro tizimi tezkorligi va samaradorligini ta’minlash;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish, davlat ijrochilari faoliyatining samaradorligini oshirish.
Byuro o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash sohasida:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta’minlaydi, majburiy ijro etish qonun bilan boshqa davlat organlariga yuklatilgan hujjatlar bundan mustasno;
vakolatli organlarning mol-mulkni, shu jumladan huquqbuzarlik buyumlari va qurollari hamda ashyoviy dalillarni davlat daromadiga o‘tkazish yoki yo‘q qilib tashlashni nazarda tutuvchi qarorlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijro qiladi;
xatlangan va olib qo‘yilgan mol-mulkning baholanishi, saqlanishi va sotilishini tashkil qiladi;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosini ta’minlashda, shu jumladan qarzdorlarning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkini qidirishda davlat organlari, kredit va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, ushbu maqsadlarda ko‘rsatilgan davlat organlarining ma’lumotlar bazalaridan belgilangan tartibda foydalanadi;
qarzdor — jismoniy shaxslar va olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolani qidirishni amalga oshiradi, bu maqsadlarda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiradi, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qiladi;
o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari, takliflari va shikoyatlarini ko‘rib chiqadi;
aholining huquqiy madaniyatini oshirish, qonun va odil sudlovni hurmat qilish, jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini so‘zsiz va ixtiyoriy ravishda bajarish zaruriyatini shakllantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik bilan hamkorlik qiladi, ularni o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risida xabardor qiladi, ushbu maqsadlarda seminarlar, brifinglar, press-konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni o‘tkazadi;
b) ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan bo‘yin tovlash yoki ijro etilishiga to‘sqinlik qilish, ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari boshqa tarzda buzilganligiga doir huquqbuzarliklarga qarshi kurashish sohasida:
ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shu jumladan ijro ishi yuritish taraflari, baholash tashkilotlari, ijro hujjatlar bo‘yicha mol-mulkni saqlash va sotish ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar, bank va boshqa kredit tashkilotlari, qarzdorga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘layotgan tashkilotlar (shaxslar) hamda majburiy ijro organi hisoblanmagan va sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijrosini ta’minlovchi tashkilot va mansabdor shaxslar, shuningdek qarzdorlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan huquqiy ta’sir choralarini amalga oshiruvchi tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlari buzilishining oldini olish, bartaraf etish, shuningdek buzilgan huquqlarni tiklash choralarini ko‘radi;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro qilmaslik holatlarini aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olishda ichki ishlar organlari, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
sud qarori yoki boshqa ijro hujjatlarini bajarmaslik, band solingan mol-mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish, shuningdek voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni, ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlashga, ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari boshqa tarzda buzilganligiga doir huquqbuzarliklar bo‘yicha surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiradi;
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritadi, Byuro vakolatiga taalluqli ishlarni ko‘rib chiqadi va ma’muriy jazo qo‘llaydi;
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish amaliyotini tahlil qiladi, ularning hisobini olib boradi hamda ushbu sohada yagona amaliyotni shakllantirish choralarini ko‘radi;
Byuro vakolatiga taalluqli ishlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv o‘tkazadi, shuningdek tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiradi;
tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv o‘tkazish, protsessual qarorlar qabul qilish, tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish amaliyotini o‘rganib boradi, ularning hisobini yuritadi va bu borada faoliyat samaradorligini oshirish choralarini ko‘radi;
v) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda majburiy ijro tizimi tezkorligi va samaradorligini ta’minlash sohasida:
ijro hujjatlari hamda undirilgan mablag‘larning haqqoniy hisobini yuritadi;
Ijro ishi yurituvlari yagona elektron bazasini yuritadi;
ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari bo‘yicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi ishlashini ta’minlaydi;
Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi ishlashini ta’minlaydi;
qonun hujjatlari bilan belgilangan ro‘yxatga muvofiq yirik bitimlar, ayrim turdagi moliya-kredit xizmatlari, xalqaro yo‘lovchi tashish xizmatlari va davlat xizmatlarini amalga oshirishda ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanmagan qarzdorlik mavjudligini onlayn rejimda tekshirish uchun (huquqiy ta’sir choralarini amalga oshirish uchun) davlat organlari va tashkilotlarining Byuro ma’lumotlar bazalariga ulanishini ta’minlaydi;
Byuro organlari ish yurituvidagi ijro hujjatlari bo‘yicha ijro harakatlari amalga oshirilishining avtomatlashtirilgan monitoringi bo‘yicha davlat interaktiv xizmatini ko‘rsatadi;
elektron onlayn-auksionlar operatori bilan elektron hamkorlik qiladi hamda ijro harakatlarini olib borish davomida xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilish taomiliga elektron tijoratni joriy etish bo‘yicha choralar ko‘radi;
Byuro zimmasiga yuklatilgan vazifalarni tezkorlik bilan va samarali bajarish maqsadida majburiy ijro organlari axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazasini takomillashtirish choralarini ko‘radi;
Byuro organlarida axborot xavfsizligini ta’minlash va shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish choralarini ko‘radi;
axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazasini ishlatish, axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida Byuro xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
g) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish sohasida:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish masalasida xorijiy davlatlar majburiy ijro organlari va boshqa vakolatli davlat organlari bilan xalqaro hamkorlik qiladi;
xalqaro shartnomalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining sud qarorlari ijrosiga oid qismi hamda ijro hujjatlari bo‘yicha jismoniy shaxslar-qarzdorlarni qidirish qismi bajarilishini tashkil qiladi;
xorijiy davlatlarning majburiy ijro organlari, boshqa vakolatli organlari hamda ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotlar bilan sud hujjatlarini ijro etishda o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish masalalarida, shuningdek qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari bo‘yicha aktivlarni qaytarish masalalarida hamkorlik qiladi;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida hamkorlik masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Byuro vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan, shuningdek Sud ijrochilari xalqaro ittifoqi bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qiladi;
d) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish, davlat ijrochilari faoliyatining samaradorligini oshirish sohasida:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
ijro ishi yuritish tizimini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi, o‘z vakolati doirasida ijro ishi yuritishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi;
samarali ish uslublarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy qiladi, Byuro davlat ijrochilari va boshqa xodimlarini boshlang‘ich tayyorlash, qayta tayyorlash va kasb mahoratini oshirish choralarini ko‘rish bo‘yicha tizimli ishlarni olib boradi;
erishgan natijalarga qarab Byuro xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish choralarini ko‘radi, Byuro davlat ijrochilari va boshqa xodimlari ishini reyting baholash tizimini joriy etadi;
Byuro organlarida ichki xavfsizlikni ta’minlaydi, Byuro organlari xodimlari faoliyatiga noqonuniy aralashish, xizmatni o‘tash bilan bog‘liq xodimlar va ularning oila a’zolarining shaxsiy hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini tahdidlardan himoya qilish choralarini ko‘radi;
ijro ishi yuritishda sansalorlik va suiiste’molchilik holatlarining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘radi;
Byuro organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish bo‘yicha tizimli ish olib boradi, Byuro organlarida korrupsiyaga qarshi nazorat tizimini (“komplaens-nazorat”) joriy etadi va ishlashini ta’minlaydi;
davlat ijrochilari va boshqa xodimlar tomonidan Majburiy ijro organlarida xizmatni o‘tash qoidalari va odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni ta’minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ;


1.M.H.Rustamboyev “sud va Huquqni muhofaza qiluvchi organlar “ darslik
2.O’zbekiston Respublikasi “Prokuratura to’g’risida”da qonun
3.Prokuror nazorati darslik.



Yüklə 56,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə