MAVZU: ASOSIY EКOLOGIК OMILLAR VA ULARNI
DENDROFLORA VAКILLARIGA TA’SIRI
Mashg‘ulotning maqsadi:
Talabalarga asosiy ekologik omillar
– abiotik, biotik va antropogen omillarni daraxt–butalarni geografik
tarqalishiga va o‘sish sharoitlariga ta’siri haqida ma’lumotlar berish.
Mashg‘ulotning qisqacha mazmuni:
O‘simliklarning
tashqi
muhit sharoitlariga bo‘lgan munosabati ularning
ekologiya
si deb
ataladi. Ekologik omillar
abiotik, biotik va antropogen
omillarga
bo‘linadi. Abiotik omillar o‘z
navbatida iqlim, edafik va relef
omillariga ajratiladi.
Iqlim omillariga
havo harorati, yorug‘lik, yillik yog‘inmiqdori,
havoning nisbiy namligi, havoning tarkibi,
shamol tezligi va
yo‘nalishi, quyosh radiasiyasi intensivligi, atmosfera bosimi kabi
asosiy iqlim ko‘rsatkichlarini o‘simlik dunyosiga ko‘rsatadigan
ta’siri kiradi.
Edafik (tuproq) omillariga
tuproqning
mexanikaviy tarkibi,
fizikaviy xossalari, namligi, kimyoviy tarkibi, tuproq harorati kabi
xususiyatlar bilan ko‘rsatadigan ta’siri kiradi.
Relef (erning ustki tuzilishi) omillariga
erning dengiz sathidan
balandligi, ekspozisiyasi, qiyaliklarning tikligi kabi xususiyatlarni
o‘simlik dunyosiga ko‘rsatadigan ta’siri kiradi.
Biotik omillarga
- hayvonlar, o‘simliklar, mikroorga-nizmlarni
o‘simlik dunyosiga ko‘rsatadigan ta’siri kiradi.
Antropogen omillarga
– insonning o‘simlik dunyosiga ta’siri,
ya’ni uni o‘simlik o‘sib turgan muhit sharoitlarini o‘zgartirib hamda
ularni madaniylashtirib o‘simliklarga ko‘rsatiladigan ta’siri kiradi.
Harorat o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun eng zarur
omillardan biri hisoblanadi. Har bir o‘simlik turi uchun minimal,
optimal va maksimal haroratlar mavjud bo‘lgan holda-gina o‘sim-
liklar o‘sadi, rivojlanadi va ularda normal fiziolo-gik jarayonlar
amalga oshadi. Shundan ko‘rinib
turibdiki, harorat o‘simliklar
hayotida, ularning geografik tarqalishida, o‘simlik tipining
shakllanishida muhim ekologik omil hisoblanadi.
Er yuzida turli geografik zonalarda turlicha iqlim zonalari
vujudga kelgan, ularda turlicha harorat rejimi mavjud va ular ma’lum
qonuniyatlarga bog‘liqdir. Shimoliy qutbdan ekvator chizig‘iga
tomon haroratni ko‘tarilib borishi, ular oralig‘ida turli iqlim zonalari
hosil bo‘lishigasabab bo‘lgan. Tog‘li
joylarda harorat zonalari
vertikal tus olib, dengiz sathidan ko‘tarilgani sari o‘rtacha harorat
pasayib boradi, namlik miqdori bo‘lsa ortib boradi. Harorat boshqa
ekologik omillar, shu jumladan, namlik miqdori va uning mavsumiy
rejimi bilan birgalikda iqlim zonalaridagi fasliy hodisalarini
murakkablashtirishi mumkin. Buning
natijasida ushbu hududdagi
o‘simlik dunyosining tabiati va tarkibi ham o‘zgaradi.
O‘simlik tanasida suv kam bo‘lgan paytlarda yuqori haroratga
chidamli bo‘ladi, shuningdek cho‘l–dasht o‘simliklari tinim holatiga
o‘tganda ham yuqori haroratga chidamli bo‘ladilar. Past harorat ham
o‘simliklarga turlicha ta’sir etadi. Ayrim tropik o‘simliklar +5
0
da
ham zararlanishi mumkin, O
0
S dan pasayganda butunlay nobud
bo‘ladi. Ayrim o‘simliklar aksincha, past haroratlarga juda chidamli
bo‘ladilar, masalan, daur tilog‘ochi (Larix daurica) Sibirning
shimoliy qismidagi eng sovuq nuqta hisoblanmish
sovuq polyusi -
Verxoyansk shahrida qishgi –75
0
S sovuqlarga chidaydi. Sovuqni
o‘simlikka ta’siri quyidagicha kechadi: o‘simlik xo‘jayrasi
tarkibidagi suv muz kristallariga aylanib qoladi, ular xo‘jayra qobig‘i
va ichki organlariga salbiy ta’sir etadi va oxir–oqibatda xo‘jayra
nobud bo‘ladi.
Bahorda bunday zararlangan daraxtlardagi kurtaklar yoziladi, ilk
bargchalar paydo bo‘ladi, lekin tez orada ular so‘lib, quriydi va
to‘kilib ketadi. Daraxt–buta o‘simliklarni issiqlikka bo‘lgan
munosabatiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin (S.S.
Pyatniskiy bo‘yicha).