Mavzu: Adabiyot – ma’naviyatning yuksak manbalari. Muqimiy asarlarining iqtisodiyotdagi o`rni. Nutq uslublari. Badiiy uslub va uning xususiyatlari


Badiiy uslub va uning xususiyatlari



Yüklə 47,67 Kb.
səhifə4/5
tarix25.09.2023
ölçüsü47,67 Kb.
#123803
1   2   3   4   5
MUQIMIY ASARLARIDA AHOLINING IJTIMOIY

4.Badiiy uslub va uning xususiyatlari.
Badiiy uslub (tilning ta’sir qilish, targ’ibot, tashviqot vazifasi) - inson hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Bu uslub barchaga barobarligi,
o’quvchiga va tinglovchiga emotsional ta’sir etishi bilan boshqa uslublardan farq qilib turadi. Bu uslubda muallif tilning barcha leksik, grammatik vositalaridan foydalanishi, turli ifodaviy vositalarni qo’llashi mumkin. Boshqa uslublarning materiallaridan badiiy uslubda bemalol foydalanish mumkin. Shunga ko’ra, badiiy uslub keng imkoniyatga ega uslub turi hisoblanadi. Badiiy uslub badiiy adabiyot, ya’ni badiiy asarlarga xos bo`lib, unda badiiylik, ifodaviylik, ta’sirchanlik kuchlidir. Badiiy uslubning o`ziga xos xususiyati shundaki, adabiy tilning barcha imkoniyatlarini o`z ichiga olish bilan birga, unda o`zbek shevalariga, kasb-hunarga doir leksik birliklar, bugungi kunda iste’moldan chiqib ketgan tarixiy so`zlar ham personajlar nutqi orqali ishlatila beradi. Badiiy uslub o`quvchida estetik zavq uyg`otadi. Demak, badiiy uslub orqali ro‘yobga chiqqan nutq ma’lum voqea- hodisa haqida axborot berish (kommunikativ vazifani bajarish)dan tashqari, o‘quvchiga ta’sir qilish (ekspressiv) vazifasini ham bajaradi. Obrazlilik va estetik ta’sir etish badiiy uslubning muhim belgisidir. Badiiy uslub so’z sa’natiga, timsoliy fikrlash sohasiga oid va funksional juhatdan biqiq – chegaralangan emas. Uning mazmun doirasining nihoyatda keng va u timsollar, badiiy to’qima, yozuvchi fantaziyasi natijasida yuzaga keladi. Badiiy uslubda proza, poeziya va dramaturgiya asarlar yaratiladi. Badiiy uslub timsol, ijod va shaxs munosabatida yuzaga keladi. Badiiy uslubda umumxalq tili va adabiy tilning barcha qatlamiga mansub so’z va iboralar keng va faol ishlatiladi hamda estetik ta’sir etish vazifasini bajaradi.
Badiiy adabiyot tili yoki badiiy uslub adabiy tilda alohida o‘rin tutadi. Badiiy uslubda xalq tilidagi hamma vositalardan erkin foydalaniladi. Badiiy uslubning asosiy belgilari:
Turli tasviriy vositalar, chunonchi, sifatlash, qiyoslash, mubolag‘a, kinoya, o‘xshatish va hokazolar qo‘llanadi:
Bulutning orasidan
Quyosh kulib qaraydi,
Majnuntolning yuvilgan
Sochlarini taraydi (E. Vohidov).
Shoir bu misralarda badiiy tasvirning jonlantirish usulidan foydalanib, insonga xos kulish (kulib qaraydi), tarash (sochlarini taraydi) harakatlarini quyoshga nisbatan ishlatadi.
Til vositalaridan erkin foydalaniladi. Badiiy asarlarda adabiy tilga xos til birliklari, shuningdek, adabiy tildan tashqarida bo‘lgan sheva, oddiy nutq, jargon kabilarga xos so‘zlar bo‘lishi ham mumkin. Bu uslubda muallifning o‘z bayoni adabiy til me’yorlarida bo‘ladi. Ammo asarda ishtirok etuvchilarning nutqida ularning xususiyatlarini ifodalash uchun adabiy tilda bo‘lmagan til birliklaridan ham foydalaniladi. Masalan, yozuvchi Abdulla Qahhor “Bemor” hikoyasida farg‘onalik yosh go‘dak nutqini shunday ifodalagan: Xudoyo, ayamdi daydiga davo beygin.
Badiiy asarda tasvirlanayotgan davrning ruhni aks ettirish uchun eskirgan va yangi paydo bo‘lgan so‘z va iboralardan ham foydalaniladi.
Sonlar raqam bilan emas, so‘z bilan yoziladi.
Xullas, badiiy asarlar badiiy uslubda yoziladi. Unda so‘zlashuv uslubiga, kitobiy uslublarga, shuningdek, xalq tiliga xos til birliklari ham bo‘ladi. Bir fikrning o‘zini adabiy tilda turli uslublarda ifodalash mumkin, chunonchi: quyidagi gaplarni qiyoslab o‘qing.
So`zlashuv uslubi. Oilada, ko`cha-ko`yda kishilarning fikr almashish jarayonida qo`llanadigan nutq uslubi so`zlashuv uslubi sanaladi. So`zlashuv uslubi adabiy va oddiy so`zlashuv uslublarini o`z ichiga oladi.
Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so`zlashuv uslubi adabiy so`zlalashuv uslubi, bunday xusuiyatga ega bo`lmagan so`zlashuv uslubi esa oddiy so`zlashuv uslubidir.
So`zlalashuv uslubining o`ziga xos xususiyati uning erkinligidir. So`zlar tartibi erkin, asosiy maqsadni ifodalovchi gap bo`lagi ajratib ko`rsatiladi, fikr so`zga mantiqiy urg`u berish bilan ifodalanadi. Jumlalar qisqa va ta’sirli bo`ladi.
So`zlashuv uslubining har ikki turi ko`pincha dialog shaklida ro`yobga chiqadi. Ikki shaxsning o`zaro so`zlashuvi dialogik nutq sanaladi. So`zlashuv uslubida so`zlar ko`pincha kinoya, piching, qochirmalarga boy bo`ladi.
So`zlashuv nutqida ona tilidagi bor imkoniyatlardan foydalanilsa ham, har bir toifaning nutqida o`ziga xoslik seziladi: olimlarning suhbati bilan ishchi, xizmatchi, dehqonning so`zlashuvida farq bo`ladi. Hatto erkag-u xotinlar so`zlashuvi o`rtasida ham ba’zi farqlar bo`ladi.Og`zaki so`zlashuv uslubi grammatik qurilishi sodda, qisqa, mazmunan ta’sirchan bo`ladi. Bunda xalq maqollari va masallar, rivoyat va ertaklar, latifa va qo`shiqlar, so`z o`yinlari-pichinglar, hazil – mutoyi balar, askiya va qochirmalar muhim manba sanaladi.
Jonli nutq jarayonida uslubiy bo`yoq iboralaridan (Onaginang o`rgilsin! Qoqindig`ing bo`lay!) keng foydalaniladi. Jonli so`zlashuv nutqida «xom» ibora va gaplar, behayo so`zlar ham uchraydi.
Ba’zan bunday qatlamlar badiiy asarlardan ham o`rin oladi: Hoy xotin, tavba qildim, endi ichsam, birovdan pul olsam, go`rimda to`ng`iz qo`pay.
Har holda hamma toifa kishilarning suhbati, so`z va gaplari tushunarli bo`ladi.
Chunki umumiste’moldagi so`z, ibora va jumlalardan foydalaniladi.
Shevaga xos so‘zlar
Mа’lum hududdа yashоvchi kishilаr nutqigа xos bo‘lgаn, adabiy til leksikasiga kirmaydigan so‘zlаr shеvаgа хоs so‘zlаrni tashkil etadi. Quyidagi jadvalda keltirilgan adabiy til va shevaga xos so`zlarga e’tibor bering.



Toshkent
shеvаsida

Farg‘ona
shеvаsida

Buxoro
shеvаsida

Samarqand
shеvаsida

Xorazm
Shеvаsida

Adabiy
tilda

1.

do‘ppi

do‘ppi

kalpo‘sh
kallapo`sh

qalpoq

Tahya

do‘ppi

2.

garmdori

qalampir

qalampir
qalamfur

qalampir

murch
aji

qalampir

3.

chumoli

chumalik

mo‘rcha

mo‘rcha

Qorinja

chumoli

4.

narvon

shoti

narvon
narbon

narvon

Zangi

narvon

5.

mushuk

mishiq

pishak

pishak

Pishiq

Mushuk

Yozuvchilаr bаdiiy аsаrlаrdа qаhrаmоnlаrning qаyеrlik еkаnini, tilidаgi хususiyatlаrni ko‘rsаtish uchun ulаrning nutqidа bа’zаn shеvаgа хоs qo‘shimchа vа so‘zlаrni ishlаtаdilаr.

Yüklə 47,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə