Mavzu: Blokcheyn texnalogiyalarining iqtisodiyotda tutgan o’rni va ahamiyati



Yüklə 12,26 Kb.
səhifə1/4
tarix23.12.2023
ölçüsü12,26 Kb.
#157258
  1   2   3   4
MUXAMMADIYEVA OZODA

Mavzu: Blokcheyn texnalogiyalarining iqtisodiyotda tutgan o’rni va ahamiyati

Reja: QQSni undirish tizimidagi muammolar Yevropa ittifoqi blokcheyn texnologiyasini QQSda joriy etishga qanday qaraydi? Soliq tizimiga, jumladan, QQS ma’murchiligiga blokcheyn texnologiyasini joriy etish qo‘yidagi afzalliklarga ega.


Iqtisod fanlari doktori Islombek Niyazmetov hamda Blokcheyn texnologiyasini o‘rganish va tahlil qilish byurosi mutaxassisi Jalil Baykalonov blokcheyn texnologiyasining elektron hukumat faoliyati samaradorligini oshirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va eng muhimi xufyona iqtisodiyotni qisqartirishdagi ahamiyati haqida gapirdilar.
2020 yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentga 2021 yil uchun Murojaatnomasida global inqiroz sharoitida iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlash Prezidentdan boshlab barcha darajadagi rahbarlarning bosh vazifasi bo‘lmog‘i darkorligi ta’kidlandi. Mamlakatimizda so‘ngi yillarda soliq tizimi tubdan islohot qilinmoqda. Bu borada sohada amalga oshirilayotgan raqamlashtirish jarayonlari yaxshi natija bermoqda.
Soliq tizimini raqamlashtirish birinchi navbatda soliq to‘lovchilarning ehtiyoj va imkoniyatlariga qaratilgan bo‘lishi lozim. Mexanizm qanchalik qulay va sodda bo‘lsa, fuqarolarga davlat oldidagi barcha soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish shunchalik oson bo‘ladi. Bugungi kunda jahonda keng tarqalib borayotgan blokcheyn texnologiyasini soliq ma’murchiligi, jumladan, qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) mexanizmiga joriy etish soliq nazorati tizimini soddalashtirish, buxgalteriya hisobi, to‘lovlar va aktivlarni o‘tkazish hamda hisobga olish jarayonini avtomatlashtirishda katta imkoniyatlarni yaratadi. Mazkur texnologiyadan nafaqat taraqqiy etgan mamlakatlarda, balki rivojlanayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham ko‘plab sohalarda (iqtisodiyot, moliya, davlat kadastri va kartografiya, pul o‘tkazmalari, sog‘liqni saqlash va h.k.) foydalanish imkoniyatlari o‘rganilmoqda.

Yüklə 12,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə