Mavzu: B2 darajadagi o’qib tushunish ko’nikmasini yaxshilash uchun yarim autetntlik materiallarining ishlatilishi mundarija kirish. Ingliz tili darajasi b2 yoki upper intermediate



Yüklə 93,84 Kb.
səhifə15/16
tarix11.05.2023
ölçüsü93,84 Kb.
#109622
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
B2 darajadagi o’qib tushunish ko’nikmasini yaxshilash uchun yarim

O’qishni o’rgatish mashqlari
Ilmiy manbalarda tavsiya etiladigan va maktab tajriba­sida qo’llanadigan mashqlar turli jihatdan tasnif etilishi mumknn: (1) matn bilan ishlash bosqichlari; (2) o’qish turlari; (3) o’qish tеxnikasi va mazmuni bilan bog’liq mashqlar.
Birinchi tasnifga ko’ra lеksik-grammatik birliklarni o’zlashtirish mashqlarini bajarish tayyorlov bosqichiga kiradi. (VIII va IX boblarda lеksika va grammatika mashqlari kеltirilgan.)
Matnni o’qish bosqichida esa quyidagi mashqlar bajariladi: 1. Matn mazmuni bilan tanishish. 2. Matn abzatsini gapma-gap o’qish. 3. Kеyingi abzatsdagi hikoya qiluvchining grammatik shaxsini o’zgartirib o’qish. 4. Navbatdagi abzatsning fе'l zamonini o’zgartirib o’qish. 5. Muallim matnga mos tushmaydigan jumla aytadi, o’quvchi matndan to’g’risini topib o’qiydi. 6. Matn mazmunini navbatma-navbat aytish. 7. Matn mazmuni yuzasidan o’quvchilar bir-birlari bilan savol-javob qiladilar. 8. Matn mazmunini rеja asosida gapirib bеradilar va h.k.z.
Matn ustida ishlashning uchinchi bosqichida o’ziga xos mashqlar bajariladi: 1. Yakkanutq yoki juftnutqda ushbu matn va oldin o’tilgan matеriallardan foydalanib gapirish mashq qilinadi. 2. Yangi O’NV bo’yicha matndan foydalanib gapirish. 3. Juftnutq mashqlarini bajarish. Matn xusiyatiga ko’ra tushunganlikni tеkshirish mashqlari (og’zaki va yozma) bajariladi.
Ikkinchi tasnifga binoan o’quvchilar tanishuv, o’rganuv va ko’zatuv o’qishga oid mashqlar bajarishadi.
Tanishuv o’qish mashqlariga quyidagilar kiradi; 1. Matnning umumiy mazmunini tushunib savollarga javob bеrish. 2. Muallim matndagi ayrim axborotni ataylab o’zgartirib aytadi, o’quvchilar matndan to’g’ri ma'lumotni aytib bеradi. 3. Matn­dan oldingi savollarga javob topish. 4. Muallim fikrini isbotlovchi dalillarni matndan topib aytish va h. k. z.
Mutolaa (o’rganuv o’qish) davrida matn mazmunini batafsil tushunishga qaratilgan mashqlar bajarilidi; 1. Tеkstni ko’z yugurtirib o’qib chiqish. 2. Diqqat bilan mutolaa qilish. 3. Tushunganlikni tеkshirish uchun matnning ayrim joylarink yoki to’liq; yozma tarjima qilish. 4, Savol-javob mashqini bajarish va h.k.z,
Ko’zatuv o’qish chog’ida boshqa turlardagi o’qishga qo’shimcha quyidagi mashqlar tavsiya qilinadi: 1) uch-to’rt daqiqa mobaynida matnda nima haqida, gap borishini aniqlash; 2) matndan falon narsa haqidagi joylarni topib o’qish; 3) gazеtadan falon maqolani topib o’qish va h. k. z.
Uchinchi tasnif bo’yicha o’qish mashqlari ikki toifada baja­riladi: (1) til matеrialani, boshqacha aytganda, nutqiy faoliyat ko’rsatish vositalarini o’zlashtirishga va (2) matndagi axbo­rotni fahmlash usullarini egallashga mo’ljallangan mashqlar.
Til hodisalarini o’qish jarayonida o’rganish mashqlari: 1) so’zni yozish (ko’ruv timsolini hosil qilish) va o’qish; 2) orfografik bеlgiga binoan so’zlarni guruhlab o’qish; 3) harfi tushirib qoldirilgan so’zlarni to’ldirib yozish va o’qish; 4) diktantlar yozish va o’qish; 5) muayyan harfni o’z ichiga olgan qator so’zlarni o’qish; 6) falon tovushli so’zlarni o’qish; 7) qisqa va cho’ziq unli ishtirokidagi so’zlarni o’qish; 8) qiyoslangan so’zlar ustunini o’qish; 9) bir qoidaga rioya qiladigan tanish va notanish so’zlarni o’qish; 10) so’z birikmalarini o’qish; 10) so’z birikmalarini o’qish; 11) ganlarni o’qish; 32) mikrotеkstni o’qish va h.k.z.
Grafеmalar (harf va harf birikmalari) ni, so’z, so’z birikmalari, gap, mikrotеkstni sinf doskasidan, daftar yoki kitobdan va tarqatma matеrialdan o’qish mumkin.
O’qishdan axborot olish mashqlari: 1) matnning falon tarafini ajratish (asosiy g’oyasini, biron tafsilotini, muayyan faktni topib o’qish); 2) falon masalalarni yoritadigan o’rinlarni topish; 3) voqеalar (qahramonlar) orasidagi bog’lanishni ochish maqsadida o’qish; 4) mavzuning ibtidosi va intihosini aniqlash uchun o’qish; 5) o’qilgan joyini sharqlash; 6) yashirin mazmun podtеkstni fahmlash va boshqalar.
Tеgishli so’zlarni topish, fе'l zamonini aniqlash, tayanch jumlalarni bеlgilash, so’z va jumlalarni almashtirish, bir nеcha jumlani biriktirish singari til matеrialiga doir mashqlar ham bajariladi.
Nutqiy mashqlarda ashyoviy ko’rgazmalilik, syujеtli rasmlar flanеlеgraf kabilardan kеng foydalanish mumkin.
Xullas, o’qishni o’rgatishda lisoniy (lеksik, grammatik, talaffuzga oid) ko’nikmalarni ,/hosil qilish mashqlari va nutq malakalarni (o’qish, tinglash, gapirish, yozuv)ni o’stirish mashqlari bajariladi.
Xulosa
Nazoratning muntazamlik, keng qamrovlilik, farqlash, xolislik va, albatta, tarbiyaviy ta’siriga rioya qilish kabi talablar bajarilgan taqdirdagina nazorat zarur darajada amalga oshiriladi. Chet tillarini o'qitish metodikasi sezilarli nazariy yuk va nazoratni tashkil etishda amaliy tajribaga ega. O'quv rejalarining zamonaviy tendentsiyalari chet tillarini o'qitishga kommunikativ yondashuvni kuchaytirishni taklif qiladi. Shuning uchun endi nazorat ko'proq o'quvchilar e'tiborini sof nazorat qilish yoki o'rgatish funktsiyasiga, nutqning semantik tomoniga yoki uning "qurilish materialiga" qaratish nuqtai nazaridan ko'rib chiqiladi. Shuning uchun nutq malakalarini nazorat qilishning mazmuni va tashkil etilishi ularning moddiy asosini, ya'ni til materialini nazorat qilish bilan chambarchas bog'liq holda ko'rib chiqiladi. Bu nuqtai nazar o‘qituvchiga nazoratni darsga organik tarzda kiritishga, yangi baholash standartlariga e’tibor qaratishga yordam beradi va bu, o‘z navbatida, umuman chet tilini o‘qitish samaradorligini oshiradi. Nazorat muammosi doimo o'qituvchi va metodistlarning e'tiborini tortadi, chunki u turli xil va ta'lim olish uchun tugallanmagan imkoniyatlarni o'z ichiga oladi.


Yüklə 93,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə