Kuzatuv
– tanlab olingan insonlar guruhi hatti-harakatini turli
vaziyatlarda ularning amallarini yozib borish orqali birlamchi axborotlarni
yig‘ish
hisoblanadi, masalan xaridorlarning do‘kondagi xatti-harakatlari.
Kuzatuv usuli ham ko‘pincha boshqa marketing usullari kabi qo‘llaniladi.
Kuzatuv o‘rganilayotgan obyektni ochiq yoki yopiq tarzda kuzatish,
o‘rganishdan iborat. Masalan, xaridorni sotib olish xulq – atvorini kuzatish,
sotuvchini sotish jarayonini, iste’molchini tovarga jalb qilish jarayonini kuzatish
va shu kabilar kuzatuv obyekti bo‘lishi mumkin.
Dala kuzatuvlari va laboratoriya kuzatuvlari ham o‘tkaziladi.
Sotsiologiya va
psixologiyada o‘tkaziladigan kuzatuv usullari marketing tadqiqotlarida ham
qo‘llaniladi. Masalan, talabalar guruhida kompyuterga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash
maqsadida kuzatuv o‘tkazish kompyuter ishlab chiqaruvchi firma uchun qanday
kompyuterlarni, qanday narxlarda, qanday dasturlar
asosida ishlab chiqarishga
asos bo‘ladi. Kuzatuv predmeti bo‘lib individiumlarning xususiyatlari va xatti-
harakatlari (xaridor, o‘quvchi, sotuvchi), jarayonlar (xaridorlar oqimini
o‘rganish, turli asbob-uskunalarning qo‘llanilishini kuzatish) hisoblanadi.
Kuzatuv quyidagi jarayonlarda qo‘llaniladi:
- Tovar sotib olishda xaridorning xulq- atvori.
- O‘zaro muloqotdagi lahzali vaziyatlar.
- Psixologik holatlarning fiziologik o‘lchovlari.
- O‘quvchining xatti-harakati.
- Xaridorning xatti- harakati.
- Qoniqish samarasi.
Tekshiruv
– odamlardan
ularning bilim darajasiga, mahsulotga bo‘lgan
munosabati, nimani ko‘proq afzal ko‘rishi va xaridorlik xattiharakatlariga
asoslanib to‘g‘ridan to‘g‘ri so‘rov yo‘li bilan birlamchi axborot yig‘ish. Tajriba
bir yoki bir necha omilning o‘zgarishini kuzatish va o‘lchash, qolganlarini esa
o‘zgarishsiz qoldirish imkonini beradi (masalan, yangi o‘ram
tovarni sotish
hajmini oshirish imkonini beradi).
Imitatsiya
turli marketing omillarini haqiqiy real sharoitda emas, balki
qog‘ozda yoki EHM xotirasida shakllantirish va baho berish imkonini beruvchi
iqtisodiy-matematik modellar tuzish va undan foydalanishni ko‘zda tutadi.
Dostları ilə paylaş: