Mavzu: Bolalarda deviant xulqning namoyon bo’lish shakllari



Yüklə 116,98 Kb.
səhifə2/6
tarix29.11.2023
ölçüsü116,98 Kb.
#140068
1   2   3   4   5   6
Bolalarda deviant xulqning namoyon bo’lish shakllari-fayllar.org

Deviant xulq-atvor


  • Deviant xulq-atvor — jamiyatda o‘rnatilgan axloq me’yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo‘lib, yolg‘onchilik, dangasalik, o‘g‘rilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o‘z joniga qasd qilish va boshqa ko‘plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi. deviant xulq-atvorning nisbatan kengroq tarqalgan ko‘rinishlaridan hisoblanadi:a) jinoyatchilik. Muayyan davlatda o‘rnatilgan qonun va me’yorlarga nisbatan ayrim shaxslarning salbiy munosabati jinoiy faoliyat, mazkur shaxs esa jinoyatchi hisoblanadi.

Deviant xulq-atvor muammolari


  • Deviant xulq-atvor muammolarini tahlil qilishda R.Merton ishlab chikkan ta’limot sotsiologiyada yetakchi o‘rin tutadi. EDyurkgeymning anomiya g‘oyasini rivojlantirib, Merton deviant xulq-atvorga quyidagicha ta’rif beradi: «Deviant xulq-atvor jamiyatda e’lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvor motivlari hamda mavjud imkoniyatlarining bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir». Shaxslarda yuz beruvchi deviant holatlarning paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan uchta omilni ko‘rsatish mumkin. Bular shaxs xususiyatlari, muammoli holat va ijtimoiy nazorat institutlari. Aynan mana shu omillar shaxsning qanday faoliyat yuritishini belgilab beradi.

Deviant xulq-atvorni o‘rganish


  • Deviant xulq-atvorni o‘rganishda muammoli vaziyat muhim ahamiyat kasb etadi. Muammoli vaziyat shunday holatki, u sub’ektdan yechimini talab qiladi, uning yechimi ijtimoiy me’yorlarda ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, u yoki bu sabablarga ko‘ra, ushbu me’yorlarni qo‘llash qiyinroq bo‘ladi. Eng katta muammoli vaziyat ziddiyatli holatlarda, ya’ni turli shaxslar yoki guruhlarning manfaatlari bir-birlariga to‘qnash kelganda yuz beradi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, o‘z joniga qasd qilishlarning 40%i oilaviy ziddiyatlar oqibatida sodir etiladi.

Yüklə 116,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə