Mavzu: Adab durdonalari asarida hayvonot olamiga oid munosabatlar baytlarini o’rganish Reja



Yüklə 73,5 Kb.
səhifə2/4
tarix21.09.2023
ölçüsü73,5 Kb.
#122764
1   2   3   4
adab durdonalari Mavzu

2. Hayvonot olamiga munosabat
Dinimiz mehr-shafqat dini. Odam tugul hayvonlarga ham muloyim munosabatga chaqiradi. Qur’oni karimda Alloh taolo hayvonot olamini nima uchun yaratgani, ularga qanday munosabatda bo‘lish lozimligini o‘rgatish bilan birga, hayvonot olamidan qanday foydalanish haqida ham ta’lim beradi: "Yerdagi biror jonivor va biror ikki qanoti bilan uchadigan parranda yo‘qki, (ular ham) sizlar kabi ummatlar bo‘lmasalar..." (An’om, 38). Ya’ni, sizlar qanday ummat bo‘lsalaring, ular ham o‘zlariga xos ummatdir. Shunday ekan, ularni bekorga o‘ldirish, zulm qilish, qiynoqqa solish aslo mumkin emas.
Aslida, hayvonlar ham borliqdagi barcha narsa kabi ibrat uchun, qolaversa, insonlarga manfaat uchun yaratilgan. "Albatta, sizlar uchun chorva mollarida ham ibrat bordir: sizlarga ularning qornidagi narsa (suti)dan ichirurmiz, yana sizlar uchun ularda ko‘p foydalar bordir, shuningdek, ular(ning go‘sht-yog‘lari)dan yeysizlar. Yana, (quruqlikda) ularga va (dengizlarda) kemalarga minib yurasizlar" (Mo‘minun, 21–22). Hayvonot olami inson manfaati uchun yaratilganini ulardan xohlagancha foydalanish mumkin deb tushunmaslik kerak. Dinimiz bu borada ham adolatli o‘lchovlarni belgilab qo‘ygan. Ya’ni: hayvonot olamidan to‘g‘ri foydalanish; mahsulotlaridan ehtiyojga ko‘ra manfaat olish; zarurat bo‘lganidagina ov qilish va hokazo. Ammo zinhor hech bir parranda yoki hayvon sababsiz o‘ldirilmaydi, ini, uyasi buzilmaydi, ularga ozor berilmaydi. Hadisi sharifda: «Biron kishi chumchuqni sababsiz o‘ldirsa, qiyomat kuni Allohga: "Ey Parvardigorim, bu kishi meni nohaq o‘ldirdi, bundan unga hech qanday foyda yo‘q edi", deb shikoyat qiladi», de­yilgan (Imom Nasaiy rivoyati).
Ibn Abbosdan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinadi: «Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) yuziga tamg‘a bosilgan bir eshak yonidan o‘taturib: "Kim bu ishni qilgan bo‘lsa, unga Allohning la’nati bo‘lsin, men bunday ishni man qilgan edim-ku!" dedilar» (Imom Muslim). Demak, hayvonlarga belgi qo‘yish masalasida ham ehtiyot bo‘lish zarur. Tamg‘a yuziga bosilmaydi, qulog‘ining katta qismi kesib tashlanmaydi, dumi bekorga kesib olinmaydi. Agar hayvon odamlarning ekiniga zarar yetkazsa, uning zarari hayvon egasidan undiriladi.
Hayvonlarga nisbatan mehr-shafqatli bo‘lish insonning oxiratda ham baland darajalarga erishishiga sabab bo‘ladi. Abu Hurayradan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): "Bir kishi yo‘lda ketayotib qattiq tashna bo‘ldi. Yo‘lida bir quduq ko‘rinib qoldi-da, uning ichiga tushib suvidan ichdi. Quduqdan qaytib chiqqan vaqtida bir it tashnaligidan hansirab, ho‘l tuproq yalayotganini ko‘rdi. Bu bechora ham menga o‘xshab chanqabdi, deb o‘yladi va qayta quduqqa tushib, mahsisiga suvdan to‘ldirib chiqib itga ichirdi. U kishining qilgan ishi Alloh taologa xush kelib, gunohini kechdi", dedilar. Shunda sahobiylar: "Yo Rasululloh! Hayvonlarga qilgan yaxshiligimiz uchun ham bizlarga savob bo‘ladimi?" deb so‘rashdi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): "Ha, har bir jonlida shunday ajr bor", deb javob berdilar» (Imom Buxoriy).
Aksincha, kim hayvonlarga jabr-zulm o‘tkazsa, azob bersa, bunday odamni oxiratda qattiq jazo va uqubat kutadi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): "Bir xotin urg‘ochi mushukni ochlikda saqlab o‘ldirgani uchun do‘zaxga tushdi. Xudo bilsin, bu mushukni qamab qo‘yganingda na taom va na suv bermading yoki yerdagi hasharotlardan tutib yemog‘i uchun o‘z holiga qo‘ymading, deb azoblansa kerak", deb marhamat qilganlar (Imom Buxoriy rivoyati).
Hayvonlarga ulardan ko‘riladigan manfaatdangina kelib chiqib mehr-shafqatli bo‘linmaydi. Inson butun borliqqa shafqat bilan munosabatda bo‘lishga buyurilgandir. Tabiatga yaxshi munosabatda bo‘lish bilan dinimiz qoidalariga, odamiylik talablariga rioya qilgan bo‘lamiz. Barcha savobli amallar qatorida, bu ishimiz uchun ajru savoblarga erishamiz, inshaalloh.



Yüklə 73,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə