Mavzu: Algaritm ularning turlari xossalari Reja: Algaritim turlari Algaritim xossalari



Yüklə 300,28 Kb.
səhifə1/4
tarix15.06.2022
ölçüsü300,28 Kb.
#89562
  1   2   3   4
Algaritm ularning turlari xossalari3




Mavzu: Algaritm ularning turlari xossalari
Reja:

1.Algaritim turlari
2.Algaritim xossalari

Har qanday algoritm mantiqiy tuzilishiga, ya’ni bajarilish tartibiga qarab uch asosiy turga bo‘linadi: chiziqli (ergashish), tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi.
Chiziqli algoritmlar. Barcha ko‘rsatmalari ketma-ket joylashish tartibida bajarib boriladigan algoritmlar chiziqli algoritmlar deyiladi. “Choy damlash”, doira yuzini hisoblash algoritmlari chiziqli algoritmlarga misol bo‘ladi. Lekin hayotimizdagi juda ko‘p jarayonlar shartlar asosida boshqariladi.
Tarmoqlanuvchi algoritmlar. Shartga muvofiq bajariladigan ko‘rsatmalar ishtirok etgan algoritmlar tarmoqlanuvchi algoritmlar deb ataladi. Algoritmlarning bu turi hayotimizda har kuni va har qadamda uchraydi. Eshikdan chiqishimiz eshik ochiq yoki yopiqligiga, ovqatla­nishimiz qornimiz och yoki to‘qligiga yoki taomning turiga, ko‘chaga kiyinib chiqishimiz ob-havoga, biror joyga borish uchun transport vositasini tanlashimiz to‘lash imkonimiz bo‘lgan pulga bog‘liqdir. Demak, tarmoqlanuvchi algoritmlar chiziqli algoritmlardan tanlanish imkoniyati bilan farqlanar ekan. Avvalgi darslardagi kvadrat tenglamani yechish, ikki sonning EKUBini topish algoritmlari tarmoqlanuvchi algoritmlarga misol bo‘ladi.
Takrorlanuvchi (siklik) algoritmlar. Masalalarni tahlil etish jarayonida algoritmdagi ba’zi ko‘rsatmalar takroran bajarilishini kuzatish mumkin. Masalan, eng katta kvadratlar kesib olish masalasi (4-dars 5-misol), Evklid algoritmi (5-dars 2-misol). Hayotimizda ham juda ko‘p jarayonlar takrorlanadi. Masalan, darslarning har hafta takrorlanishi, har kuni nonushta qilish yoki maktabga borish va hokazo. Ko‘rsatmalari takroriy bajariladigan algoritmlar takrorlanuv­chi algoritmlar deb ataladi.
Takrorlanuvchi algoritmlar “ I := I + 1 ”, “ S := S + I ” yoki “ P := P * I ” ko‘rinishidagi ko‘rsatmalarning ishtiroki bilan ajralib turadi (* – ko‘paytirish amali). Bunday ko‘rsatmalarning mazmunini tushunish uchun takrorlanishning bir nechta qadamini ko‘rib chiqish lozim.
Odatda yig‘indi uchun boshlang‘ich qiymat (inglizchadan SUMM, ya’ni yig’indi ma’noli so’zning bosh harfi) S:=0 va ko‘paytma uchun (inglizchadan PRODUCT, ya’ni ko’paytma ma’noli so’zning bosh harfi) P: = 1 deb olinadi, chunki bu qiymatlar, ya’ni 0 va 1 lar, mos ravishda, yig‘indi va ko‘paytmaning natijasiga ta’sir etmaydi:
1-qadam: I := 1 bo‘lsin, u holda S := S + I = 0 + 1 = 1, P := P * I = 1 * 1 = 1;
2-qadam: I := I + 1 = 1 + 1 = 2, S := S + I = 1 + 2 = 3, P := P * I = 1 * 2 = 2;
3-qadam: I := I + 1 = 2 + 1 = 3, S := S + I = 3 + 3 = 6, P := P * I = 2 * 3 = 6;
4-qadam: I := I + 1 = 3 + 1 = 4, S := S + I = 6 + 4 = 10, P := P * I = 6 * 4 = 24.

Yüklə 300,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə