Mavzu: birlamchi va ikkilamchi axborot manbalarini tanqidiy tahlil qilish



Yüklə 121,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix27.12.2023
ölçüsü121,1 Kb.
#163559
1   2   3   4   5   6   7
1-amaliy mashg\'ulot

Yozish uslubi va funktsionalligi
Analitik bilan tanishgan asarni o’qish oson bo’lishi kerak va barcha fikrlar
mantiqiy ravishda taqdim etilishi kerak. Shuningdek, material bosma yoki
elektron shaklda bo’lishidan qat’i nazar, xatolar mavjudligiga e’tibor
qaratish lozim. Ushbu materialda harakatlanish qanchalik osonligini ko’rib
chiqish mumkin.
Umuman axborot tushunchasi mahsulotlar yig’indisi bo’lib to’plash, saqlash,
qayta ishlash va yetkazib berish obyekti sifatida xizmat qiladi. Iqtisodiy
axborotlar asosini esa istemolchilar talabi to’g’risida ma’lumotlar tashkil etadi.
Ular xaridorlar talabi hajmi, rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlarini,
talabning o’zgarishisabablari, hamma tovar assortimentlari hamda region


bo’yicha shakllanish xususiyatlarini tasvirlaydi. 
Iqtisodiy axborotlar birlamchi
va ikkilamchi bo’ladi
.
Birlamchi axborotlar
aniq masalani yechish maqsadida yangidan to’planadi.
Ikkilamchi axborotlar
esa mazkur muammoni yechishga to’g’ridan -to’g’ri
bog’liq bo’lmagan va oldindan yigilgan axborotlardir. Ammo marketing axborot
tizimida biror aniq bozorga kirish muammosi belgilanmaguncha ikkilamchi
axborotlar o’rganilmaydi. Shu bilan birga ikkilamchi axborotlar to’la
o’rganilmaguncha birlamchi axborotlar o’rganilmaydi. Undan tashqari birlamchi
axborotlarni yig’ish ikkilamchi ma’lumotlar yetishmay qolganligi uchun zarur
bo’ladi. Nima uchun axborotlarni to’plash kerak? Chunki korxona faqat axborot
to’plash orqali bozorda quyidagilarga erishadi:
- Aniq ustivorlikka erishadi;
- Moliyaviy xavfsizlikni ta’minlaydi va mavqyeyi tushib ketishini oldini oladi;
- Iste’molchilar munosabatini belgilaydi
- Strategiyani boshqaradi;
- Faoliyatni baholaydi;
- Reklamaga ishonchni oshiradi;
- Qarorlarni asoslaydi;
- Kelajakka ishonch hosil qiladi;
- Samaradorlikni yaxshilaydi.
Marketing tadqiqotlarini muvaffaqiyatli olib borish uchun birlamchi va
ikkilamchi marketing axborotlarining optimal mosligi talab qilinadi. Marketolog
tadqiqotchi X.Meffert axborot manbalarini tanlash matritsasini taklif etdi. Bu
matritsada ichki va tashqi axborotlarni tadqiqot obyektiga qarab qo‘llanish
chastotasi berilgan va ular ikki turga bo‘linadi:
- birlamchi axborotlar;
- ikkilamchi axborotlar.
Iqtisodiy amaliyotda qo‘llaniladigan marketing axboroti quyidagi mezonlar
bo‘yicha tasniflanishi mumkin:

Yüklə 121,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə