mavzu: Auditning mohiyati, uning maqsadi va vazifalari ( soat) nazorat savollari



Yüklə 9,64 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü9,64 Kb.
#167222
1-amaliy mashg\'ulot (1)


1-Mavzu: Auditning mohiyati, uning maqsadi va vazifalari ( 2 soat)
NAZORAT SAVOLLARI

  1. Audit deganda nimani tushunasiz?

  2. Audit dastlab qachon va qayerda paydo bo‘lgan? O‘zbekistonda qachondan boshlab faoliyat yuritilmoqda, bunga sabab nima bo‘lgan?

  3. Auditning ahamiyati nimada?

  4. Auditning oldiga qanday maqsad va vazifalar qo‘yilgan?

  5. Audit nechta shakl va turga bo‘linadi?

  6. Auditning taftishdan farqi nimada?

  7. Auditning iqtisodiy tahlil fanidan qanday farqli va unga o‘xshash tomonlari mavjud?



Quyidagi atamalarga izoh bering: Audit, tadbirkorlik faoliyati, mustaqil nazorat, buxgalteriya hisoboti, to‘lov hisob xujjatlari, soliq deklaratsiyasi, xo‘jalik yurituvchi sub’yekt, moliyaviy majburiyat va moliyaviy talablar, auditorlik xizmati, buxgalteriya hisobotini tuzish bo‘yicha tamoyillar, taftish, ixtiyoriy va majburiy audit, tashqi audit, ichki audit, auditorlik xizmatlari bozori.
1-amaliy mashg‘ulot.
1-Masala. «Alfa» xususiy firmasi 2003 yildan boshlab aksiyadorlik jamiyati bo‘lib qayta ro‘yxatdan o‘tdi. 2003 yilda jamiyatning bajarilgan ishlari xajmi 25000000 so‘mni yillik ish xaki fondi 2,5 mln so‘mni va jami byudjetga to‘lovlari 3 mln 200 ming so‘mni tashkil etdi.
Topshiriq: 2003 yil uchun yillik hisobot auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilishi shartmi?


2-Masala. «Betta-choy» qo‘shma korxonasi 2005 yilning oktyabr oyida «Inter-audit» auditorlik firmasiga analitik hisobni tiklab berish yuzasidan murojaat qildi. Shartnoma asosida xizmat ko‘rsatilib, pul to‘landi. 2006 yilning mart oyiga kelib «Betta-choy» qo‘shma korxonasi xuddi shu auditorlik firmasiga 2005 yil uchun yillik hisobotni tasdiqlab berish yuzasidan qayta murojaat qildi.
Topshiriq: Auditorlik firmasi ushbu taklifni qabul qila oladimi?


3-Masala. Auditorlik tashkiloti «A» va «B» firmalaridan auditorlik tekshiruvini o‘tkazib berish yuzasidan taklif oldi.
«A» firmasi besh yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lib, majburiy auditorlik tekshiruviga tortilmaydi. Soliq inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan xujjatli tekshiruv vaqtida «A» firmasiga katta miqdorda jarima sanksiyasi qo‘yilgan. Agarda firma ushbu jarimani to‘lasa, uning moliyaviy barqarorligi yo‘qoladi. Shu sababli firma auditorlik tashkilotiga Ushbu moliyaviy jarimani kamaytirib berish uchun tekshiruv o‘tkazib berish taklifi bilan chiqdi va auditorlik tashkilotiga ushbu xizmat uchun bir million so‘m to‘lashini ma’lum qildi.
«B» firmasi majburiy auditorlik tekshiruviga tortiluvchi tashkilot hisoblanadi. Faoliyatining uchinchi yilida firma auditorlik tashkilotini o‘zgartirib, yuqoridagi auditorlik tashkilotiga murojaat qildi. «B» firmasi auditorlik tekshiruvi uchun sakkiz yuz ming so‘m to‘lab berishini ma’lum qildi.
Auditorlik tashkilotida xodimlar soni cheklangan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ikala taklifni qabul qila olmaydi. Ikkala taklifni qabul qilishi uchun chetdan xodimlar jalb qilishi kerak bo‘ladi.
Topshiriq: Auditorlik tashkiloti ikkala taklifni qabul qila oladimi? Agar bitta bo‘lsa qaysi taklifni qabul qilishi kerak?
Yüklə 9,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə