Mavzu: Bog`dorchilikda inovatsion texnologiyalar va ularning samaradorligi



Yüklə 31,31 Kb.
səhifə1/2
tarix04.05.2023
ölçüsü31,31 Kb.
#108484
  1   2
Bog’dorchilik. Mashinasozlik sanoati


Mavzu: Bog`dorchilikda inovatsion texnologiyalar va ularning samaradorligi

Reja :


  1. Bog’dorchilik.

  2. Mashinasozlik sanoati.

  3. Qishloq xo’jaligi mashinalarini konstruksiyalash.


Bog’dorchilik, mevachilik — 1) qishloq xo’jaligi ning meva, uzum va rezavor mevalarni yetishtiradigan muhim sohasi. Aholining meva va meva mahsulotlariga, sanoatning meva xom ashyosiga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Sof B. (olma, nok, orik, gilos va boshqa yetishtirish) va ko’chatchilik (kochatzorlarda mevali daraxtlar kochatlari yetishtirish) tarmoqlariga bolinadi. Jahon bog’dorchiligida 200 dan ortiq meva, rezavor meva, yongoq meva turlari ekiladi, ulardan 100 meva turi sanoat ahamiyatiga ega. Olma, zaytun, finikiya pal’masi, banan, mango, tok eng kop ekiladigan meva turlariga kiradi. B. Xitoy, AQSH, Hindiston, Argentina, Braziliya, Yaponiya, Ispaniya, Fransiya, Italiyada rivojlangan. O’rta Osiyodagi B. haqida dastlabki ma’lumotlar miloddan avvalgi 1-ming yillikning o’rtalariga oid yunon, xitoy, rim manbalarida uchraydi. O’rta Osiyo ko’pgina meva turlarining vatani hisoblanadi. Asrlar davomida xalq seleksiyasi asosida o’rik, olma, nok, yong’oq, bodom, anor, tok va boshqalarning juda serhosil navlari yaratilgan. Ularning ko’plari sifat jihatidan dunyo kolleksiyasida o’zining takrorlanmas o’rniga ega. 20-asr boshlarida hozirgi O’zbekiston hududida taxminan 50 ming ga bog’, jumladan 22 ming ga mevazor, 37 ming ga tokzor bo’lgan. Bog’larning asosiy maydonlari Fargona vodiysi (24%), Toshkent vohasi (36%) va Zarafshon vodiysi (tokzorlarning 50%) ga to’g’ri kelar edi. Bog’larda danakli mevalar 70% ni (asosan o’rik), urug’li mevalar (olma, nok, behi) 25% maydonni egallagan edi. Shahar va qishloqlar atroflarida alohida mevazorlarda aholining bog’lari va chorbog’lari (mevazor, tokzor, poliz va sayilbog’)da mevalar, tok, turli gullarning mahalliy navlari ekib kelingan. Yetishtirilgan mevalar yangiligida iste’mol etilgan, lekin qoqi va mayiz solish asosiy o’rinda turgan. 20 yillarning 2-yarmidan ixtisoslashtirilgan mevachilik va tokchilik xo’jaliklari barpo etila boshladi, tog’ va tog’ etaklari zonalarida joylashgan jamoa xo’jaliklarida ham bu tarmoqqa katta e’tibor berildi. Mevalarning nav tarkibini yaxshilash maqsadlarida olma, nok, uzum va boshqa ning Yevropa mamlakatlarida yetishtirilgan navlari keltirib ekildi. 50- yillar oxiri — 60- yillarda 2500—3000 ga bog’ va tokzorlarga ega bo’lgan agrokombinatlar tashkil etildi.
Respublikada meva va rezavor mevaning 20 turi ekiladi. Urug’li meva daraxtlari (olma, nok, behi va boshqalar), danakli meva daraxtlari (o’rik, shaftoli, olxo’ri, gilos, olcha, oluvoli va boshqalar), subtropik o’simliklar (anor, anjir), yong’oq mevalilar (yong’oq, pista, bodom), rezavor mevalilar (qulupnay, malina, smorodina, chakanda) asosiy o’rinni egallaydi. Olma, nok va tokning yozgi, kuzgi va kishki navlari muhim xo’jalik ahamiyatiga ega. Tokchilik qadimdan Toshkent, Samarqand viloyatlari, Farg’ona vodiysida taraqqiy etgan, xo’raki, mayizbop va konserva mahsulotlari (shinni, murabbo, sharbatlar) hamda vinochilik yo’nalishlariga ega. O’zbekistonda meva qoqilari va mayizning noyob xillari tayyorlanadi. Respublikaga tropik va subtropik mintaqalardan olib kelingan limon, apelsin, mandarin, unobi, sharq xurmosi, pekan kabi mevalar tobora ko’proq maydonlarda ekilmoqda. Andijon, Namangan, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida ko’pgina xo’jaliklarda issiqxona limonzorlari barpo qilingan. Respublika bo’yicha bunday issiqxonalar maydoni 427 ga dan ko’proq (2001). 90- yillardan boshlab paxta maydonlari qisqartirilishi munosabati bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi; Xorazm, Buxoro, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida ko’plab bog’ va tokzorlar tashkil etildi. Respublikada 100 dan ortiq ixtisoslashtirilgan B. xo’jaliklari bor. Respublikada bog’larning umumiy maydoni 320 ming ga ga yetdi (meva bog’lari 199 ming ga, tokzorlar 120 ming ga), yalpi meva va uzum hosili 833 ming t dan oshdi (1999). Mevaning har bir viloyat, tumanning tuproq va iklim sharoitiga moslashtirilgan, r-nlashtirilgan navlari ekiladi. 2) B. fan sifatida mevali daraxtlarning tuzilishi, o’sishi, rivojlanishi, ko’payishi hamda hosil berish qonuniyatlarini, shuningdek ularning tashqi muhit bilan aloqadorligini o’rganadi, turli tabiiy muhitda o’sib, yaxshi hosil berishini ta’minlash uchun ilg’or agrotexnika usullarini ishlab chiqadi. B. biol., tuproqning fizik va kimyoviy xususiyatlari, o’simliklar fiziologiyasi, agrokimyo hamda umumiy dehqonchilik bilan bevosita aloqador bo’lib, B. agrotexnikasining barcha usullari shu fanlarga asoslanadi. O’zbekistonda B.ni rivojlantirishda akad. R. R. Shreder nomidagi Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik instituti va O’zbekiston O’simlikshunoslik institutitsht xizmati katta. Keyingi yillarda meva, rezavorlar va tokning 200 dan ortiq serhosil navlari yaratildi, boshqa mamlakatlardan keltirib ik,limlashtirildi va ekishga tavsiya etildi.
Respublikadako’chatchilik ishlari ham ilmiy asosga qo’yilgan va markazlashtirilgan. R. R. Shreder nomidagi "Mevasharbat" korporatsiya va uning viloyatlardagi filial va xo’jaliklarida xo’jaliklar va bog’bon, sohibkorlarga sotish uchun har yili 10—12 mln. dona turli meva daraxtlari va tok ko’chatlari yetishtiriladi
Xalq xo’jaligi uchun mehnat qurollari, shuningdek, iste’mol buyumlari va mudofaa ahamiyatiga ega bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi og’ir sanoat sohalari majmui. Mashinasozlik sanoati butun xalqxo’jaligini texnika bilan ta’minlashda moddiy asos hisoblanadi, ijtimoiy mehnat unumdorligi, texnika progressi, xalqning moddiy farovonligi va mamlakatning mudofaa quvvati Mashinasozlik sanoatining taraqqiyot darajasiga bog’liq. Mashinasozlik sanoatining asosiy vazifasi xalq xo’jaligining hamma sohalarini yuqori unum bilan ishlaydigan mashina va asbob-uskunalar bilan ta’minlashdir. Bu soha o’z navbatida, mashinasozlik va metallga ishlov berish, metall buyumlar, metall konstruksiyalar ishlab chiqarish hamda mashina va asbob-uskunalarni tuzatish tarmoqlarining tarkibiy qismini tashkil etadi. Mashinasozlik sanoatiga energetika mashinasozligi, elektrotexnika, stanoksozlik va as-bobsozlik, traktorsozlik va q. h. mashinasozligi kabi yirik tarmoqlar.
, dastlab 19-asrda Buyuk Britaniyada, G’arbiy Yevropaning ba’zi mamlakatlarida, keyinchalik AQShda tez rivojlana boshladi. Rossiyada 1mashinasozlik zavodi 18-asrda qurilgan.
O’zbekistonda vujudga kelgan. Bu davrda metallga ishlov berish sanoati, asosan, 14 ta kichik tuzatish ustaxonalaridan iborat edi. Ularda, asosan, temir yo’l, paxta tozalash va yog’ zavodlarini ta’mirlash ishlari bajarilardi. Yalpi sanoat mahsuloti umumiy hajmida og’ir sanoat va metallga ishlov berish tarmog’ining hissasi 1,3% ni tashkil etgan. 1920-yillardan qishloq xo’jaligi, sanoat va transportning rivojlantirish zaruriyatidan mavjud ta’mirlash korxonalari kengaytirildi, yangilari kurila boshladi. 1927 yil noyabr da Toshkentda "Boshpaxtasanoat"ning mexanika zavodi ishga tushirildi. 1931 yil da bu zavod negizida taxta tozalash zavodlari uchun asbobuskunalar ishlab chiqarish va q.h. texnikasi ta’miri bilan shug’ullanadigan "Qishloqmash" (hozirgi "Toshkent qishloq xo’jaligi mashinasozligi zavodi" ak-siyadorlik jamiyati) tashkil etildi. Zavodda chigit seyalkalari, borona va kultivatorlar tayyorlash yo’lga qo’yildi.
1941—45 yillardagi o’rush davrida res-publikada 16 mashinasozlik zavodi ishga tushirildi. Sanoatning tarmoq tarkibi o’zgardi. Urush davrida ishga tushirilgan mashinasozlik korxonalari front ehtiyojlari uchun qurolyarog’, o’qdori va boshqa mahsulotlar ishlab chiqardi. 1945 yildan keyin paxtachilik va irrigatsiya qurilishi mashinalari ishlab chiqarish tiklandi, to’qimachilik, kimyo va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlari uchun yangi jihozlar ishlab chiqarish boshlandi. Paxta terish mashinalari, ekskavatorlar, ko’prik elektr kranlari, yigirish mashinalari ishlab chiqarish o’zlashtirildi, korxonalarning ixtisoslashuvi va koopera-siyasi rivojlandi.
Respublikada Mashinasozlik sanoati 15 tarmoqqa mansub 100 dan ortiq yirik korxonalardan iborat. Ularning orasida traktorsozlik va q. h. mashinasozligi, to’qimachilik mashinasozligi, paxta tozalash mashinasozligi, elektrotexnika sano-atining salmog’i katta. Ayni paytda respublika iqtisodiyoti uchun yangi bo’lgan avtomobilsozlik, radioelektronika kabi sanoat tarmoqlari barpo etilmoqda.
Avtomobilsozlik. Avtomobillar, avtomobil dvigatellari, avtomobillarga ehtiyot qismlar, turli ji-hozlar va boshqa asboblar ishlab chiqarish O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin shakllana boshladi. 1990-yillarga qadar respublikada avtomobilsozlik sanoati yo’q edi. O’zbekistondagi bir necha avtomobil tuzatish zavodlari (Toshkent avtotuzatish zavodi 1939 yilda ishga tushirilgan), yengil mashinalarga xizmat ko’rsatadigan "O’zavtotexxizmat", "O’zavtoVAZxizmat" ishlab chiqarish birlashmalari korxonalar, tashkilotlar va aholining avtomobillariga texnika xizmati ko’rsatib kelgan. Avtomobilsozlik sanoati sohasida ishlab turgan va yangi qurilayotgan zavodlar negizida avtomobil in-dustriyasini barpo etish, yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar, trolley-buslar hamda ularga ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, servis xizmatini yo’lga qo’yish, respublika xalq xo’jaligining avtotransport texnikasiga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish, avtomobil sanoatining raqobatbardosh mahsulotlar bilan jahon bozoriga chiqish vazifalari hal etilmoqda (qarang Avtomobil sanoati).
. Respublika mashinasozligida ishlab chiqariladigan jami mahsulotning qariyb 20% shu tarmoq hissasiga to’g’ri keladi. 90- yil boshigacha tarmoqning ko’pgina mahsulotlari sobiq Ittifoq ahamiyatiga ega bo’lgan. MDH mamlakatlari bo’yicha paxta terish mashinalari, chigit seyalkalari, paxtachilikka moslashtirilgan chopiq traktorlari, traktor tirkamalarining asosiy kismi O’zbekistonda ishlab chiqariladi. 30-yillar boshida paxtachilikda ishlatiladigan ekish va tuproqqa ishlov berish mashinalari, paxta tozalash zavodlari uchun texnologik va boshqa jihozlar O’rta Osiyoda yagona "Boshpaxtasanoat"ning mexanika zavodida tayyorlangan. 90-yilga kelib traktorsozlik va q. h. mashinasozligi tarmog’ida 20 dan ortiq zavod, birlashma va tashkilotlar faoliyat ko’rsatdi. Bu tarmoqda paxtachilik traktorlari, dvigatellar, traktor tirkamalari, paxtachilik texnikasi kompleksi, bog’dorchilik va tokchilik mashinalari, q. h. mashinalari reduktorlari, chorvachilik, ozuka tayyorlaydigan mashinalar, ehtiyot qismlar va h. k. ishlab chikariladi. 20-asrning 90-yillar boshida quvvati 30 ot kuchi bo’lgan TTZ - 30 traktori va unga moslangan q. h. mashinalari va qurollari majmui yaratildi. Traktorsozlikning yirik korxonalari — "Toshkent traktor zavodi" davlat-aksiyadorlik jamiyati va "O’zKeystraktor" qo’shma korxonasida TTZ-30, MT-30, TTZ-100K.10, TTZ-100K.11, SX-100 ("Keys"), SXR-100 va boshqa paxtachilik, universal traktorlari, traktor tirkamalari, yuklagichlar, metall quymalar, shtampovkalar ishlab chiqaradi. Qishloq xo’jaligi mashinasozligi tarmog’idagi yirik korxonalardan biri "Uzqishloqmash" aksiyadorlik jamiyati chigit se-yalkalari, ko’sak chuvish mashinalari, rotorli o’rim mashinalari, TTZ-30 va boshqa traktorlarga tirkab va osib ishlatiladigan mashinalar, kartoshka ekkichlar, "Kimyoqishloqmash" aksiyadorlik jamiyati qishloq xo’jaligida ishlatiladigan tirkamali purkagichlar ishlab chiqariladi. Paxtachilikni kompleks mexanizatsiyalash uchun mashina va mexanizmlar, g’o’za kultivatorlari, chizelkultivatorlar, o’g’it solgichlar, ariq qazgichtekislagichlar, ko’sak terish mashinalari, pluglar, chorvachilik uchun turli mashinalar va boshqa mahsulotlar "Chirchiqqishloqmash" aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqariladi. 1959 yildan "Toshqishloqmash" aksiyadorlik jamiyati paxta terish mashinalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashdi (dastlabki paxta terish mashinasi 1949 yil tayyorlangan). Hozirgi davrda korxonada yangi, gorizontal shpindelli XMG-04 va XMG-12 o’rnatiluvchi paxta terish mashinalari, "O’zKeysmash" qo’shma korxonasida "2022 Kotton Ekspress" ikki qatorli, gorizontal shpindelli o’ziyurar paxta terish mashinalari ishlab chiqariladi. Bog’dorchilik, tokchilik va polizchilikda foydalaniladigan mashina va moslamalar "Bog’dorchilik mashinasozligi zavodi" aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqariladi. 3-d 1969 yil ixtisoslashtirilgan konstruktorlik byurosi tarzida tashkil etilgan, keyinchalik Toshkent tajriba eksprimental zavodi bilan "O’rtaOsiyoqishloqmash" birlashmasiga aylantirilgan. "Urganchozuqamash" aksiyadorlik jamiyati (1987) osma traktor urok, mashinalari, traktor xaskashlari, sholi o’rish mashinalari, Buxoro ixtisoslashtirilgan tajriba zavodi chorvachilik jmhozlari, g’o’zapoya yulgichlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Respublikada umumiy mashinasozlik, to’qimachilik sanoati, paxta tozalash sanoati mashinasozligi, asbobsozlik sanoati mashinasozligi va boshqa sanoat korxonalari 1994 yilda tashkil etilgan O’zbekiston mashinasozligi sanoati uyushmasi ("O’zmashsanoat"), qishloq xo’jaligi mashinalari va traktorsozlik korxonalari "O’zqishloqxo’jalikmashxolding" kompaniyasi, avtomobilsozlik sanoati va unga texnika xizmati ko’rsatish korxonalari O’zbekiston avtomobilsozlik korxonalari uyushmasi ("O’zavtosanoat"), elektrotexnika, radiotexnika sanoati korxonalari O’zbekiston radioelektronika, elektrotexnika sanoati korxonalari uyushmasi.


Yüklə 31,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə