Мавзу: Аудиторлик ҳисоботларини тузиш тартиби


Audit natijalarini umumlashtirish



Yüklə 271,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix19.05.2023
ölçüsü271,07 Kb.
#111503
1   2   3   4   5   6
auditorlik xulosasi va uning tarkibi kurs ishi

1.Audit natijalarini umumlashtirish. 
Auditorlik hisobotini va xulosasini shakllantirish audit rejasi va dasturining 
barcha bo’limlari bo’yicha o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini 
umumlashtirish va baholash jarayonida vujudga keladi. 
Audit natijalarini umumlashtirish ishlari asosan quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
ishchi hujjatlarni sharhlash va yakuniy ishchi hujjatlarni tayyorlash; 
aniqlangan kamchiliklarning jiddiylik darajasini baholash; 
auditorlik dalillarning yetarliligini baholash; 
faoliyat ko’rsatayotgan korxona printsipi bilan bog’liq omillarni baholash; 
buxgalteriya hisobotidagi axborotlarni taqdim qilish va bayon qilish; 
hisobot tuzilganidan so’ng sodir bo’lgan hodisalarni baholash; 
tekshiruv natijalari bo’yicha auditorning mijoz-korxona rahbariyatiga taqdim 
qiladigan yozma axborotini tuzish; 
auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish. 
Auditorlik tekshiruvi o’tkazish chog’ida asosan tekshirilayotgan xo’jalik 
yurituvchi sub’ektning dastlabki hujjatlari, hisob registrlari va hisobotlarida aks 
ettirilgan haqiqiy axborotlar tahlil qilinadi va baholanadi. Faqat ayrim hollardagina 
auditorlar taxmin va hisob-kitoblarga asoslangan moliyaviy axborotlarni 
baholaydilar. 
Ta’kidlash joizki, tekshiruv natijalari va xo’jalyk yurituvchi sub’ekt 
mutaxassislarining hisob-kitoblarini baholashda auditorlar ma’lum darajada 
professional ehtiyotkorlikka rioya qilishlari zarur. 
Auditor quyidagi hollardagi kabi, katta nomuvofiqliklar mavjudligini 
ko’rsatuvchi holatlarni ob’ektiv baholashi zarur: 
xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlariga ma’lum bo’lgan, ammo auditor 
tomonidan ochilmagan xatolarni aniqlash faktlari; 
tekshiruv uchun zarur bo’lgan, auditorga o’z vaqtida taqdim qilinmagan 
dastlabki hujjatlar yoki ma’lumotlarga doir xo’jalyk muomalalari; 
mutaxassislarning hisob-kitoblaridagi nomuvofiqliklar; 



inventarizatsiya natijasida aniqlanib, dalolatnoma va taqqoslash qaydnomalari 
bilan rasmiylashtirilgan, lekin yetarli darajada tahlil qilinmagan va tuzatilmagan 
katta tafovutlar; 
katta tafovutlarning tasdiqlanmaganligi va auditor so’rovlariga kutilgan 
javoblar olinmaganligi; 
tekshiruv uchun tanlab olingan, zarur dastlabki hujjatlar yoki tegishli ruxsat 
etuvchi ko’rsatmalar taqdim qilinmagan xo’jalyk muomalalari. 
Auditor to’plangan dalillar yetarliligini baholashda ushbu holatlar aniqlangan 
bosqichni (rejalashtirish, audit o’tkazish) hisobga olishi kerak. 




Yüklə 271,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə