Мавзу: Аудиторлик ҳисоботларини тузиш тартиби


Auditorlik hisoboti va uni tuzish tartibi



Yüklə 271,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix19.05.2023
ölçüsü271,07 Kb.
#111503
1   2   3   4   5   6
auditorlik xulosasi va uning tarkibi kurs ishi

3.Auditorlik hisoboti va uni tuzish tartibi. 
Auditning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, umumlashtirilgan va 
baholangan tekshiruv natijalarini kamida ikkita hujjat bilan rasmiylashtirish 
maqsadga muvofiqdir: 
1) audit haqidagi shartnomada ko’zda tutilgan davr ichidagi korxonaning 
moliya-xo’jalik faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish to’g’risida hisobot; 
2) buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik xulosasi. 
O’zbekistan Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida 
belgilanishicha: auditorlik hisoboti auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya 
hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, 
moliyaviy hisobotdagi qoyida-buzarliklar to’g’risidagi mufassal ma’lumotlardan, 
shuningdek auditorlik tekshiruvi o’tkazish natijasida olingan boshqa axborotdan 
iborat bo’lgan va xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariga, mulkdorga, katnashchilari 
(aktsiyadorlari)ning umumiy yig’ilishiga yo’llangan hujjat (18-modda). 
Auditorlik hisobotining tarkibi quyidagicha: 
a) 
nomi («Auditorlik hisobot» yoki «Auditorlik tashkilotining hisoboti» 
degan har ikkala nom bir xil ma’noga ega); 
b) 
adresat nomi; 
v) 
kirish qismi; 
g) 
ta’kidlash qismi; 
d) 
yakuniy qism. 
Auditorlik hisoboti moliyaviy hisobotni auditorlik tekshiruvidan o’tkazgan 
auditor (lar) tomonidan betma-bet imzolanishi lozim. Auditorlik hisoboti auditorlik 
tekshiruvining buyurtmachisiga, buyurtmachining barcha zarur rekvizitlari 
ko’rsatilgan holda jo’natiladi. 
Auditorlik hisobotidagi axborotlar maxfiy hisoblanadi va uni oshkor etish 
mumkin emas.
Auditorlik tekshiruvining natijalari asosida tuzilgan hisobotda korxona 
moliya-xo’jalik faoliyati va uning natijalarining umumiy ahvoli, shuningdek, 
buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishnipg holati, tahlil ishlarining 


10 
darajasi hamda korxonadagi hisob-tahlil xodimlarining tavsifi aks ettiriladi. 
Auditorlik 
hisoboti 
ma’lumotlari korxona bozor sharoitlariga qanday 
moslashayotganligi va muvaffaqiyatli rivojlanishi hamda foydasini ko’paytira 
olishga qodirligini yoki aksinchaligini bildirishi lozim. Albatta, tekshirilayotgan 
korxonadagi ahvol bezab ko’rsatilmasdan, auditorga taqdim qilingan axborot 
haqiqiy bo’lgandagina ehtiroslarga berilmagan va real auditorlik hisoboti hamda 
xulosa shakllanadi.
Auditor hisobotda keltirilgan kamchiliklar bo’yicha ularni bartaraf qilishga 
karatilgan o’z takliflarini ham ko’rsatib o’tishi lozim. Lekin tekshirilayotgan 
korxona xodimlariga «yaxshilik» qilish maqsadida auditor shaxsan o’zi dastlabki 
hujjatlar, hisob registrlari va buxgalteriya hisobotlaridagi xatolarni to’g’rilashi 
mutlaqo mumkin emas. 
Auditor aniqlangan xato yoki kamchiliklar to’g’risida korxona rahbariyatiga 
bildiradi va ularni tuzatish bo’yicha aniq tavsiyalar beradi. 
Agar buxgalterlik (moliyaviy) hisobni yuritish, tegishli hisobotlarni tuzish va 
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilish bo’yicha ko’rsatilgan 
kamchiliklar audit o’tkazish chog’ida buyurtmachi korxona tomonidan tuzatilmasa, 
buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning ishonchliligini tasdiqlash mumkin emasligi 
to’g’risida auditorlik tekshiruvining xulosasida yoziladi. 


11 

Yüklə 271,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə