Mavzu: 2-sinfda musiqa o‘qitish metodikasi va mazmuni. Reja


Vokal xor ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari



Yüklə 39,05 Kb.
səhifə3/5
tarix11.10.2023
ölçüsü39,05 Kb.
#127051
1   2   3   4   5
2-sinfda musiqa o‘qitish metodikasi va mazmuni

Vokal xor ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari: U ko‘pincha maxsus mashqlardan, ya’ni a, u, yu, da, de, di, do, du va qo‘shiqlar o‘rganishda so‘zlarni fonetik jihatdan aniq ravshan talaffuz etish yo‘li bilan shakllanib boradi. Shuningdek, unli tovushlarni cho‘zib va undosh tovushlarni tez, aniq talaffuz etib kuylash vokal tovushlarini to‘g‘ri hosil etish juda muhim ahamiyatga ega. Kuylashda ligattoga erishish esa, osoyishda va ravon nafas olish va chiqarishga bog‘liq. Vokal nafasi nutq nafasidan farqli o‘laroq o‘pkaga me’yorida havo olib, uni musiqiy jumlaning oxirigacha yetkazib ravon va osoishta sarflashdan iboratdir.
Diksiya, ya’ni talaffuz qo‘shiq kuylashda alohida o‘rin egallaydi. Bunday unli tovushlar cho‘zib, undoshlar qisqa, tez va aniq talaffuz etiladi.
Ansambl - xorda ovozlarning ritmik, dinamik, temp, tembr va intonatsion uyg‘unligidir. Soz malakasi esa, ansamblning vujudga kelishida asosiy omil hisoblanadi. Qo‘shiqlarning badiiy ijro etilishiga ovozlardagi soz va ansamblning uyg‘unligi vositasi bilangina erishish mumkin bo‘ladi. Ritm ansambli musiqa asarining metrik xissalarini sezib kuylashga yordam beradi.
Dinamik ansambl - asardagi obrazlarni tasvirlashga yordam beradi. Asardagi obrazlarni tasvirlashda kompozitor kuchli va kuchsiz tovushlardan foydalanganligi aniqlanadi, albatta. Shunda-gina o‘quvchilarda forte va piano dinamik tuslari haqida aniq tushuncha hosil bo‘ladi. Temp ansambli xor ishtirokchilarining ma’lum bir su’ratda kuylashga erishishidir. Temp asar harakteriga bog‘liq. Qo‘shiqning bandlari va naqorati harakter jihatdan bir biridan farq qilib tempning o‘zgarishiga ham ta’sir etishi mumkin.
Tembr ansambli ustida ishlaganda, o‘g‘il va qiz bolalar ovoz-lari registr va tembr jihatidan bir-biriga yaqinligi sababli hozircha asosan ovozlarni fonetik jihatdan bir teksda hosil etib kuylashda o‘rgatish. Tembr ansamblining vujudga kelishi ijrochi-larning malaka va tajribalari bilan bog‘liqdir. Ikki ovozda kuy-lash xor sa’natining asosiy xususiyatlaridan biridir. Ammo, u bir oz qiyinchiliklar bilan amalga oshadi. Ikki ovozda kuylash zamirida o‘quvchilarning garmonik intervallarni xis qilish uquvini rivoj-lantirish yotadi. Ikki ovozda kuylashning elementar ko‘nikmaalari ham birinchi sinfdan boshlab rivojlana boradi:
1.Akkomponimentida qo‘shiq ohangi takrorlanmaydigan asarlarni kuylatib, bolalarda e’tiborni taqsimlash ko‘nikmasini shakllantirish. Bu o‘quvchilarni qo‘shiq ko‘yini akkomponiment ritmi va tempiga mos holda, tonallikdagi melodik sozdan chiqmasdan kuylashga o‘rgatishdan iboratdir.
2.Qo‘shiqning ritmik tuzilishini chapakda yoki og‘zaki tarzda ijro etish. Bolalar avval qo‘shiqning ritmi, taktning metrik xissalarini chapakda chalib kuylaydilar. So‘ng chapak, doyrachalar, uchburchak urma cholg‘u, shaqildoqlarda chalib, qo‘shiq va cholg‘u kuylariga ritmik jo‘r bo‘ladilar. Mazkur uslublar bolalarda faqat ikki ovozlik malaka-larinigina rivojlantirib kolmay, balki ularda ritm tuyg‘usi va ijodkorlikni ham o‘stiradi. Shuningdek bolalarda diqqat e’tiborni kuchaytiradi. 2-sinfda yangi va muhim element sifatida bolalar bilan mashq va qo‘shiqlar ohangiga o‘qituvchi ikkinchi ovoz sifatida jo‘r bo‘lib ikki ovozlikni vujudga keltirishi lozim. Bunday bolalardan ikki ovozlikni qanday his etayotganliklari va uning ta’sirchangligini surab, ularni ikki ovozli qo‘shiq nafosatiga qiziqtirish lozim. Ikki ovozlikni hosil etishda bolalarni mayin ovozda kuylatish zarur. Aks holda ikkinchi ovoz eshitilmay qoladi. Xor bilan ashula aytish murakkab psihologik fiziologik jarayon bo‘lganligi sababli o‘qituvchi xor bilan ishlash uslublari, bolalar ovozining o‘ziga xos xususiyatlari va repertuar imkoniyatlarini puxta bilgan holda ishga kirishishi lozim.

Yüklə 39,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə