Мавзу: АҚли заиф ўсмирларда оилавий ҳаёт ҳАҚидаги тасаввурларнинг хусусиятлари


«Mehnat ta’limi maktabi 5-, 9-sinf o’quvchilarining amaliy bilim va malakalarining o’sish dinamikasi»



Yüklə 259,21 Kb.
səhifə4/4
tarix04.11.2017
ölçüsü259,21 Kb.
#8150
1   2   3   4
    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • ILOVA

«Mehnat ta’limi maktabi 5-, 9-sinf o’quvchilarining amaliy bilim va malakalarining o’sish dinamikasi»

Ko’k rang bilan 9 sinflar, qizil rang bilan 5-sinflar ifodalandi.



Shunday qilib, amaliy malaka va ko’nikmalarning sifat va miqdor jihatdan foizlari nisbati mehnat ta’limi maktabi o’quvchilari maktab bo’sag’asidan chiqishning oxirida mehnat va ijtimoiy maishiy yo’naltirish, oilaviy hayotga tayyorlash darslarida olgan boshlang’ich bilim, malaka va ko’nikamlarni egallaganliklarini ko’rsatdi. Agar beshinchi sinf qizlari hali ham ovqat tayyorlash, tikish, to’qish va boshqa malakalarni to’liq egallamagan bo’lsalar, 9-sinf qizlari esa mustaqil ravishda oshpazlik va tikish mahsulotlarini allaqachonoq tayyorlay biladilar.

O’quvchilarning javoblarining tahlili «Nikohdan o’tish (turmush qurish) ning eng qulay yoshi» savoliga eng ko’p miqdorda to’g’ri javob berilganini ko’rsatdi. O’n ikkita o’quvchi (80 %ga mos ravishda) 18-20 yosh deb javob berdilar. Boshqa uchta o’quvchi qachon nikohdan o’tish (turmush qurish) kerakligini bilmasliklarini (20 %) aytdilar.

Biz kelgusida er-xotinlikning fazilatlari haqidagi savolga eng to’g’ri javob berdik. O’quchilar mehribonlik, yaxshilik, tartibga aniq rioya qilish fazilatlarini sanab chiqdilar (80 %) – 12 ta o’quvchi.

Uchta o’quvchi go’yoki mehribonlik fazilatlarini ta’kidladilar. Bizning fikrimizcha, aqli zaiflar istagan bunday fazilatlarni o’zlarida oila a’zolaridan ko’rishni istaydilar.

5-, 9-sinf o’quvchilarining ko’pchiligi «oilaparvarning burchi nimada namoyon bo’ladi?» savoliga javob berishda qiynaldilar. 5-sinflar «burch» so’zini go’yo qarz deb tushundilar. Ular tushuntirib berilgandan keyin 3 ta o’quvchi (53,3 %) moddiy jihatdan ta’minlash «pulni uyga olib kelish» tarzida qaradilar. Boshqa 7 ta o’quvchi (46,7 %) «bolalar haqida g’amxo’rlik» deb aytdilar, lekin u asosan maktabdagi ta’limga, bolalar qiynalgani va farovon turmush kechirishiga qaratildi. 9-sinf o’quvchilari oilaparvar (oilaga yaxshi qaraydigan) insoning quyidagi shunday belgilarini aytdilar: moddiy jihatdan ta’minlanganlik, bolalar tarbiyasi uchun javobgarlik – 12 ta o’kuvchi (80 %).

«Qanday oilani yaxshi deb hisoblaydilar?» savoliga quyidagi javoblar olindi: «ota-onalar bolalarni sevsinlar» «bolalar ota-onalariga non olib kelishga, pol yuvishga yordam beradigan». Ya’ni beshinchi sinflar oilaviy qadriyatlardan bolalarni g’amxo’rligi va ota-onalarning bir-biriga mehribonliklarini belgilaydilar. Oilaviy qadriyatlarga 9-sinflar «er xiyonat qilmasin», hamda «bolalarga yaxshi munosabatda bo’lsin» degan qat’iylikni kiritdilar. Yaxshi oilaning belgilari, deb to’qqizinchi sinflar ota-onalar «ichmaydigan», «janjal qilmaydigan», «ona va bolalarini uydan haydaydiganlarni» hisoblaydilar. Keyingi savol oila va nikoh haqidagi huquqiy norma (konun tusiga kirgan umumiy majburiy tartib, qoida) ni bilishni tavsiya qiladi. Nikohni qayd qilish zarurligi haqidagi savolga 12 ta o’quvchi (80 %) javob bera olmadilar. Boshqa ikkita o’quvchi (12 %) «er boshqa xotinga ketib qolmasligi», «agar ajrashib ketishsa, aliment to’lashi» uchun nikohni qayd qilish zarurligini aytdi. O’quvchilarning 30 % (4 ta o’quvchi) javoblaridan ro’yhatdan o’tmasdan ham yashash mumkin, deb hisoblashlari aniqlandi, chunki «ularning ko’p tanishlari shunday yashaydilar».

5, 9-sinf o’quvchilari oila va nikoh haqidagi huquqiy bilimlardan foydalanishni bilmaydilar, uylanishning maqsadini, nikohni ro’yhatdan o’tkazish zarurligini bilmaydilar. Bizning fikrimizcha, bu haqiqat ijtimoiy maishiy yo’naltirish faniga kiritilgan oila va nikoh masalalari, davlat va huquq asoslarida izohlanadi, bu savollarga diqqat, e’tibor berib, uni alohida ta’kidlamaydi.

Qizlar uchun «Sen tavsiya qilingan fazilatlardan qaysinisiga loyiq xotin bo’lasan?» degan savolga qizlar faqat ijobiy fazilatlar (rahmdil, xushmuomalalilik, ishonchlilik, g’amxo’rlik) ni tanladilar. O’g’il bolalar ular yazshi er («ichmaydigan, xotinlarini haqorat qilmaydigan, uyga doim keladigan») bo’lishlarini aytdilar.

«Kim uydagi saranjom sarishtalik, tartib intizomga qarab turadi» savoliga 40 % bola, qizlarning esa 60 % bu majburiyatni o’z zimmasiga oldilar.

Uydagi tartib, intizom deganda ko’pchilik uydagi oila byudjeti ya’ni pullarni boshqarishni tushunadi. Er-xotinlarning oila-nikoh munosabatlarida nikohda kirish sabablari kelgusida katta rol o’ynaydi. Bizning tadqiqotlarimiz materiallarining nikohga kirishning sabablarini belgilashni sevgi, muhabbat deb aytdilar (80 % o’quvchi 12 ta odam). 5-sinf o’quvchilari quyidagi sabablarni afzal, deb bildilar: «farzandli bo’lishni istayman», «do’stlarim havas qiladilar», «meni mashinada sayr qildirishlarini, hamma narsani sotib olib berishlarini istayman», «oppoq ko’ylak qiyaman», «fata taqaman», «sovg’alar tortiq qilishadi». 9-sinflar birinchi navbatda sevish sabablarini, so’ngra esa «ota-onamga bog’liq bo’lishni istayman», «uy yomon», «yaxshi yashayman», «ota-onam meni erga beradilar», «shunday bo’lishi kerak», «erim bilan mening o’z uyim bo’ladi», degan fikrni qullanma qilib oladilar.

Manfaatparastlik ruhidagi qiziqishlar biz ko’rganimizday, 9-sinf o’quvchilarida ustun kelgan (2 ta o’quvchi 20 %)

5-sinflar unchalik ahamiyati bo’lmagan belgilar (tashqi), nikohga kirish («oq ko’ylak, mashinada sayr qilish» va b.) ni mo’ljallab ish tutadilar. Sevish sabablari shubhasiz tortishuvsiz rahbarlik qilishi V.Yu.Karvyalis tadqiqotlari natijalariga butunlay mos bo’lib keladi. Uning ma’lumotlariga ko’ra, sevish mehnat ta’limi maktabi bitiruvchilarining 61,5 % da «nikohga kirishning yetakchilik qiluvchi, muhim sababidir». Yuqori sinf o’quvchilari ota-onalaridan ajralib (bo’lak bo’lib) chiqishni istaydilar.

Bu o’quvchilar o’z oilalarida jiddiy ravishda fikrlarning bir-biriga to’g’ri kelmasligini, bir-birini tushunish, hamjihatlik yetishmasligini his qiladilar, bu mustaqil yashashni istovchilar yuqori foizga (43,3 %) egaligini isbotlashdan dalolat beradi.



Metodik tavsiyalar


  1. Oilaviy tarbiya samaradorligini oshirish omillaridan biri aqli zaif bola shaxsni kamolatga yetkazish uchun uni har tomonlama o’rganish, shuningdek, oilaviy tarbiya usullari va shakllariga ijodiy yondashish, dars jarayonlarida uni takomillashtirishdir. Yoshlarning har tomonlama o’rganish ularni o’qishga, mehnatga, o’z-o’ziga hizmat qilishga, o’rab turgan muhitga, inson kamolati uchun zarur bo’lgan insoniy fazilatlarini shakllantirish;

  2. O’smirlar o’rtasida tarbiyaga oid bilimlarni targ’ib qilish, ayniqsa, sosil chiqishga ega bo’lgan oiladagi o’smirlar tarbiyasidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga imkon yaratish.

  3. Oilaviy tarbiyada ijobiy yutuqlarni qo’lga kiritgan ota-onalarning tajribalaridan foydalanish uchun ularni maktabning kengaytirilgan yig’ilishlariga, ota-onalar qo’mitalarining majlislarga taqlif etish va o’z tajribalari bilan o’rtoqlashishni yo’lga qo’yish, ulardan unumli foydalanish uchun maktablarda ota-onalar kunini joriy etish zarur;

  4. Yordamchi maktab o’quvchilarida sog’lom turmush tarzini shakllantirish;

  5. Yordamchi maktab o’smir bolalarni oilaviy hayot xaqidagi tasavvurlarni shakllantirishda ularning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olish;

  6. Yordamchi maktabda fanlararo bog’liqlikda o’smirlarni oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarining tizimli tarzda shakllantirib borish;

  7. Aqli zaif o’quvchilarni “Odobnoma”, “Oilaviy hayotga tayyorlash”, “Davlat va huquq asoslari”, “Salomatlik” darslarida. Sog’lom turmush tarziga oid suhbatlar, hikoyalar, ertak va dostonlar o’qib eshitirishni yo’lga qo’yish.

  8. Oilaviy hayotga tayyorlash darslarini olib borish. Ma’lumki, xar qanday ota-ona o’z farzandini kelajakda yaxshi inson bo’lib yetishib chiqishini orzu qiladi, turli qiyinchiliklar, havf-hatarlarning oldini olishga intiladi. O’smirlarda maqsadga intiluvchanlik, botirlik, etiqodli, insonparvar otamik va organik hissi farzandlariga javobgarlik kabi sifatlari shakllantirishga doim intiladi. Bunday sifatlar farzandlarning o’g’il-qizlardan egallash lozim bo’lgan insoniy sifatlar hisoblanadi, ularsiz to’laqonli inson shaxsi kamol topmaydi.

XULOSA
O’tkazilgan tadqiqot bizning farazlarimizni asosan to’g’riligini tasdiqladi va quyidagicha xulosalar chiqarishga imkon yaratdi:

  1. Aqli zaif bolalar va o’smirlarni kelgusidagi oilaviy hayotga tayyorlash ijtimoiy-maishiy jihatdan moslashuvning eng muhim jihati hisoblanadi.

  2. Bu murakkab pedagogik vazifani amaliy jihatdan amalga oshirishda yetakchi o’rinni maktab egallaydi, lekin bu uning oilaning va jamoatchilikning birgalikdagi faoliyatini amalga oshirish sharti bilan olib boriladi.

  3. O’quvchilardan anketalarga javob olish «aqli zaif» madaniy jihatdan rivojlanishga qodir, aqli zaif o’quvchilarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarining o’sish sur’ati 5-sinfdan 9-sinfgacha yaxshilanib boradi.

  4. Defektologik adabiyotlarda aqli zaif bolalarning jinsiy tarbiyasi, kelgusi oilaviy hayotga tayyorlash masalasi haddan tashqari juda kam tadqiq qilingan.

  5. Jinsiy tarbiya masalalariga oid dastur yo’q. Mehnat ta’limi maktablarida o’quv-tarbiya jarayonidagi ishlarda aqli zaif bolalar va o’smirlarda oilaviy hayotning ma’naviy, ruhiy, pedagogik asoslarini shakllantirish metodikasi yetarli ravishda yoritilmagan.

  6. Mehnat ta’limi maktabi amaliyotida, shuningdek, aqli zaif o’quvchilarning oilasida oilaparvarlikni tarbiyasiga yetarli ravishda e’tibor berilmaydi. Bu muammo qiyinligi, kam o’rganilganligi, nazariy va metodik jihatdan tayyorlanmaganligi bilan izohlanadi.

  7. O’quvchining ruhiy jismoniy va balog’at yoshida rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, uning maktab hayotining davom etishida kelgusidagi oilaparvarni tarbiyalashda maqsadga yo’naltirilgan bir butun soha zarur.

  8. Bizning tadqiqotlarimizoilada milliy an’analarga asoslangan tarbiya o’quvchilariga ta’sir qilishini ko’rsatadi.

  9. Maktab-internatlarda tarbiyalanayotgan yetim bolalar o’rtasida bo’lg’usi oilaparvarni tarbiyalashni o’ziga xos xususiyatini hisobga olish zarur.

  10. Bu ish qo’yilgan muammoni batamom yoritishni oxiriga olib borishga da’vogar (talabgor) bo’lmaydi.

ILOVA

Quyida biz 9-sinf o’tkazilgan dars ssenariysini keltiramiz.

9-sinf o’quvchilarida oilaviy hayotga tayyorlash darsi ssenariysi.

Mavzuning nomi: O’zbek oilasining o’ziga xos milliy psixologik xususiyatlari.

Darsning korreksion maqsadi: Aqli zaif o’quvchilarni oilaga tayyorlash, oilada otalik va onalik maqoli haqida tushuncha hosil qilish, jinsiy va gigiyena tarbiyasini amalga oshirishga erishish.

Darsning jixozlash: O’zbek oilasida nonushta qilib o’tirgan rasmdan foydalanildi. Buvi va buvilar qaynona va qaynota, qayn uka va qayn singil barchasi bir oila bo’lib o’tirishganini ifodalovchi rasm.



Darsning borishi.

  1. O’tilgan mavzuni so’rash;

  • Oila haqida tushuncha bering;

  • O’g’il bola balog’atga yetganda qanday o’zgarishlar ro’y beradi?

  • Qiz bola balog’atga yetganda qanday o’zgarish ro’y beradi?

  • Nikoh qurish yoshi necha yosh?

  • Nikoh qurishdan avval nimalarga qiz va yigit tayyor bo’lishi kerak degan savollarga javob olinadi. So’ng xulosa qilinib yangi mavzu bayon etiladi.

Yangi mavzuni bayon etishda o’qituvchi og’zaki, ko’rgazmali, metodlaridan va o’yin faoliyatidan foydalaniladi. Uyda ota va ona, farzand va ota-ona kabi kompozisiyasi qo’llaniladi.

Darsning yakunida o’quvchilar otalik burchi va onalik burchi, farzand tarbiyasiga oid muhim vazifalar haqida ma’lumotlarga ega bo’ladilar. O’tilgan darsni mustahkamlashdi. Savol-javoblar o’tkazildi “Namunaviy oila qanday bo’ladi?” – degan savolga javob yozib kelish uyga vazifa sifatida o’quvchilarga tanishtirildi. Oila nima uchun muqaddas ekanligi to’g’rsidagi fikr va mulohazalar kiritildi. Daftarga mustaqil ish sifatida bajarish uchun otaning oiladagi burchini, onaning burchini yozib kelish topshirildi.



“Katta bo’laklarida qanday ota va qanday ona bo’lishini istar edingiz?” – degan savollar bilan og’zaki savol-javob asosida darsga yakun yasaldi va xulosa chiqarildi.

Adabiyotlar ro’yxati


  1. Karimov I.A. «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyoti yili». T.: «O’zbekiston» 1992 y.

  2. Karimov I.A. «O’zbekistonni otash qalb farzandi». T.: «O’zbekiston» 1992 y.

  3. Karimov I.A. «O’zbekistonni – kelajagi buyuk davlat». «O’zbekiston» 1992 y.

  4. Karimov I.A. «O’zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura». T.: 1993 y.

  5. Karimov I.A. «Yangi uy qurmay turib eskisini buzmang». T.: 1993 y.

  6. Karimov I.A. «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin». T.: 1994 y.

  7. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi.

  8. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 2 iyul qaroriga asosan «Ta’lim to’g’risida» gi O’zbekiston Respublikasi qonuni.

  9. Aytmetova S.Sh. «Aqli zaif o’quvchilarni mehnatga tayyorlash». T.: 1982 y.

  10. Ambrukaytis I. Osnovы defektologii roditeley anomalnыx detey. //Defektologiya. 1981, № 5.

  11. Borog. A. Semeynoye vospitaniya u 10 rebenka.//Defektologiya. 1980, № 5.

  12. Vыgotskiy L.S. Izbrannыye proizvedeniya. M.: Pedagogika, 1956 g.

  13. Govor N.I. Rabota vspomogatelnыx shkolax i internatax s roditelyami uchaщixsya. //Defektologiya. 1986, № 2.

  14. Gordiyenko Ye.A., Yusupova. G.S. Sovmestnaya rabota shkolы, semi i obщyestvennosti po fizicheskomu vospitaniyu uchaщixsya vspomogatelnoy shkolы. T.: Medisina, 1985 g.

  15. Graborov A.N.. Oligofrenopedagogika. M.: 2005 g.

  16. Dobrovich A.B. Vospitatelyu o psixologii i psixogigiyene obucheniya. M.: 1987 g.

  17. Dobrovich A.B. Besedы o polovom vospitanii. M., Znaniye, 1982 g.

  18. Dubrovina I.V., Lisina. M.I. Osobennosti psixicheskogo razvitiya detey v semye i vne semi. Vozrastnыye osobennosti psixicheskogo razvitiya detey. – M.: 1982 g.

  19. Yevgrafova. L.K. Osobennosti psixologii pola u podrostkov, vospitыvayuщixsya v semye i internate. M.: 1987 g.

  20. Zalыsina I.A., Smirnova Ye.A. Nekotorыye osobennosti psixicheskogo razvitiya doshkolnika, vospitыvayuщyegosya vne semi. Voprosы psixologii – 1985 g. № 4.

  21. Ivanov M.A. Brak, semya, deti. – M.: Pedagogika, 1983 g.

  22. Isayev D.N. Polovoye vospitaniya i psixologiya pola u detey. L, Medisina, 1980 g.

  23. Karvyalis V.Yu. Sosialno-trudovaya adaptasiya vыpusknikov spesialnыx shkol. Avtor. M.: 1987 g.

  24. Kolesov D.V. Besedы o polovom vospitanii. M.: Pedagogika, 1980 g.

  25. Mo’minova L.R. «Nogiron bolalarni oilaga tayyorlash». Respublika oila markazi-1996 y.

  26. Mo’minova L.R. Ota-onalar uchun qo’llanma. T.: 1996 y.

  27. Myager V.K. Semeynaya psixoterapiya-pokazaniya i metodы // Semya i lichnost: Tezisы dokladov, vse soyuznoy konferensii. M.: 1981 g.

  28. Mamedov K.K. «Aqli zaif bolalar texnologiyasi». T.: «O’qituvchi» -1994 y.

  29. Minovarov A.K. Pedagogicheskiye usloviya semeynogo vospitaniya. T.: 1989 g.

  30. Nagayev V.V. Problemы nravstvennogo zdorovya. Sыktыvkar, 1987 g.

  31. Nurmuhamedova L.Sh. Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar ma’naviyatini shakllantirishda oilani ta’siri. T.: 2005 y.

  32. Nichayev Sh.N. Sosialno-bыtovaya xarakteristika semi, imeyuщix umstvenno otstalыx detey. / v kn. Korreksionnaya uchebno-vospita­telnaya rabota vo vspomogatelnoy shkole. Vыp. 3, Sverdlovsk, 1980 g.

  33. Po’latova P.M. «Maxsus pedagogika (oligofrenopedagogika)» «O’qituvchi»- 2005 y.

  34. Polyanskaya N.G. Sosialno-psixologicheskiye faktorы, sposobst­vuyu­щiye razvitiyu nevrozov u jenщin. // Semya i lichnost: Tezisы dokladov vse soyuznoy konferensii. M.: 1981 g.

  35. Raxmanova V.S. «Maxsus pedagogika» T.: G’.G’ofur nashriyoti – 2005 y.

  36. Sagatov A.I., Morщinina Ye.S. Sovremennoye sostoyaniye i puti sovershenstvovaniya polovogo vospitaniya i podgotovki uchaщixsya semeynoy jizni. – V sb. Korreksionno-vospitatelnaya napravlennost obucheniya i vospitaniya vo vspomogatelnoy shkole. T.: 1986 g.

  37. Umashыkov A.I. Semeynыye konfliktы i ix vliyaniye na volevoye razvitiye detey. Avtoref. kand. dis. Ryazan, 1980 g.

  38. Xripkova A.G. Razgovor na trudnuyu temu. M.: Pedagogika, 1981 g.


Ilova

Qo’shimcha - 1



Anketa savollari №1

Oilada nechta kishi va ular bir – biri bilan qanday muloqatga kirishishi.



  1. F.I.Sh.

  2. Yoshingiz

  3. Oilada nechta kishi ?

  4. Oilada kimni o’zingizga eng yaqin inson deb bilasiz? (ona, ota, opa, buvi, bobo, aka), (tagiga chizing).

  5. Ota – onangiz bilan qanday munosabatdasiz? 1.Yaxshi. 3.Hamma qatori. 2.Yomon. 4.O’rtacha

  6. Bilasizmi ? necha yoshdan oila qurishga ruxsat beriladi?

  7. Siz uchun oila qurishda nima muhimroq? (sevgi, kelishuv, yolg’iz qolishdan qo’rqish)

  8. Nima uchun siz turmush o’rtog’ingizni ko’proq qadrlaysiz? (ishonch, mehribonlik, boylik, yana boshqa nimadir).

  9. Do’stingiz bormi?

  10. U qanday ?, u sizga yoqadimi ?, Aynan nimasi?

  11. Unga turmushga chiqishni hohlaysizmi ?

  12. Yordamchi maktabda o’qiganingizni u biladimi ?

  13. Kelajakda oila qurishga tayyormisiz ?

  14. Ovqat pishirishni bilasizmi ?

  15. Tikishni, to’qishni, pazzandalikni, idish – tovoqlar yuvishni bilasizmi ?

  16. Bola ko’rishni xohlaysizmi ?, Nechta ?

Qo’shimcha - 2

Anketa savollari № 2

Bolalarni oilaviy hayotga maktabda tayyorlash.



  1. Jinsingiz:_____________________

  2. Yordamchi maktabda ish staji_____________ 1) 5 yildan kam 3)10-15 yil 2)10 yil 4)15 yildan ko’p.

  3. Oilaviy hayotga tayyorlashda qayer muhimroq ?

1) maktabda

2)oilada


3)maktab va oilada

  1. Maktabda aqliy zaif bolalarni oilaviy xayotga tayyorlash ? 1.Natija bermaydi 2.Oila tayyorlaydi. 3.maktab bolalarni tayyorlaydi.

  2. Yordamchi maktab dasturidagi aqli zaif o’quvchilarni oilaviy xayoga tayyorlaydigan fanni ayting _________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

  3. Necha yoshdan boshlab, o’quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlash muximroq ? 1.Hayotning birinchi yilidan boshlab 2.Maktabgacha yoshdan boshlab 3. Maktab yoshdan boshlab 4.Katta maktab yoshidan boshlab

  4. Berilayotgan o’quv materialini qanday shaklda berish kerak ? 1.Ma’ruza shaklida 2.Suhbat shaklida 3.O’yin shaklida 4.Modellashtirilgan aniq sharoitlar shaklida

  5. Oilaviy xayotga tayyorlashda quyidagi darslarni qanday vaqtda berish kerak ? 1.Fa’kultativ 2.Faqatgina MHT darslarini 3.Alohida maxsus darslar ajratish kerak 4.Hamma darslarda

  6. Yordamchi maktab o’quv rejasiga aqli zaif o’quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlash darslarini kiritish maqsadga muvofiqmi ? 1Ha 2.Yo’q

Qo’shimcha – 3

O’quvchilar uchun

Anketa savollari № 3

Oilada nechta kishi va ular bir – biri bilan qanday muloqotga kirishishi.

1.Jinsi: Erkak: Ayol:

2.Oilada nechta kishi. Oilangizda ota onangizdan qaysi biriga o’xshashni xohlaysiz ?



.

Qarindoshlar

F.I.O

Necha yosh

Qayerda o’qiydi yoki ishlaydi

1.

Ona










2.

Ota










3.

Aka










4.

Opa










5.

Uka










6.

Singil










7.

Bobo










8.

Buvi










9.












3. Siz o’zingizni oilada yaxshi his qilasizmi ?



  1. Ha

  2. Yo’q

  3. Unchalik emas

4. Agar yomon bo’lsa, nima uchun ?

  1. Bir – birini tushunmaslik uchun.

  2. Qo’pollik uchun

  3. Ichuvchilik uchun

5. Oilangizda janjal bo’lib turadimi ?

  1. Har doim

  2. Onda – sonda.

  3. Janjal bo’lmaydi.

6. Oilada qanday vazifani bajarasan ?

  1. Oziq – ovqatlar sotib olish

  2. Uyni tozalash

  3. Ukalar va singillarga qarash

  4. Meni hyech qanday vazifam yo’q

7. Oila byudjeti nima degani?

1. Bilmayman

2. Oilaviy pul

Qo’shimcha – 4

O’quvchilar uchun



Anketa savollari № 4

Oilaviy hayotda zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning shakllanganligi.

1.Jinsi: Erkak: Ayol:

2.Ovqat tayyorlashni bilasizmi ?

1.Ha

2.Yo’q


3.Unchalik emas

3. Buni sizga kim o’rgatgan ?



  1. Oila.

  2. Maktab.

  3. O’zim.

4.Tikishni bilasizmi ?

  1. Ha.

  2. Yo’q.

  3. Chidasa Bo’ladi.

5. Buni sizga kim o’rgatgan ?

1.Oila.


2.Maktab.

3.O’zim.


6. To’qishni bilasizmi ?

1.Ha


2.Yo’q

3.Unchalik emas

7. Buni sizga kim o’rgatgan ?

1.Oila.


2.Maktab.

3.O’zim.


8. Kir yuvishni bilasizmi ?

1.Ha


2.Yo’q

3.Unchalik emas

9. Buni sizga kim o’rgatgan ?

1.Oila.


2.Maktab.

3.O’zim.


10. Bolani parvarish qilishni bilasizmi ?

1.Ha


2.Yo’q

11. Buni sizga kim o’rgatgan ?

1.Oila.

2.Maktab.



3.Tanishlar.

12. Magazindan oziq – ovqatlar sotib olishni bilasizmi ?

1.Oila.

2.Maktab.



3.Bilmayman

13. Buni sizga kim o’rgatgan ?

1.Oila.

2.Maktab.



3.O’zim.

14.


Qo’shimcha – 5

O’quvchilar uchun



Anketa savollari № 5

Oilada ota – onalarning vazifalari, huquqlari va burchlarining qiymati.

1.Nigohdan o’tish qaysi yoshdan qayd qilinadi ?


  1. 20 yosh

  2. 18 yosh

  3. 15 yosh

2. Nigohni qayd qildirish shartmi ?

  1. Albatta.

  2. Shart emas.

  3. Bilmadim.

3.Siz nima uchun turmush qurmoqchisiz ?

  1. Muhabbat tufayli.

  2. Bilmadim.

  3. Xamma shunday qilgani uchun.

4.Oilali insonning burchi nimalarda ko’rinadi ?

  1. Bolalar tarbiyasiga javobgarlikda.

  2. Oila a’zolari haqida.

  3. Moddiy taminotda.

5.Qanday oila yaxshi ?

  1. Ota – onalar bir – birini xurmat qiladigan.

  2. Ota – onalar va bolalarning o’rtasidagi o’zaro tushinishning borligi.

  1. Agar bola biron – bir ish qilib qo’ysa, unga kim javobgar?

    1. Ota-onalar

    2. Bolaning o’zi

    3. Maktab

    4. Bilmayman

  2. Bolalar ota –onalar bilan maslahatlashishlari kerakmi?

    1. Hayu

    2. Yo’q

    3. Bilmayman

8.Ota-onangiz sizning do’stlaringiz haqida biladimi?

1. Ha.


2. Yo’q

9.Siz oilaviy bayramlarni tashkillashtirishda ishtirok etasizmi?

1. Ha.

2. Yo’q


3. Ba’zan ( turtki bo’lsagina).

10.Ota-onangiz siz bilan bo’sh vaqtini birga o’tkazadimi?

1.Xa. (har doim).

2.. Ha ( ba’zan). 3. Yo’q





1 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси, 1992 йил - бет.

1 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси Т. «Ўзбекистон», 1992. 21-бет.


2 Крюков С.Н. Нравственное воспитание дефективных детей – В кн. Дефективные дети и школа. Под. Ред. В.Г. Кащенко, М., 1912. с. 160.


1


1 С.Я Рубинштейн. Писихалогия умственно отсталого школьника М; 1970,С.156.

1 Л.С. Виготский Избр прозевдия М.; Педагогика, 1956.

1 А.Н. Симирнова. Воспитание умственно отсталого ребенка в семье. М, 1987, с. 15-16.

1 Смирнова А.А Коррекционно-воспитательная рвбота учителя вспомогательной школы М, Просвещене, 1982.


Yüklə 259,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə