Мавзу: АҚли заиф ўсмирларда оилавий ҳаёт ҳАҚидаги тасаввурларнинг хусусиятлари



Yüklə 259,21 Kb.
səhifə3/4
tarix04.11.2017
ölçüsü259,21 Kb.
#8150
1   2   3   4

2.2. Aqliy rivojlanishida nuqsoni bor yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda maktab va oilaning hamkorligi.

Jizzax shahridagi mehnat ta’limi maktabida o’qituvchi va tarbiyachilarning ilg’or pedagogik tajribalarini o’rganish tarbiyaviy ishlarning ayrim yo’nalishlari bo’yicha turli-tuman metod, usul va an’analardan iborat usul ishlab chiqilganligini ko’rsatdi. O’quvchilar bilan munozaralar o’tkaziladi, ularning oldiga muammoli masalalar, teatrlarga, mo’zeylarga, ekskursiyalarga borish vazifasi qo’yiladi. Demak, mehnat ta’limi maktabi axloq, odob, yurish, turish madaniyatiga oid ish usulini ishlab chiqdi.

32-sonli yordamchi maktabida sinf rahbarlari «Burchni his qilish nima?», «Sen shaxsning nomusi, shon-sharafi va qadr-qimmatini qanday tushunasan?», «Yaxshi odob bilan muomala qilish qoidalari nima?» mavzulari bo’yicha qiziqarli mashg’ulotlar o’tkaziladi. Maktabda yuqori sinf o’quvchilarini gigiyenik jihatdan tarbiyalashga oida «Yuqori sinf o’quvchilari klubi», «Qizlar klubi» faoliyat olib boradi.

Qizlarga o’g’il bolalar klub majlisida shaxsiy gigiyena, mehnat va hayot gigiyenasining masalalarini muhokama qiladilar.

Suhbatni maktab shifokori «Chekishning zarari haqida», «Shaxsiy gigiyenaga rioya qil», «Ichqilikbozlik – insonning shafqatsiz dushmani» mavzularida o’tkazadi.

Maktabda huquqiy tarbiyaga oid kengash mavjud. Kengash a’zolari – maktab o’qituvchilaridan iborat bo’lib, ular har bir tarbiyasi og’ir bo’lgan bola, uning ota-onasi, oiladagi ahvol bilan tanishishga harakat qiladilar. Huquqiy tarbiyaga oid ishlar dastur bo’yicha olib boriladi, ayrim holatlar og’ir ahvoldagi oilalar bilan ishlashda o’quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlash dasturini ishlab chiqishda uning asosidan iborat bo’ladi.

Mehnat ta’limi maktabi ma’muriyati og’ir ahvoldagi oilalarni hisobga olib boradi, bolalar bilan ish olib boradigan milisiya xonasi xodimlari, otaliq qiluvchi tashkilot vaqillari bilan ish yuzasidan olib boriladigan aloqa, munosabatni doimo qo’llab quvvatlaydi. Bunday oilalarga o’yin mashg’ulotlari uchun normaga muvofiq sharoit yaratish, kun tartibini va gigiyenik talabalarning bajarilishini nazorat qilishni, asosial harakat va muomalalarni ko’zatish maqsadida ota-onalar patrulining muntazam ravishdagi reydi (to’satdan tekshirish) o’tkaziladi.

Juda to’liq tahlil qilish va amalda masalaning ahvolini aniqlash uchun bizni qiziqtirgan masalalarga oid o’qituvchilarni so’rab biluv (anketa savollariga javob olish) o’tkazishga qaror qildik.

Anketa-so’rovnoma quyidagi savollardan iborat bo’ldi. (Ilova 2,3,4,5).

Biz jinsiy, oilaviy tarbiyaga, oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarini masalalarini o’z ichiga olgan anketalarni ishlab chiqdik (anketa namunalari keltiriladi).

Bu anketalarda bizni bu masalalarga oid o’qituvchilarning fikri, ularning muhimligi emas, balki o’qituvchilar o’z ishlarida foydalanadigan mazmun, metodlar, bu masalaga oid bo’lgan bilim manbalari, bu tadbirlarni o’tkazish vositalari (nimani o’qiganlar, olingan axborotning manzili) qiziqtiradi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun ularning faolligi qanchaligi haqida ma’lumot olishni istab, quyidagi savolni o’rtaga tashladik: «Siz bu ishni yaxshilashga yo’naltirilgan (qanaqa?) taqliflar kiritdingizmi?» javoblar shunday bo’lishi mumkin: «Ha, yo’q, taqlif kiritmadik».

Anketa vositasidagi savol-javobdan 32-maktablarning 15 ta tarbiyachi va o’qituvchilari o’tdilar. Ularning 12 tasi defektologik ma’lumotlilar, qolganlari – har uch yilda o’qituvchilar malakasini oshirish institutlari orqali o’z malakalarini oshirganlar. Ish staji besh yildan kam bo’lganlar 20 % ni o’nbesh yildan ortiqlari 53,4 % ni, o’n-o’n besh yilliklar esa 26,6 % ni tashkil qiladi. Bu pedagoglarning zimmasida tarbiyaviy ishlarning katta, puxta, ishonchli tajribasi bor. (1-jadval).

O’qituvchi, tarbiyachilar jinsiy, oilaviy tarbiya mavzulariga qanchalik murojaat qilganliklari savoliga oilaviy tarbiya mavzusi foiz nuqtai nazaridan yutadi. Jinsiy tarbiya masalasiga onda-sonda tasodifiy ravishda murojaat qiladilar. So’ralganlar bu savollar, ayniqsa, yigit va qizlar orasidagi ishqiy munosabatlar juda qaltis masala, deb hisoblaydilar. Ular o’z sohasini yaxshi biladigan, puxta bilimli shifokor faqat yaxshi axborot berishi mumkin, deb hisoblaydilar (yigit va qizlar bilan alohida suhbatlar o’tkazish) – 42,6 foiz, boshqa o’qituvchilar esa, bunday axborotni faqat o’quvchilarga eng yaqin odamlar (ota-onalar) – 15,4 % berishi mumkin, deb biladilar. Bunda qo’shimcha tushuntirish qilindi – yaxshi, sog’-salomat, ko’ngildagidek oilalarda bolalar va ota-onalar o’rtasidagi o’zaro munosabat ijobiy tarzda bo’lsa. Bu vazifani hal qilish mas’uliyati anketa vositasida savol-javob beruvchi tarbiyachilar va sinf rahbarining 31,0 foiziga topshirildi, mavzularga rahbarlik qilish tarbiyachilarning bevosita vazifasi. Jinsiy tarbiya masalasi sinfdan tashqari ishlar orqali hal qilinishi kerak.

Jinsiy tarbiya vazifasini hal qilishda eng kichik foizni – 2,7, biologiya, ijtimoiy maishiy yo’naltirish, tabiatshunoslik kabi ajratilgan fan o’qituvchilari oldilar. Bu vazifa hammaga tegishli, bu vazifalarni faqat ota-onalar, shifokor, hamma pedagogik jamoatchilik bilan emas, balki

o’quv-tarbiya jarayonining hamma vositalari bilan hal qilinishi lozimligi haqida eng to’g’ri javobki so’ralganlarning – 8,3 foizi berdi. Bunday past foizni o’qituvchilarning o’zlaridan bu mas’uliyatni soqit qilishni istaganliklarida deb tushunamiz.

Jinsiy tarbiyaga oid hamma mavzulardan «Sevgi nima?», «Chekish va ichqilikbozlikning zarari» kabi mavzularni afzal ko’riladi.

Bizning ma’lumotlar muayyan darajada V.V.Nigayev, Karvyalis V.Yu., A.I.Raku, Ye.A.Morщinina, G.B.Shoumarovlarning tadqiqot natijalari bilan mos keladi, aqli zaif bolalar uchun axborotning asosiy manbai bo’lib, «tashqaridagi jamoalarning» - 33 foizi qoladi. (O’qituvchilar ulushiga 8 %, ota-onalarga – 9,2 % ajratilgan).

Jinsiy bilimsizlik natijalari tarbiyalanuvchilarga ta’sir qiladi, ularni jinsiy bo’zuqlikka olib keladi (mehnat ta’limi maktablarida o’ringa ega bo’lgan).

Huddi shuningdek, o’qituvchi va tarbiyachilar bilan bo’lgan yakka, alohida suhbatlardan jinsiy tarbiya aqli zaif bolalarni oilaviy hayotga tayyorlashning ajralmas qismi, deb hisoblashlari aniqlandi. Bolalar ularning yosh xususiyatlarini, ruhiy jihatdan o’ziga xos ravishda qanday rivojlanishini bilgan pedagogik jamoatchilikdagi to’g’ri axborot olishlari kerak. Lekin qanday qilib, qanday usulda, qanday metodlar bilan uni amalga oshirishni yaxshi bilolmaydilar, bu haqda fikr ham yurita olmaydilar. Ular qurollanishi mumkin bo’lgan dasturlar, metodik qo’llanmalar, tavsiyalarning bu masalaga oidlari yo’qligini afsus bilan aytadilar.

Jinsiy bilim berish masalalariga oid axborotning asosiy manbai «SPID-info» gazetasi hisoblanadi va «Defektologiya» jurnalidan jinsiy tarbiyaga oid ayrim ommabop maqolalar juda kam.

Bu vazifalarni hal qilishda uning samaradorligi maktab, oila va jamoatchilikning birgalikdagi harakatiga bog’liqligi ta’kidlangan.

Bolalarni oilaviy hayotga qaysi yoshdan boshlab tayyorlash mumkin?» degan savolga quyidagicha javoblar olindi: - hayotining birinchi kunidan, maktabgacha tarbiya yoshidan – 33,3 %, o’smirlik yoshidan – 20,1 %.

Amaliyotda masalaning ahvoliga oid bo’lgan ma’lumotlarning umumiy tahlili biz faraz qilgan muammo yana o’zining yo’lga qo’yilishini va metodik nuqtai nazardan ishlanishini ko’zda tutayotganligi haqida ham xulosa chiqarishga imkon beradi.

Fan o’qituvchilarining dasrlarini bevosita ko’zatish, sinfdan tashqari ishlarni ko’zatish, tarbiyaviy ishlarning rejalarini tahlil qilish, anketa vositasidagi savollarga javob, o’qituvchilardan birma-bir so’rab chiqish o’quvchilarni kelgusidagi oilaviy hayotga uyushgan va maqsadga yo’naltirilgan holda tayyorlash, odatdagidek, maxsus ravishda o’rtaga tashlanmaydi. Bu ijtimoiy-maishiy jihatdan moslashishdagi vazifalarni faqat qiyinchilik bilan emas, balki bu yo’nalishdagi pedagogik jamoatchilik ishining ma’lum darajada sustligiga bog’liq. Tarbiyaviy ishlarda asosiy e’tibor estetik, mehnat, axloqiy tarbiyaga, o’quvchilarni o’qishga tayyorlashga beriladi.

Ayrim tashabbuskor o’qituvchilar bu masalalarning hayotiy zarurligini tushunib, shunga mos tadbirlar o’tkazadilar. Lekin ular onda-sonda bo’ladigan xususiyatga ega. Asosan og’zaki metodlar bilan amalga oshiriladi.

Jinsiy tarbiyadagi «qaltis» (nozik) masalalarda o’zini chetga olish an’anasi mavjud bo’lib, o’quvchilarning kontraseptiv madaniyatga oid darajalari oshirilmaydi, erta homiladorlikning olidini olish tadbirlari o’quvchilar o’rtasida olib borilmaydi. Ayrim o’qituvchilarning uyushmagan, tarqoq holdagi harakati sezilarli natijalarni bermaydi.

Oilaviy hayotga tayyorlash – dars va darsdan tashqari tadbirlarda o’qituvchi va tarbiyachilarning o’tkazadigan tadbirlarini o’zaro hamjihatlikda olib borishni talab qiladigan yagona jarayondir.

TAJRIBA SINOV NATIJALARI

Biz tadqiq qilinayotgan muammoni aqli zaif o’quvchilarning oila haqidagi, oiladagi o’zaro munosabatlar haqidagi, oila a’zolarining tutgan o’rni va vazifasi haqidagi tasavvurlari nuqtai nazaridan qarab chiqib, oilaviy hayotda zarur bo’lgan amaliy bilimlar, ko’nikma va malakalarni aniqladik. Bunda biz aqli zaif o’smir o’quvchilarning fikrini bilish uchun belgilangan so’roq varaqasi ma’lumotlaridan ularning balog’at yoshidagi o’ziga xos xususiyatlarining bunga qanchalik imkoni borligini e’tiborga olishga harakat qildik.

Biz o’smir yoshi doirasidagi tadqiqotlar bilan chegaralanib, huddi shu balog’at yoshining bu davri tutilgan yo’lning o’zgarishi, shaxsni yo’naltirish, «voyaga yotish, ulg’ayish» davri tarbiyachilar, pedagoglar va ota-onalar uchun eng ko’p qiyinchiliklarni yuzaga keltirishini asos qilib oldik.

Shu sababli aqli zaif bolalar tarbiyalanadigan ko’p oilalar ularni (A.Minkovskiy tasnifi bo’yicha) tarbiyalay olmaydilar, xohlaydilar va qanday tarbiyalashni bilmaydilar, jamiyat hayotiga qo’shib qo’ya olmasalarda, aqli zaif o’smirlarni oilaviy hayotga tayyorlashning asosiy, muhim vazifasini hal qilish mehnat ta’limi maktabining pedagogik jamoatchilikka yuklatiladi.

Tadqiqotning nazariy asosi L.S.Vigotskiy taqlif qilgan «anomal (normadagi chetga chiqqan) bolaning madaniy rivojlanish imkoniyatlari haqida», «birinchi darajadagi nuqson bo’lmagan (keyin paydo bo’lgan) ikqilamchi xususiyatlar» haqidagi qoidalar, uning «ijtimoiy xatoliklarni» bartaraf qilish uchun munosib sharoit yaratish zarurligi haqida, ta’lim va tarbiyaning birligi, bolani to’zatish va ruhiy jihatdan rivojlantirish haqida, pedagogik jihatdan ta’sir qilishning usul va metodlarining bir-biriga mosligi haqidagi ko’rsatmalari bo’ldi. Tadqiqot Jizzax shahridagi mehnat ta’limi maktabida o’tkazildi.

Tadqiqot – ikkita bosqichni – tasdiqlovchi va shakllantiruvchi eksperiment (ilmiy tajriba) ni – o’z ichiga oladi. Lekin biz vaqtimizning chegaralanganligini nazarda tutib, faqat birinchi bosqchini – maqsadga qaratilgan, mo’ljallab ish qilingan tasdiqlovchi bosqchini – ko’rib chiqishga ulgurdik.

Eksperimentimizni amalga oshirishda 5-9 sinfning aqli zaiflik darajadagi o’quvchilaridir. (Hammasi bo’lib 15 ta o’quvchi). Tanlab olishda bu o’quvchilar oilaviy hayot haqida muayyan tasavvurga allaqachon ega bo’lishlari, unga tayyorliklari asos qilib olinadi. Biz o’quvchilarda ularning ota-onalarining oilaviy hayot haqidagi tajribalari asosida oila haqida, maktabga oid bo’gan fanlarni o’rganish, tarbiyaviy ishlar, axborotning boshqa maktablari haqida muayyan tasavvurga ega ekanliklarini ko’zda tutdik.

Ularning oldida o’quvchilarni kelgusidagi oilaviy hayotga tayyorlash, bu tushunchaning tarkibiy qismlarining to’zilishi deganda nima tushunilishi masalasi paydo bo’ldi. Biz adabiyotlarda bu tushunchaning aniq ta’rif, tavsifini uchratmadik. Holbuki, oila a’zolarining tutgan o’rni, ahamiyatining axloqiy talablarini bilish aqli zaif o’smirlarning oilaviy hayotga tayyorlash vazifasiga fikr bildirish va uni aniqlash uchu asos bo’lib xizmat qiladi.

Biz kelgusidagi oilaviy hayotga tayyorgarligining maqsadini aniqlashda «oila», «oilaviy munosabatlar», «Oila va nikoh haqida qoida (kodeks)» tushunchalarining ta’rif, tavsifi, oilaviy tarbiyaning vazifalari, ota-onalarning vazifalardan kelib chiqdik.

Bizning fikrimizcha, bolalar va o’smirlarni oilaviy hayotga tayyorlash bu murakkab ijtimoiy-ruhiy ta’limni yaxlit holga keltirish, uning muhim ahamiyatga egaligiga moslab ish qilish va ongli ravishda tushunib yetish va oila a’zolarining tutgan o’rni bir-biriga o’zaro bog’liq bo’lgan vazifasini mas’uliyat talab qiladigan holda bajarish (er, xotin, ota-onalar, bolalar, qarindosh-urug’lar), ularning o’ziga xos bo’lgan rollarini bajarish istagi va unga tayyorlik, oilaning har bir a’zosi bilan qayg’udosh bo’lish munosabatlariga asoslangan talablar, qoidalar, urf-odatlar, an’analar, u yoki bu xalq hayoti va kundalik turmushining o’ziga xos xususiyatidan iborat bo’ladi.

Tasdiqlovchi eksperiment (ilmiy tajriba) o’quvchilar bilan suhbat, intervyu olish, ularni ko’zatish, ularning shaxsiy delo (ish) larini o’rganish jarayoniga oid materiallarni to’plashni o’zida mujassamlashtirgan mukammal – dastur – anketadan (so’rab biluv) dan iborat bo’ldi.

Aqli zaif o’quvchilarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarini tadqiq qilish uchun biz so’rab-biluv (anketa) ning uch turidan foydalandik. Hamma anketalar «ijtimoiy-maishiy yo’naltirish» va «Oilaviy hayotga tayyorlash» «Davlatga va huquq asoslari» fanlariga oid dastur talablarini e’tiborga olgan holda to’zildi.



1-anketa. Oilaning tarkibi va oila a’zolarining o’zaro munosabati

Anketaning maqsadi: mehnat ta’limi maktabi o’quvchilarining o’zlarining ota-onalarining oilasining tarkibi haqidagi bilimlarini aniqlash (ota-onalarining familiyasi, ismi, otasining ismi, yoshi, ish joyi). Bunda biz o’quvchilar ota-onalaridan kimga o’xshashni istaganliklarini aniqlashni xohlagandik.

Huddi shu vaqtda bizni oiladagi mikro iqlim (urush, janjal, nizolarning mavjudligi), aqli zaif o’quvchilarda oilaviy burch, vazifalarning mavjudligi masalasi qiziqtirdi, biz o’quvchilar «oila byudjeti» so’zining ma’nosini tushunarmikinlar, turar joyga va kommunal xizmatga qanday haq to’lanishini bilarmikinlar, o’quvchilar «oila» deganda nimani tushunishlarini aniqlashni istadik.



2-anketa. Aqli zaif o’quvchilarga oilaviy hayotda zarur bo’lgan amaliy bilim, malaka va ko’nikmalarni aniqlash.

Anketaning maqsadi:

  1. Aqli zaif o’quvchilar ega bo’lgan amaliy va hayotiy ko’nikma va malakalarni (taom tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan malaka; xizmat ko’rsatish mehnati: kir yuvish, kiyimlarni dazmollash; bolaga qarash va b.; ijodiy ko’nikma: tikish, to’qish, asboblarni to’zatish) aniqlash.

  2. Oilaviy hayotda bu bilim, malaka va ko’nikmalarning zarurligi haqida o’quvchilarning fikrini aniqlash.

  3. Amaliy bilim, malaka va ko’nikmalarni olish manbalarini aniqlash.

3-anketa. Ota-onalar va er-xotinlarning vazifasi. Oiladagi huquq va burchlar oilaning ma’naviy qadriyatlari.

Anketaning maqsadi: ota va ona, er va xotinning tutgan o’rnini bilishni, ularning huquq va burchlarini, nikohning ma’nosini tushunishni, nikoh yoshini bilishni, shuningdek, oilaviy qadriyatlarni va oilaviy huquqlarning masalasini, bolalar va ota-onalarning shaxsiy o’zaro munosabatlarini aniqlash.

Har bir masalaning javobi uchta variantga ega: ha, yo’q, ba’zan. O’quvchilarning javoblari huddi birinchi ikkita anketadagidek foiz nisbatlarida ishlab chiqildi. Bundan tashqari, o’quvchilarga anketaning ayrim so’zlari tushuntirib berildi, aniqlanadigan qo’shimcha savollar kiritildi. Anketalarni to’ldirishda 5- va 9-sinf o’quvchilari ishtirok etdi. (2-jadvalga qarang).



1-anketa. Oilaning tarkibi va oila a’zolari o’ratsidagi o’zaro munosabat.

O’quvchilarning miqdor jihatdan tarkibi jadvalda ifodalangan.



2-jadval

Sinf

Qizlar

%

O’g’il bolalar

%

Hamma o’quvchilar

V

9

60

6

40

15

IX

7

46

8

54

15

Oila tarkibi haqidagi savolga javob berishda V sinflar katta qiyinchilikka duch keldilar. Faqat uchta o’quvchigina (bu esa 20 foizni tashkil qiladi) savolga to’g’ri javob berdilar, ya’ni ota-onalarining nomi, otasining ismi va ota-onalarining familiyasini, ularning yoshi va ish joyini aytib berdilar. Qolgan 12 ta o’quvchi (80 foiz) ota-onalarining otasining ismini yoki yoshini, yoki ish joyini aytib berishda qiynaladilar. (3-jadval).

«Siz ota-onalaringizdan qaysi biriga o’xshashni istardingiz?» savoliga akasiga (katta) ota yoki «amakisiga» o’xshashni o’g’il bolalar ta’kidlanganlar (tagiga chizganlar), qizlar esa onasiga, yoki buvisiga o’xshashni aytganlar. Ota-onasi bo’lmagan o’quvchilar javob berishga qiynaldilar.

Oiladagi mikro iqlim haqidagi savolga bizning fikrimizcha, mos bo’lmagan savollar olindi (hamma o’quvchilar, ularning oilalarida ularga yaxshiligini aytib berdilar).

Anketalarga javob olishga kirishib, biz o’qituvchilar bilan suhbat o’tkazdik, o’quvchilarning shaxsiy ishlarini o’rgandik. Bunda biz hamma 5-sinf o’quvchilarining 85 % dagi oilalarida noxush ahvolini, ya’ni: spirtli ichimliklarga ruju qo’ygan ota-onalar, oilaviy muajaro, nosog’lom turmush tarziga ruju qo’ygan ayollar, ota-onalardan chetda qolgan bolalar tufayli ko’chada yoki qo’shnilarnikida tunashga ko’pincha majbur bo’lishlari va boshqalarni aniqladik.

3-jadval

Yordamchi maktab o’quvchilarini anketa-so’rovnomalarga

bergan javoblari foiz hisobida

Anketa 2. Oilada necha kishi va ular bir-biri bilan

qanday muloqatga kirishishi




Savollal

5 sinf o’quvchilari

(15)


9-sinf o’quvchilarini (15)




Foiz




Foiz

Ilova

%

Ilova

%

1.

Jinsi:

1.Erkak:

2. Ayol:

7 ta o’g’il bola

9 ta qiz bola

40

60



8 ta o’g’il bola

6 ta qiz bola

54

46



2.

Oilada nechta kishi?

  1. Javob berdi



  1. Aniq javob bera olmadi

ota-onalarining otasining ismini yoki yoshini, yoki ish joyini aytib berishda qiynaladilar


20
80


To’g’ri va to’liq javob berdilar


ya’ni ota-onalarning ish joyini yoki yoshini ko’rsatib belgilab bermadilar.


53,3

46,7


2.a.

Oilangizda ota onangizdan qaysi biriga o’xshashni istardingizmi?


  1. Javob berdi

2. Aniq javob bera olmadi



akasiga (katta) ota yoki «amakisiga» o’xshashni o’g’il bolalar ta’kidlanganlar, qizlar esa onasiga, yoki buvisiga o’xshashni aytganlar.

Ota-onasi bo’lmagan o’quvchilar javob berishga qiynaldilar.



80

20



qizlar – onasiga, o’g’il bolalar – akasiga o’xshashni bildirdilar. Bizning fikrimizcha, bu o’smirlik yoshining o’ziga xos xususiyatlari, uning nizolaridan iboratligi, shaxsiyati, fe’l-atvorini, xalqini namoyon qilishi bilan guvohlanadi.

Otamga-onamga




80

20


3.

Siz o’zingizni oilada yaxshi his qilasizmi ?

  1. Ha

  2. Yo’q

  3. Unchalik emas




o’quvchilarning shaxsiy ishlarini o’rgandik. spirtli ichimliklarga ruju qo’ygan ota-onalar, oilaviy muajaro, nosog’lom turmush tarziga ruju qo’ygan ayollar, ota-onalardan chetda qolgan bolalar tufayli ko’chada yoki qo’shnilarnikida tunashga ko’pincha majbur bo’lishlari va boshqalarni aniqladik.

100


o’quvchilarning shaxsiy delolaridagi tadqiqot natijalari bilan mutlaqo to’g’ri kelmaydi, ya’ni ko’pchilik o’quvchilarning oilasi ko’ngildagidek emas hamda to’liq emas

100


4.

Agar yomon bo’lsa, nima uchun ?

  1. Bir – birini tushunmaslik uchun.

  2. Qo’pollik uchun

  3. Ichuvchilik uchun
















5.

Oilangizda janjal bo’lib turadimi ?

  1. Har doim

  2. Ba’zan.

  3. Janjal bo’lmaydi.







-

46,7



53,3




-

80



20

6.

Oilada qanday vazifani bajarasan ?

  1. Oziq – ovqatlar sotib olish

  2. Uyni tozalash

  3. Ukalar va singillarga qarash

  4. Meni hyech qanday vazifam yo’q



Bu hamma ota-onalar ham aqli zaif bolalarga u yoki bu ishni yoki topshiriqni ishonavermasliklaridan dalolat beradi.




16

53,3
30,7









7.

Oila byudjeti nima degani?

1. Bilmayman


2.Anketa to’ldirishni rad etidlar

Ular «byudjet» so’zining ma’nosini tushunmadilar




80
20




Bu oilaga oid pullar deb javob beradilar. «byudjet» so’zining ma’nosini ular bilmasliklarini aytdilar. IMY oid bunday savolning dasturda borligiga qaramay, o’quvchilar byudjetga oid savolni tushuntirib bera olmaydilar



13,5
87,7



8.

1.Bilmadi


2. Anketa to’ldirishni rad etidlar

Uy, joy haqi va kommunal xizmatlar haqidagi masala aqli zaif beshinchi sinf o’quvchilari uchun qiyinligi ma’lum bo’ldi.

Uchta o’quvchi anketani to’dirishni rad qildilar



80
20


O’quvchilar o’rtasida qiyinchilikni yuzaga keltirdi, ularning hyech biri javob berishni uddasidan chiqa olmadi. Bu ota-onalar bolalariga bu jiddiy va mas’uliyat tanlab qiladigan vazifani ishonmasliklaridan, maktab esa buni aniqlamaydi, yoki zarur bo’lgan boshlang’ich, juda oddiy ma’lumotni bermasligidan dalolat beradi.





100

9.

Siz oila so’zining ma’nosini qanday tushunasiz?

  1. Bildi

  2. Bilmadi

«Bu men, onam va otam», «bu onam, akam, otam, opam, buvim», «bu men va onam»

40

20



Biz faqat hamma qarindosh-urug’lar jamiyati», «yaxshi oila», «oila –bu men yashaydigan joy

100

Bizning fikrimizcha, anketaning bunday natijalari aqli zaif o’quvchilar o’zlarining oilalaridagi noxushlikni sir tutib, yashirib, hammadek bo’lishni istaganliklari bilan izohlanadi. Ko’pchilik o’quvchilar partadosh qo’shnisining javoblariga ergashib ish tutdilar.

Oiladagi urush va nizolar, haqidagi savolga quyidagicha natijalar olindi:

«janjallar bo’lmaydi» - 53,3 % (8 o’quvchi)

«ba’zan» - 46,7 % (7 o’quvchi)

«doimo» - 0 %

Oiladagi vazifalar, haqidagi savolga, aqli zaif o’quvchilar asosan quyidagilarni aytdilar: mahsulot sotib olish, xonani yig’ishtirish, kichik yoshdagi singil va ukalariga g’amxo’rlik qilish – 53,3 % (8 ta o’quvchi). 2ta o’qituvchi (16%) uylarni tozalaydi. Qolgan 5 ta o’quvchi (30,7 %) ularning oilasida vazifalar mavjud emasligini bildiradilar. Bu hamma ota-onalar ham, aqli zaif bolalarga u yoki bu ishni yoki topshiriqni ishonavermasliklaridan dalolat beradi.

Oilaning byudjeti haqidagi masala bolalarni shoshib, sarosimaga tushib qolishga olib keldi. Ular «byudjet» so’zining ma’nosini tushunmadilar. Uchta o’quvchi (20 foiz) keyingi anketalarni to’ldirishni rad qildilar. Uy, joy haqi va kommunal xizmatlar haqidagi masala aqli zaif beshinchi sinf o’quvchilari uchun qiyinligi ma’lum bo’ldi.

Bunda yana uchta o’quvchi anketani to’dirishni rad qildilar (20 foiz).

«Siz oila so’zining ma’nosini qanday tushunasiz?» savoliga shunday javoblar olindi: «Bu men, onam va otam», «bu onam, akam, otam, opam, buvim», «bu men va onam» - 40 % (6 o’quvchi). Qolgan 20 % (3 ta o’quvchi) oila nima ekanligini bilmasliklarini aytdilar.

Aqli zaif o’quvchilarning tushunchasida oila – bu ular bilan bir uyda bevosita birga yashaydigan odamlar tarkibi. Agar buvisi va dadasi alohida yashasa, ularni o’zlarining oilalari tarkibiga qo’shmaydilar. Oilaning hamma a’zolarini sanab chiqqanlarni biz eng to’g’ri javob deb hisobladik.

9-sinflarning anketaga javoblarini tahlil qilganda bir qancha boshqacha manzara ko’zatildi. Anketani to’ldirishda mehnat ta’limi maktabining to’qqizinchi sinf o’quvchilaridan 15 tasi ishtirok etdi.

Oilaning tarkibi haqidagi savolga 8 ta o’quvchi (53,3 %) to’g’ri va to’liq javob berdilar, ya’ni familiyasi, ismi va ota-onasining ismini, yoshini va ularning ish joyini belgilab ko’rsatib berdilar. Qolgan 7 ta o’quvchi (46,7%) savollarga to’liq javob bermadilar, ya’ni ota-onalarning ish joyini yoki yoshini ko’rsatib belgilab bermadilar.

Shuni ta’kidlash qiziqki, 9-sinflarning hammasi ham «Siz ota-onangizdan kimga o’xshashni istardingiz?» degan savolga javob berishni istamadilar. Javob berganlar esa asosan: qizlar – onasiga, o’g’il bolalar – akasiga o’xshashni bildirdilar. Bizning fikrimizcha, bu o’smirlik yoshining o’ziga xos xususiyatlari, uning nizolaridan iboratligi, shaxsiyati, fe’l-atvorini, xalqini namoyon qilishi bilan guvohlanadi.

Albatta, «onamga», «otamga» - 20 % (3 ta o’quvchi) degan javoblar ham bo’ldi.

Oiladagi mikroiqlim haqidagi savolga to’qqizinchi sinf o’quvchilari ularga o’zlarining oilalarida yaxshiligini aytdilar. Bu javoblar o’quvchilarning shaxsiy delolaridagi tadqiqot natijalari bilan mutlaqo to’g’ri kelmaydi, ya’ni ko’pchilik o’quvchilarning oilasi ko’ngildagidek emas hamda to’liq emas.

Janjal va ixtiloflar haqidagi savolga quyidagi natijalar olindi:

«Doim» - 0 %

«Ba’zan» - 80 % (12 ta o’quvchi)

«Ixtiloflar bo’lmaydi» - 20 % (3 ta o’quvchi)

Oilaning byudjeti haqidagi savolga faqat 2 ta qiz (13,5 %) bu oilaga oid pullar deb javob beradilar. Qolgan 13 ta o’quvchi (87,5 %) «byudjet» so’zining ma’nosini ular bilmasliklarini aytdilar. Bu ijtimoiy maishiy yo’naltirishga oid bunday savolning dasturda borligiga qaramay, o’quvchilar byudjetga oid savolni tushuntirib bera olmaydilar. Turar joy va kommunal xizmatlarga haq to’lash haqidagi savol to’qqizinchi sinflar o’rtasida qiyinchilikni yuzaga keltirdi, ularning hyech biri javob berishni uddasidan chiqa olmadi. Bu ota-onalar bolalariga bu jiddiy va mas’uliyat tanlab qiladigan vazifani ishonmasliklaridan, maktab esa buni aniqlamaydi, yoki zarur bo’lgan boshlang’ich, juda oddiy ma’lumotni bermasligidan dalolat beradi.

«Siz «Oila» so’zini qanday tushunasiz?» savoliga quyidagicha javoblar olindi: «Bu faqat hamma qarindosh-urug’lar jamiyati», «yaxshi oila», «oila –bu men yashaydigan joy».

Shunday qilib anketalarni to’ldirish natijalarining tahlilidan shunday xulosa qilish mumkin:



  1. Beshinchi sinf o’quvchilari o’z oilalarining tarkibini aniqlashni bilmaydilar yoki qiynaladilar, shu vaqtda to’qqizinchi sinf o’quvchilarining yarmidan ortiqrog’i bu savolga to’g’ri va to’liq javob berdilar. Bu aqli zaif o’quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlashda muayyan ishlar olib borilayotganini tasdiqlashga imkon yaratadi.

  2. Janjal va ixtiloflar haqidagi savol, bizning fikrimizcha, 5-va 9-sinf o’quvchilari o’zlarining oilalaridagi salbiy munosabatlarni sir saqlab bildirmaslikka harakat qilib isbotlamoqchi bo’ladilar.

Bunda to’qqizinchi sinf o’quvchilari savollarga javob anchagina mos ravishda yondoshdilar. Demak, agar beshinchi sinflardagi o’quvchilar oilasida hyech qachon ixtiloflar bo’lmasa (53,3 %), sakqizinchi sinflarda – 20 % o’quvchilarda.

  1. Anketalarni to’ldirish natijalariga muvofiq 5- va 9-sinf o’quvchilari byudjetni olib borish bilimlariga (o’quvchilardan hyech qaysisi tura rjoy uchun haq to’lash kvitansiyasini to’ldira olmadilar, hyech kim bu kvitansiyani qayirga olib borib to’lash kerakligini bilmaydi) ega emasliklari sezilib turibdi.

Bu ota-onalar ijtimoiy jihatdan moslashuv vazifasini o’z oldilariga maqsad qilib quymasliklari haqida, maktabda esa bunga tayyorgarlik doimo samarali ravishda olib borilmasligidan dalolat beradi.

Shunday qilib, 5-, 9-sinf o’quvchilarini oilaviy hayot tasavvuriga oid bilimlarining sifatini solishtirib tahlil qilish ular «ijtimoiy-maishiy yo’naltirish» fani bo’yicha bevosita tayyorgarlikkacha va tayyorgarlikdan keyin ham kam o’zgarganliklarini ko’rsatdi. 9-sinf o’quvchilari 5-sinflarga nisbatan o’z oilalarining tarkibi haqidagi bilimlar bilan shug’ullanadilar. Biz 9-sinflarda ana shunday «oila» mavzusiga oid bilimlarini 5-sinflar bilan taqqoslaganimizda 9-sinflarda bilimlarni rivojlanish dinamikasi oshganligini ko’zatdik. Lekin byudjet, sarf, harajatlar darajasi haqidagi tasavvurlarning o’sish sur’ati uncha ko’p emasligi ko’zatiladi. Hatto 9-sinf o’quvchilari «oilaning byudjeti» tushunchasi bilan shug’ullanmaydilar, bu tushunchaga ega emaslar.

Bu malaka olingan manba kamaydilar, parvarish qilmaydilar. «Sizni bunga kim o’rgatgan?» savoliga, ular bunga uyda o’rganganmiz, deb javob berdilar. Lekin savolni aniqlashda «bolaga qarash» tushunchasiga ular bilan hovlida sayr qilish yoki oyoq kiyimini kiydirish kirishi oydinlashdi.

«Sen do’kondan, bozordan mahsulot sotib olishni uddalay olasanmi?» savoliga hamma bolalar va qizlar «ha» deb ijobiy javob berdilar. Javob berishda ko’pchilik o’quvchilar partadosh qo’shnilarining javobiga qarab javob beradilar.

«Sen bunga qayerda o’rgangansan?» savoliga hamma uyda, deb javob berdilar.

Mahsulotlarni sotib olish haqidagi savolni aniqlashda bolalar non, kartoshka, piyoz, un, shakar va boshqalarni narxini bilmasliklari oydinlashdi.

«Sen uyda biror narsani to’zata olasanmi (masalan, nimani)?» savoliga qizlar hyech nimani to’zata olmasliklarini aytdilar, bolalar esa to’zata olamiz, deb javob berdilar, lekin to’zatiladigan narsani turini aniq aytib bera olmadilar.

«Seni bunga kim o’rgatdi?» savoliga bolalar ularni maktabda duradgorlik sohasida o’rgatishgan, deb javob berdilar. Oilaviy hayotda yuqorida keltirilgan malakalarning zarurligi haqidagi savolga 100 % ijobiy natija olindi, ya’ni hamma o’quvchilar bu malakalar oilaviy hayot uchun albatta zarurligini ta’kidladilar.

Kelgusidagi oilaviy hayotda zarur bo’lgan amaliy malaka, ko’nikma va bilimlarning aniqlashga oid ana shu anketaga to’qqizinchi sinflarning javoblarining tahlilida bir qadar boshqacha manzara ko’zatiladi.

Uyda haqiqiy erkaklar mashg’uloti nima bo’lsa ham biror narsani, (to’zatish, yashash) dan tashqari tikish, ovqat pishirish, to’qish, kir yuvish, bolaga qarash, parvarish qilish, do’kondan mahsulotlar sotib olish haqidagi savolga oid hamma malakalarga qizlar ijobiy javob berdilar. O’g’il bolalarning kir yuvishni 75 %i (6 ta bola) uddasidan chiqishni ta’kidladilar, ikkita bola (25 %) kir yuvishni uddasidan chiqmasligini bildirdi. Shuni ta’kidlash qiziqarliki, anketalarni to’ldirishda qizlar o’zlarini hamma narsani uddasidan chiqa oladigan va biladigan uy –ro’zg’or bekasiday tutdilar. O’g’il bolalar esa, aksincha ularda uy ishlari bilan shug’ullanishdan qiziqarliroq mashg’ulotlari ham borligini bildirdilar, lekin bundan boshqa uyda nima bo’lsa ham, biror narsani to’zatish, yamashni (100 %) uddasidan chiqishlarini ta’kidladilar, hatto «men televizorni to’zatdim», «men pыlisosni to’zatdim» kabi baqiriqlar jarangladi. Bu o’z- o’ziga yuqori baho bershining oshirib yuborilganidan dalolat beradi.

Mahsulotlarni sotib olish haqidagi savolga 5 ta o’g’il bola (62,5 %) bu ularning bevosita burchi, zimmasida ekanliklarini bildirdilar. Boshqalari esa, ular buni qilmasliklarini aytdilar.

«Sizga buni kim o’rgatgan?» savoliga hamma so’ralgan to’qqizinchi sinf o’quvchilarining javoblarining katta foizi (80 %) maktabga tegishli bo’ldi, ya’ni (12 ta o’quvchi) ular mehnat va ijtimoiy maishiy yo’naltirish darslarida bu bilim, malaka va ko’nikmalarga o’rganganliklarini ta’kidladilar. Boshqa 3 ta o’quvchi (20 %) ular bu malakalarni uyda, o’rganganliklarini bildirdilar.

Oilaviy hayotda bunday bilim va malakalarning zarurligi haqida hamma to’qqizinchi sinflar (100 %) o’quvchilari fikr bildirdilar.

Shunday qilib, aqli zaif o’quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlashda zarur bo’ladigan amaliy bilim, malaka va ko’nikmalarni aniqlashga oid 1-anketani to’ldirish natijalari aqli zaif o’quvchilar kelajakdagi oilaviy hayotda zarur bo’gan elementar (boshlang’ich) malakalarni (ovqat tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan malakalar, xizmat ko’rsatish mehnati, bolalarga qarash, parvarish qilish, ijodiy malakalar) egallaganliklarini ko’rsatdi.

Ta’kidlash qiziqarliki, anketaga javob berganlarning hammasi ular bu hamma amaliy bilim va malakalarni maktab bo’sag’asida olganliklarini ta’kidladilar. Bu bizning ta’lim, tarbiya va hayotga moslashuvning ko’p qismi maktab zimmasiga tushishi haqidagi farazimizni isbotlaydi.

Qizlar oilaviy hayotga birmuncha ko’proq tayyorlanganlar, ko’p miqdordagi bilim, malaka va ko’nikmalardan foydalanishni biladilar, o’zlarining bilimlarini mos vaziyatda oson qo’llay oladilar.

Ochiq ravishda ko’rinib turibdiki, ko’pchilik o’quvchilar anketa savollariga o’rtoqlari yoki dugonalariga o’xshash javob berdilar.

Bu do’sti (dugonasi) ko’z oldida «obroyi tushmaslik» istagi bilan izohlanadi. O’quvchilarning javoblari o’z-o’ziga yuqori baho berish darajasining oshirilib yuborilganligi sezilarli, ya’ni o’quvchilar tika olishlari, ovqat pishira olishlari va b. haqida so’z yuritdilar, lekin bu haqiqiy holga mos kelmaydi.

Shuningdek, aqli zaif o’quvchilarning amaliy bilim va malakalari yildan-yilga oshayotganligi sezilarli darajada bilinib turibdi. Bu mehnat ta’limi maktablarida aqli zaif o’quvchilar bilan ijtimoiy mehnatga moslashtirishga oid ishlar olib boriladi. Aniqlangan malaka va ko’nikmalarni taqqoslab tadqiq qilish biz taqlif qilgan farazning to’g’riligini ko’rsatdi.

Amaliy bilim va malakalarning grafik jihatdan o’sish darajasini ko’rsatamiz.


5-jadval

Yüklə 259,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə