Mavzu: asm korxonalari moliya-xo‘jalik faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar ]reja


Mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotishni tahlil qilish usullarining asoslari



Yüklə 54,3 Kb.
səhifə2/13
tarix13.10.2023
ölçüsü54,3 Kb.
#127607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mavzu asm korxonalari moliya-xo‘jalik faoliyatiga ta’sir qiluvc-fayllar.org

1. Mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotishni tahlil qilish usullarining asoslari
Korxonaning yalpi mahsuloti - bu tovar mahsuloti qo`shuv tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig`i hamda korxonaning o`zida tayyorlangan yarim-fabrikatlar va asboblardan iboratdir.
Yalpi mahsulot hajmi korxona ulgurji qiyosiy narxlarda hisobga olinadi. Hisobotda shuningdek, yalpi mahsulot hisobot yilida amalda bo`lgan ulgurji narxlarda ham beriladi.
Tovar mahsuloti deganda, barcha ishlab chiqarish bosqichlarini o`tgan, to`la butlangan, texnika nazorati bo`limidan ham o`tgan va omborga topshirilgan mahsulot tushuniladi. U korxonaning amaldagi ulgurji narxlarida baholanadi. Reja bajarilishini baholash uchun tovar mahsulotining butun hajmi reja narxlarida qayta hisoblab chiqiladi. Tovar mahsuloti haqiqiy ulgurji narxlarning og`ishi hukumatning qaroriga ko`ra yoki mahsulot tannarxini va sifatini o`zgarishi tufayli ro`y bergan narx o`zgarishining natijasi bo`lishi mumkin.
Sotilgan mahsulot deganda, tovarlar iste'molchilarga jo`natilib, uning haqi mol yuboruvchilarning bankdagi hisob-kitob raqamiga o`tkazilishi tushuniladi. Mahsulot sotilganda uning tovar ko`rinishi pul shaklini oladi va bu bilan yangi tovar aylanishi uchun resurslar kelib tushadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona o`z tovarlarini mahsulot tannarxi, daromad, aktsiz solig`ini, qo`shilgan qiymat solig`ini va tovarlarni jo`natilish bekatigacha yetkazib berish bo`yicha transport xarajatlarini o`z ichiga olgan shartnomaviy (erkin) narxlarda sotadi.
Narxlar shartnomaviy asoslarda xaridor bilan kelishib belgilanadi. Ana shu narx mol yetkazib berish shartnomasida, schet-fakturalarda va transport yuk xujjatlarida ko`rsatiladi.
Mahsulot sotilishini tahlil qilishda quyidagi manbalardan foydalaniladi: 2-shakl «Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot», 11-shakl «Tayyor mahsulotni berish», 5-S-shakl «Korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va sotishga qilgan xarajatlari to`g`risidagi hisobot», 1 NDS shakl «Kichik korxonaning hisoboti».
Tahlil joriy yili haqiqatda tushgan tushumni reja va o`tgan yil natijasi bilan taqqoslashdan boshlanadi.
Sotish hajmining o`sish sur'atiga ko`pgina omillar ta'sir etadi. Bularga mahsulot sifati, uni bir maromda ishlab chiqarish, mahsulotni o`z vaqtida iste'molchilarga jo`natish, uning haqini to`lash, sotilmagan mahsulotlarning yil boshiga va yil oxiriga bo`lgan qoldig`i kabilar kiradi. Ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlarning bir-biriga bog`liq-ligini tekshirish uchun tovar balansini tuzish kerak. Uni quyidagi formula orqali ifoda qilish mumkin:
T1 + M = R + T2
Bu yerda:
T1 - sotilmagan mahsulotlarning yil boshiga qoldig`i;
M - joriy yilda ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti hajmi;
R - joriy yilda sotilgan mahsulot hajmi;
T2 - sotilmagan mahsulotlarning yil oxiriga bo`lgan qoldig`i.
Tovar balansining unsurlari bir-biri bilan uzviy ravishda bog`liq. Agar rejaga nisbatan yil boshiga bo`lgan qoldiq ko`p bo`lsa, u holda sotish hajmi oshadi. Demak, sotish hajmining o`zgarishiga tovar mahsulotini ishlab chiqarish va sotilmagan mahsulotlarning o`zgarishi ta'sir qilar ekan. Endi yuqorida berilgan tenglikdan sotish jarayonini quyidagicha ifoda etish mumkin:
R = T1 + M - T2
Mahsulot ishlab chiqarishni ifodalovchi ko`rsatkichlar - sof mahsulot, me'yoriy sof mahsulotlarni tahlil qilish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Sof mahsulot tovar mahsulot bilan uni ishlab chiqarishga qilingan moddiy sarflar va asosiy ishlab chiqarish fondlarining amortizatsiyasi summasi o`rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Bu ko`rsatkichdan foydalanish mehnat jamoalarining buyumlashgan mehnatni kam sarflab mahsulot ishlab chiqarishni ko`paytirishdan manfaatdor qiladi. Moddiy ishlab chiqarishda barcha tarmoqlarning sof mahsulot summasi mamlakatda hosil qilingan milliy daromadni tashqil etadi.
Sof mahsulot ko`rsatkichidan foydalanish chiqimsiz xo`jalik mexanizmining shakllantirishning yo`nalishlaridan biridir. Me'yoriy sof mahsulot ishlab chiqarishdagi ishchilarning asosiy va qo`shimcha ish haqini, ijtimoiy sug`urta uchun ajratmalar va me'yoriy foydani jamlash orqali aniqlanadi.
Sof mahsulotda bo`lganidek me'yoriy sof mahsulotning iqtisodiy mazmunini yangidan hosil qilingan qiymat tashqil qiladi. Me'yoriy sof mahsulot, sof mahsulot singari chiqimsiz xo`jalik mexanizmining muhim yo`llaridan biridir.
Shartli sof mahsulot bu sof mahsulot qo`shuv asosiy fondlarning amortizatsiyasidir.Sotish fakti ishlab chiqarilgan mahsulotning ijtimoiy iste'mol talab va extiyojlariga javob berishi demakdir.Lekin, korxonalarning ish yuritish tajribasi sotish ko`rsatkichida jiddiy nuqsonlar mavjudligini ko`rsatadi. Gap shundaki, korxonalar sotish rejasini oshirib bajarganlari holda, ularning ayrim iste'molchilari bilan tuzilgan shartnoma majburiyatiga asosan mol yetkazib bermaslik hollari ko`paydi. Bu esa o`z navbatida xalq xo`jaligiga juda katta zarar yetkazar edi. Shu sababli korxonalarning xo`jalik faoliyatiga baho beruvchi muhim mezon-sotish rejasining shartnoma majburiyatini hisobga olgan holda bajarilishi bo`lib qoldi.
Mazkur ko`rsatkich bo`yicha rejaning bajarilish darajasi 100 foizdan oshmaydi, eng maqbo`li 100 foizdir.
Shartnoma majburiyati bo`yicha rejaning bajarilishini aniqlash uchun biznes-reja hajmidagi sotish summasidan yetkazib berilmagan mahsulotlar summasi chiqarilib, so`ng sotish hajmining biznes-reja darajasiga bo`linadi. Masalan, biznes-reja bo`yicha sotish hajmi 942 600 ming so`m, haqiqatda esa 982 460 ming so`mni tashqil etdi, ya'ni sotish hajmi bo`yicha reja 104.2 foizga bajarilgan. Lekin, korxona iste'molchilarga mahsulotlarning ayrim turlari bo`yichcha 11 000 ming so`mga mahsulot yetkazib bermadi.
Demak, bu holda shartnoma majburiyati rejasi 98.8 foizga bajarildi, ya'ni:
942 600 - 11 000 : 942 600 = 98.8 foiz.
Tovar va sotish bo`yicha biznes-rejaning bajarilishi korxona faoliyatidagi miqdoriy ko`rsatkichlardir.
Sifat ko`rsatkichlaridan biri tuzilgan shartnoma majburiyatiga asosan iste'molchilarni zarur tovarlar xilma-xilligi bilan ta'minlash hisoblanadi.
Xalq xo`jaligida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan nomutanosiblikning oldini olish uchun korxonalar mahsulot ishlab chiqarish rejasini nafaqat qiymat ifodasida, balki belgilangan assortimenti bo`yicha bajarilishi zarur. Chunki mahsulotlar turlicha iste'mol xususiyatiga egadirlar, shu sababli ayrim mahsulotlar ishlab chiqarish bo`yicha yuzaga kelgan tanqislikni boshqa bir mahsulotlarni ko`p ishlab chiqarish bilan to`ldirib bo`lmaydi.
Korxona faoliyatiga to`g`ri baho berishda mahsulotning xilma-xilligi bo`yicha biznes-rejaning bajarilishini aniqlashda eng kam son miqdorini hisobga olish usuli qo`llaniladi. Ushbu usulning mazmuni va mohiyati quyidagicha: tovarlar xilma-xilligi bo`yicha biznes-rejaning bajarilish darajasini aniqlash uchun avvalo biznes-reja chegarasi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot summasini aniqlash kerak. Buning uchun rejadan ortiqcha yoki biznes-rejada ko`rsatilmagan mahsulotlar ishlab chiqarish xilma-xilligi bo`yicha biznes-rejaning o`rtacha bajarilishini aniqlashda hisobga kirmaydi. Shunday qilib, tovarlar xilma-xilligi bo`yicha biznes-rejaning o`rtacha bajarilish foizini aniqlash uchun reja xilma-xilligi hisobiga ishlab
chiqarilgan mahsulot summasini jamlab, uni 100 ga ko`paytiriladi, so`ng biznes-reja bo`yicha ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga bo`linadi. Xilma-xillik bo`yicha biznes-reja bajarilishining eng yuqori nuqtasi 100 foizga teng bo`ladi. Mahsulotning xilma-xilligi bo`yicha biznes-rejaning bajarilishini aniqlashda eng kam son miqdorini hisobga olish usulini quyidagi jadvalda beramiz.

Yüklə 54,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə