Mavzu: Adab durdonalari asarida hayvonot olamiga oid munosabatlar baytlarini o’rganish Reja


bob. Hayvonlar egasi uchun quvvatdir



Yüklə 73,5 Kb.
səhifə4/4
tarix21.09.2023
ölçüsü73,5 Kb.
#122764
1   2   3   4
adab durdonalari Mavzu

bob. Hayvonlar egasi uchun quvvatdir


  1. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasuli akram (s.a.v.): "Kufrning boshi kun chiqar tomonda, faxrlanish va manmanlik shahardan tashqarida yashaydigan yuzlab, minglab ot va tevalari bo'lgan kishilarda bo'ladi, viqor va tavoze'lik esa qo'y egalarida bo'ladi", dedilar".

Kufrning boshi Sharq tomonda deganlari, vallohi a'lam, Sharq Arabistonga nisbatan Fors mamlakati bo'lib, u yerda majusiylik rivoj topgan davrga muvofiq aytilgan bo'lsa kerak.Ko'p ot va tevalari bo'lganlar davlatmandlik bilan g'ururlanib, boshqalarni mensimaydilar. Ammo qo'y egalariga esa, qo'ylardagi kamtarlik, saxovatlik xislatlari o'tar ekan.

  1. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Men itlar bilan qo'ylar haqida taajjublanaman. Qo'ylardan qancha-qanchasini har yili kishilar so'iib yeydi va qanchasi Alloh taolo yo'lida hadya-ehson qilinadi. Ammo bir urg'ochi it qancha bola tug'adiyu, lekin hisoblab ko'rilganda qo'ylar soni itlarga nisbatan juda ko'p bo'ladi, men shunga taajjub qilaman".

  2. Abu Suf'yon Qurayshiy aytdilar: "Hz. Umar ibn Xattob mendan: "Ey Abu Suf'yon, senga keladigan daromad qancha?" - deb so'radilar. Men: "Ikki ming besh yuz", dedim. Shunda u kishi: "Ey, Abu Suf'yon! Qurayshning yigitlari sizlarga voliy bo'lib qolishlaridan avval sen dehqon-chilik va chorvalardan o'zingga mulk qilib ol! Chunki ular nazdida shundan boshqa yo'l bilan keladigan daromad mol hisoblanmaydi", dedilar".

  3. Abda ibn Hazi aytdilar: "Teva egalari bilan qo'y egalari bir-birlari bilan faxrlanishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Hz. Muso (a.s.) qo'y boquvchi bo'lsa-lar ham payg'ambar bo'ldilar, hz. Dovud ham podachi bo'lishlariga qaramay payg'ambar bo'ldilar va men ham Ajyoddagi ahllarimning qo'ylarini boqib yuradigan podachi bo'lganman. Shunga qaramay Alloh taolo meni payg'ambar qildi", dedilar.



Foydalanilgan adabiyotlar

  1. www.ziyouz.com kutubxonasi

  2. Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

Yüklə 73,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə