Mavzu: Blokcheyn texnalogiyalarining iqtisodiyotda tutgan o’rni va ahamiyati


Soliq tizimiga, jumladan, QQS ma’murchiligiga blokcheyn texnologiyasini joriy etish qo‘yidagi afzalliklarga ega



Yüklə 12,26 Kb.
səhifə3/4
tarix23.12.2023
ölçüsü12,26 Kb.
#157258
1   2   3   4
MUXAMMADIYEVA OZODA

Soliq tizimiga, jumladan, QQS ma’murchiligiga blokcheyn texnologiyasini joriy etish qo‘yidagi afzalliklarga ega:
- QQS mexanizmining bexato ishlashini ta’minlash. “Aqlli shartnoma”larga (smart contract) asoslangan bitimlar shaffof bo‘lib, QQS tizimida firibgarlik va xatoliklar xavfini kamaytiradi.
- Soliq ma’murchiligi samaradorligini oshirish. QQS manfiy tafovuti summalarini qaytarish jarayonini maksimal darajada soddalashtirish, soliq organlari yukini kamaytirish, vaqt va hisob-kitob sarfini tejash imkonini beradi.
- Eng kichik soliq operatsiyalarini ham kuzatib borish (tovarning ishlab chiqaruvchidan to iste’molchiga yetib borguncha bo‘lgan bosqichlarida QQS monitoringi).
- Real vaqt rejimida hech qanday o‘zgartirishlarsiz yozuvlarni saqlash.
Blokcheyn texnologiyasi soliq tizimida shubhasiz yangi imkoniyatlarni yuzaga keltiradi. Biroq, har qanday mukammal narsaning ham o‘ziga yarasha kamchiliklari bo‘lgani singari blokcheyn texnologiyalarining ham ba’zi kamchiliklari mavjudligini ta’kidlash joiz. Jumladan, ushbu texnologiya asosida to‘planadigan ma’lumotlarning vaqt o‘tishi bilan yirik hajmlarda ko‘payib borishi ularni tarmoqda saqlash muammolarini keltirib chiqaradi. Shuningdek, blokcheyn nisbatan yangi texnologiya bo‘lganligi sababli unga dasturlar ishlab chiqadigan va tegishli infratuzilmani boshqarishga qodir mutaxassislarning kamligi ham muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i mexanizmida blokcheyn texnologiyasini qo‘llayotgan mamlakatlar
Xorijiy mamlakatlar amaliyotida blokcheyn texnologiyalari davlat boshqaruvini raqamlashtirishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Xususan, xorijiy tajribalarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bugungi kunda ko‘plab davlatlar soliq tizimida blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tajriba-sinov amaliyoti o‘tkazib kelinmoqda.
Soliq tizimida blokcheyn texnologiyasini qo‘llash bo‘yicha Yevropa davlatlari orasida Finlandiya va Estoniya yetakchilardandir. Jumladan, Estoniya hukumati bir necha yillardan beri soliq tizimida blokcheyn texnologiyasini qo‘llash bo‘yicha tajribalar o‘tkazib kelmoqda. Xususan, Estoniyaning “Guardtime” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Keyless Signature Infrastructure” (Kalitsiz imzo infratuzilmasi) deb nomlanuvchi ma’lumotlar bazasi o‘ziga blokcheyn texnologiyasini integratsiyalashtirgan texnologiya hisoblanadi.
Bu texnologiya soliq to‘lovchilarga o‘z shaxsiy kabinetlariga kirish, soliqqa oid tafsilotlarni bilish, ularni o‘zgartirish, internet orqali onlayn tarzda soliqlarni to‘lash, ortiqcha to‘langan QQS summalarini qisqa vaqt ichida qaytarib olish imkoniyatini beradi. Coliq organlariga esa soliqlarning o‘z vaqtida to‘lanishini onlayn nazorat qilish, soliq tizimi shaffofligini ta’minlash va soliq operatsiyalarini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyatini beradi. Bugungi kunga kelib, Estoniyaliklarning 98 foizi o‘z daromadlarini soliq organlariga onlayn tarzda deklaratsiya qilishmoqda. Bu soliq to‘lovchilarga qulay imkoniyat bo‘lib, unda soliq to‘lovchilar deklaratsiya taqdim etish uchun besh daqiqadan kam vaqt sarflashadi.
Osiyo davlatlari ichida Xitoy va Tailand blokcheyn texnologiyasini o‘z soliq tizimida muvaffaqiyatli qo‘llayotgan davlatlardan hisoblanadi. Jumladan, Xitoyning Shenchjen shahri ma’muriyati birinchilardan bo‘lib blokcheyn texnologiyasiga asoslangan hisob-fakturalarni soliq amaliyotiga tatbiq etgan. Shenchjen okrugi ma’muriyati esa blokcheyn texnologiyasi orqali soliq tizimida to‘liq tartib o‘rnatishga va bu orqali soliqlar tushumini sezilarli darajada oshirishga harakat qilmoqda
Tailand blokcheyn texnologiyasi asosida sayyohlarga ular to‘lagan QQS summalarini qaytarib beradigan mobil ilovani dunyoda birinchi bo‘lib ishga tushirdi. Tailand soliq ma’muriyatining ta’kidlashicha, bu samarali tizim sayyohlarga qulaylik yaratibgina qolmasdan, QQSni qaytarish jarayonini ham tezlashtiradi. Eng asosiysi, bu texnologiya davlat xarajatlarini kamaytirish va turizmni rivojlantirish uchun muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
MDH davlatlari orasida Qozog‘iston Respublikasi blokcheyn texnologiyasini QQS mexanizmida qo‘llash bo‘yicha loyihalarni boshlagan. Unga ko‘ra real vaqt rejimida QQSning moliyaviy oqimlarini kuzatib borish, soliq to‘lovchilarning soliq majburiyatlari shaffof bajarilishini ta’minlash hamda QQS manfiy tafovutini qoplash muddatini 55 kundan 15 ish kunigacha qisqartirish ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, QQS ma’murchiligida blokcheyn texnologiyasidan foydalanish orqali 2025 yilga kelib davlat byudjetiga qo‘shimcha 1,5 trln tenge daromad keltirish prognoz qilinmoqda.

Yüklə 12,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə