Mavzu: Birja ishining mexanizmining tuzilmasi tarkibiy qismlari hamda meyoriy hujjatlar tadbiqi



Yüklə 277,6 Kb.
səhifə2/3
tarix19.12.2023
ölçüsü277,6 Kb.
#152632
1   2   3
suxrob moliya bozori

Forex haqida tushuncha

FOREX (oʻqil. Foreks, inglizchaforeign exchange market) bozori - banklararo bozor boʻlib, u xalqaro savdo aniq qayd etilgan valuta kurslaridan oʻzgaruvchan kurslarga oʻtganida, 1971-yilda shakllangan. Bunda bir valyutaning boshqa valyutaga nisbatan kursi oddiygina belgilanadi, yaʼni har ikki tomon rozi boʻlgan kurslar nisbati boʻyicha valyuta almashiniladi. Oʻz hajmiga koʻra mazkur bozor boshqa barcha bozorlardan katta hisoblanadi. Masalan, qimmatli qogʻozlar bozorining jahondagi kundalik hajmi qariyb 300 milliardni tashkil etadi. Holbuki, Forex bozorining kunlik hajmi 1-3 trillion dollar deb baholanadi. Forex aksiyalar yoki valyuta fyucherslari kabi aniq savdo qilinadigan joyi yoʻq. Forex bozorida savdo bir yoʻla butun jahondagi yuzlab banklarda telefon va komputer terminallari orqali oʻtadi. Forex bozori kecha-yu kunduz 24 soat mobaynida ishlaydi va valyuta ayirboshlash butun ish haftasi davomida toʻxtamaydi. Amalda soat mintaqalarining har birida (yaʼni, LondonNyu YorkTokyoGonkongSidney va boshqa joylarda) valyutani kotirovkalash istagida boʻlgan dilerlar bor.

Kriptovalyuta virtual pul bo’lib, biz amalda foydalanayotgan pullardan farqli o’laroq, jismoniy ifodaga ega emas. Bunday valyutaning o’lchov birligi “coin” bo’lib, ingliz tilida “tanga” degan ma’noni anglatadi. Raqamli valyuta qalbakilashtirish va takrorlashdan himoyalangan bo’lib, uning miqdori va emissiyasi qat’iy cheklangan, masalan, hozirgi kundagi eng yirik kriptovalyuta hisoblangan Bitcoin (BTC) ning maksimal miqdori 21 millionta coin etib belgilangan (ya’ni, 21 milliondan ortiq BTC hech qachon bo’lmaydi). 

Kriptovalyutalarning asosiy xususiyati markazsizlashtirilganligi bo’lib – har qanday ichki yoki tashqi tomondan administrator tomonidan boshqarilmasligidir. Shuning uchun banklar, soliq, sud va davlat organlari kriptoaktivlar foydalanuvchilarining tranzaksiyalariga ta’sir qila olmaydi. Kriptovalyuta hamyonlari va tranzaksiyalari bilan bog’liq barcha ma’lumotlar blokcheynda saqlanadi. Kriptovalyutalar o’tkazmasi qaytarib bo’lmaydigan jarayon bo’lib, hech kim tranzaksiyani bekor qila olmaydi, bloklay olmaydi, e’tiroz bildira olmaydi yoki (maxfiy kalitsiz) majburiy ravishda tranzaksiyani amalga oshira olmaydi. Biroq, tranzaksiya ishtirokchilari ixtiyoriy ravishda o’zlarining kriptovalyutalarini garov sifatida vaqtincha o’zaro blokirovka qilishlari yoki bitimni yakunlash/bekor qilish uchun barcha (yoki o’zboshimchalik bilan qo’shimcha) tomonlarning roziligini talab qilishini aniqlashlari mumkin. Bunday imkoniyatlar aqlli (smart) kontraktlarda mavjud va ma’lum toifadagi blokcheyn platformalardagina amalga oshiriladi.


Yüklə 277,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə