Mavzu: Basketbol o'yini texnikasi va taktikasining tasnifi Reja



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə4/4
tarix24.05.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#112675
1   2   3   4
Basketbol o’yinida hujum texnikasi va taktikasi. Reja

To’pni yerga urib yurish.
To’pni bir qo’llab ketma-ket yerga urish to’pni yerga urib yurish deyiladi. Bu usul bir joyda turganda, yurganda va asosan, yugurganda bajariladi. Bu usul to’pni basketbolchining harakat qilishga qo’llaniladigan asosiy usul hisolanadi. To’pni yerdan har xil: yuqoriroq va pastroq, sapchitib turib yurish mumkin. U qo’lni bukib, to’pni bir oz yuqoriga ko’taradi so’ng uni yana maydonga ma’lum burchak bo’yicha keskin itaradi.
To’p pastroq sapchib yerga urib yurilganda oyoqlar ko’proq bukiladi. To’pni tizzadan pastga tez-tez yerga urit yurishga oyoq va qo’llarning har bir ma’lumda ishlashi, chap va o’ng qo’llarni barobar ishlata bilish, harakatni yuqoriga tezlikda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
CHalg’itishlar.
Asosiy maqsadni bajarishdan avval uni berkitib himoyachining diqqatini chalg’itish uchun hujumchi bajaradigan harakatlar chalg’itishlar deb ataladi. Ko’pchilik texnik usulllar yoki ularning qo’shilmas chalg’itish harakati sifatida qullanishi mumkin. CHalg’itishlar qo’llanilayotgan priyomlarga mos sur’atda bajarilishi kerak. Bunda muvozonat saqlanib qolishi shart. CHalg’itish harakatlarini bir marta yoki bir necha marta bajarish mumkin. Ular to’psiz va to’p bilan bir joyda turganda va harakatda bo’lganda bajarilish mumkin. Harakat paytida chalg’atishlarni bajarish qiyinroq hisoblanadi.
Himoya texnikasi.
Jamoaning hamma basketbolchilari himoyada samarali o’ynay olishlari kerak. Buning uchun eng avvalo mavjud himoya texnikasining hamma usulllarini egallash lozim. Himoya texnikasi 2 guruhga: maydonda harakat qilish texnikasi to’pni egallash va qarshi harakat qilish texnikasiga bo’linadi.
To’pni egallash va harakat qilish texnikasi.
To’pni olib qo’yish. Bu usulni bajarish uchun to’p o’zatayotgan basketbolchlarning harakatlarini diqqat bilan kuzatish, to’pning yo’nalish tomonini oldindan aniqlash va to’g’ri pozisiyani tanlash zarur. Himoyadagi basetblchi to’p uzatish vaqtida uni olib qo’yish maqsadida o’zini to’sib turgan hujumchining oldindan to’pga qarshi chiqishi uchun turgan joyidan keskin qo’zg’alishi lozim. Bunda oxirgi qadamning katta qo’yilishi, gavda va qo’llar to’ga qaratilgan bo’lishi kerak.
Adabiyotlar



  1. I.A.Karimov “Xalqimizning yo’li mustaqillik ozodlk va tup islohatlar yo’lidadir”. Toshkent‑O’zbekiston 1996 yil.

  2. I.A.Karimov “Barkamol avlod orzusi” O’zbekiston milliy ensklopediyasi. Davlat ilmiy nashriyoti.Toshkent 2000 yil.

  3. Basketbol. Pod.redaksiya dotsenta N.V. Semashko, M:FIS 1976 yil.

  4. Material sentalnogo gosudarstvennogo arixiva. Uz.

  5. Basketbol. Tuzuvchilar dotsent A.SH. Kosimov, dotsent O.T. Rasulov , X.A. Ismatullayev, Toshkent – O’qituvchi ‑1986 yil

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə