Mavzu: Auditorlik dalillari


YIL 19 SENTYABRDAGI PQ-3946 SONLI QARORGA MUVOFIQ 2019 YILNING 1 YANVARIDAN BOSHLAB QUYIDAGI TARTIB O’RNATILSHI BELGILANDI



Yüklə 26,32 Kb.
səhifə3/4
tarix24.12.2023
ölçüsü26,32 Kb.
#158312
1   2   3   4
2 mavzu Auditorlik faoliyatining huquqiy asoslari

2018 YIL 19 SENTYABRDAGI PQ-3946 SONLI QARORGA MUVOFIQ 2019 YILNING 1 YANVARIDAN BOSHLAB QUYIDAGI TARTIB O’RNATILSHI BELGILANDI

    • tijorat tashkilotiyagona davlat reestriga kiritilgan sanadan boshlab uch oy davomida auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo’lgan auditorlik tashkilotlari reestriga kiritilmagan bo’lsa, o’z nomida «auditorlik tashkiloti» so’zlaridan foydalanishga haqli emas
    • auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya litsenziatga barcha turdagi auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish huquqini beradi
    • auditorlik tashkilotining ustav kapitali auditorlik tashkiloti faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan mol-mulkdan, shu jumladan pul mablag’laridan shakllantiriladi
    • auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan auditorlarning eng kam soni kamida to’rt nafar shtatdagi auditordan iborat bo’ladi
    • aynan bitta xo’jalik yurituvchi sub’ektning auditorlik tekshiruvi ketma-ket etti yildan ortiq bo’lmagan muddatda o’tkaziladi
    • har uch yilda kamida bir marta auditorlik tashkilotlari ishining sifati tashqi nazoratdan o’tkazish
    • auditorlik tashkilotlari o’zlarining veb-saytlarida yoki auditorlar jamoat birlashmalarining veb-saytlarida o’tkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari to’g’risidagi axborotni e’lon qilish
    • auditorlik tashkilotlari 2019 yilning 1 apreliga qadar belgilangan shtatdagi auditorlarning eng kam soni to’liq to’ldirilishini ta’minlash

2018 YIL 19 SENTYABRDAGI PQ-3946 SONLI QARORGA MALAKA SERTIFIKATIGA OID QUYIDAGI O`ZGARISHLARNI AMALGA OSHIRISH BELGILANDI

    • auditor malaka sertifikatini dastlab besh yillik muddatga berish, navbatdagi muddatini o’n yilga uzaytirish va undan keyin muddatsiz davrga berish
    • xalqaro buxgalter sertifikati mavjud bo’lganda auditor malaka sertifikatini berishni va amal qilish muddatini uzaytirishni, shuningdek, 10 yildan kam bo’lmagan uzluksiz auditor ish staji mavjud bo’lganda auditor malaka sertifikatining amal qilishini muddatsiz davrga uzaytirishni malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshirish
    • «buxgalteriya hisobi» va «audit» mutaxassisliklari bo’yicha magistr diplomiga ega bo’lgan auditor malaka sertifikatini olishga talabgorlar uchun auditorlik tashkilotida bir yildan kam bo’lmagan amaliy ish stajiga (shu jumladan, o’rindoshlik asosida) ega bo’lish talabini o’rnatish

Auditor malaka sertifikatini olishga da’vogar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1) O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida olingan oliy iqtisodiy ma’lumotga yoki xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalarida olingan hamda qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasidagi ta’limga ekvivalient deb tan olingan oliy iqtisodiy ma’lumotga (1-ilova) ega bo’lish va oxirgi o’n yil ichida kamida uch yillik buxgalteriya hisobi, audit, moliyaviy yoki soliq nazorati sohasida yoxud shu sohalarda dars berish amaliy ish stajiga (shu jumladan o’rindoshlik bo’yicha) ega bo’lish;
yoki O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida olingan iqtisodiy bo’lmagan oliy ma’lumot yoxud xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalarida olingan hamda qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasidagi ta’limga ekvivalient deb tan olingan iqtisodiy bo’lmagan oliy ma’lumot bilan oxirgi o’n yil ichida kamida 5 yil auditor, bosh buxgalter, taftishchi yoki soliq inspektori sifatida ish stajiga ega bo’lish, shu jumladan o’rindoshlik bo’yicha;
yoxud O’zbekiston Respublikasida yoki xorijiy davlatlarda (qonun hujjatlariga muvofiq nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) o’tkazilganligi sharti bilan) olingan iqtisodiyot fanlari nomzodi (doktori) ilmiy darajaga ega bo’lish;
2) respublika auditorlar jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ta’lim dasturi asosida auditorlarni tayyorlash markazlarida maxsus tayyorgarlikdan o’tilishi Sertifikatlangan buxgalter-amaliyotchi yoki “Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)” sertifikatlash doirasida professional buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash dasturi bo’yicha “Moliyaviy hisob” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to’g’risida hujjatning mavjud bo’lishi;
Auditor malaka sertifikatini olishga da’vogar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
"Sertifikatlangan buxgalter-amaliyotchi" sertifikatiga yoki "Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)" sertifikatiga hamda O’zbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy sohalarda 5 yildan kam bo’lmagan ish stajiga ega bo’lgan da’vogarlarga auditorlarni tayyorlash markazlarida maxsus tayyorgarlikdan o’tmasdan malaka imtihonini topshirishga ruxsat beriladi.
Auditorlik faoliyatini tartibga solishda jamoat tashkilotlar roli
O’zbekiston Auditorlar Palatasi (O’AP) - O’zbekiston Auditorlar Palatasi nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanib, mustaqil sertifikatlangan auditorlar va auditorlik tashkilotlarini ixtiyoriylik asosida birlashtiradi. O’APning maqsadi auditorlarning professional darajasini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash, davlat va jamoat organlarida o’z a’zolarining qonuniy huquq va professional manfaatlarini himoya qilish, axborot aloqalarini ushlab turish, professional sohada sodir bo’layotgan barcha o’zgarishlar haqidagi barcha zaruriy axborotlar bilan ta’minlash bo’lib hisoblanadi.
O’zbekiston Auditorlar Palatasi asosiy vazifalari:
- Palata a’zolarining nomoddiy manfaatlari va madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy huquqlarini himoya qilish bo’yicha chora-tadbirlarni tashkil etish;
- auditorlik xizmatlari bozorini institutsional, me’yoriy-huquqiy asoslarini rivojlantirish va takomillashtirish masalalarida auditorlik tashkilotlarini muvofiqlashtirish va birlashtirish;
- audit sifati standartlarini ishlab chiqish va takomillashtirish, auditorlik xizmatlari bozorining shaffofligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlarni tashkil etish, halol raqobatni rivojlantirish;
- Palata a’zolarini audit sifati standartlari va Ahloq Kodeksini so’zsiz bajarish bo’yicha ishlarni tashkil etish;
- auditor malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlari topshirish, o’qitish va o’tkazish tartibi, dasturlari, uslubiy qo’llanmalarni ishlab chiqish;
- auditorlar va buxgalterlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha kurslar tarmog’ini yaratish, Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi (IFAC) talablariga muvofiq auditor va buxgalter xodimlarini professional darajasini oshirishga ko’maklashish;
- buxgalter va auditor kasbining jozibadorligini oshirish, buxgalteriya hisobi va auditni rivojlantirish maqsadida hududiy, respublika va xalqaro konkurs, simpozium, konferentsiya va seminarlar tashkil etish;

Yüklə 26,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə