Mavzu: 1§. Kon jinslari massivining asosiy xususiyatlari va ularni aniqlash metodlari. Ochiq kon ishlari va ularga tegishli asosiy belgilar. Ochiq kon ishlari elementlarining grafik tasvirlanishi. Reja



Yüklə 5,73 Mb.
səhifə1/35
tarix11.10.2023
ölçüsü5,73 Mb.
#127217
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
kon ishi maruza


Mavzu: 1§. Kon jinslari massivining asosiy xususiyatlari va ularni aniqlash metodlari. Ochiq kon ishlari va ularga tegishli asosiy belgilar. Ochiq kon ishlari elementlarining grafik tasvirlanishi.

Reja:

  1. Kon jinslari massivining asosiy xususiyatlari va ularni aniqlash metodlari;

  2. Ochiq kon ishlari, ularga tegishli asosiy belgilar;

  3. Ochiq kon ishlari elementlarining grafik tasvirlanishi.



Kon jinslari massivining asosiy xususiyatlari va ularni aniqlash metodlari
Odamlar tomonidan ishlatilganda yetarli darajada samara beradigan, organik yoki anorganik kelib chiqishga ega boʼlgan tabiiy minerallar foydali qazilma deyiladi. Foydali qazilmalarni qazib olish deganda ularni yer qobigʼidan chiqarib olish tushuniladi. Tabiatda foydali qazilmalar qattiq, suyuq va gazsimon koʼrinishlarda uchraydi.
Foydali qazilmalarning qazib olishning quyidagi usullari mavjud: yer osti, ochiq, geotexnologik, skvajina va aralash usullar. Foydali qazilmalarni qazib olishni konchilik korxonalari amalga oshiradi.
Konchilik korxonasi – konlarni razvedka qilish, qazib chiqarish va boyitish ishlarini bajaruvchi mustaqil ishlab chiqarish birligi. Foydali qazilmalarni qazib olib, dastlabki boyitish ishlarini bajaruvchi korxonalar qazib chiqaruvchi korxonalar deyiladi. Qazib chiqaruvchi korxonalarga shaxta, rudnik, karyer (razrez) kabi korxonalar kiradi.
Shaxta – foydali qazilmalarni (asosan, koʼmirni) yer osti usulida qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi.
Rudnik – asosan metall rudalari, kon-kimyo xom ashyo va qurilish materiallarini yer osti usulida qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi.
Karyer – foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi. Razrez – koʼmir qazuvchi karyer.
Priysk – qimmatbaho metallrga ega boʼlgan sochma konlarni qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi. Promisel – suyuq va gazsimon foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi (neft promiseli).
Konni ochish, qazishga tayyorlash va bevosita foydali qazilmani qazib olish bilan bogʼliq boʼlgan barcha ishlar majmuini konni qazib chiqarish deyiladi.
Bu ishlar konni qazib chiqarishning boʼgʼinlari hisoblanadi. Masalan, dastlabki koni ochish ishlari, soʼng konni bir qismini qazishga tayyorlash ishlari va bevosita foydali qazilmani qazish ishlari birin-ketin bajariladi.
Konlarni yer osti usulida qazib chiqarish uchun yer osti kon lahimlari toʼrini barpo etish talab etiladi.

1-rasm. Ko’mir shaxtasi sxemasi: 1,2,12- vertikal lahimlar; 3,4,5,10,11-garizontal lahimlar; 6,7,8,9-qiya lahimlar; 13-nasos kamerasi; 14-qazish kavjoyi.


Kondan qazib olingan foydali qazilma ushbu lahimlar orqali tashilib yer yuziga chiqarib beriladi.

Yüklə 5,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə