Mavzu: bolalarda ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ta'limiy texnologiyalardan foydalanish kirish I bob. Ertak personajlarning bolalar ilmiy dunyoqarashini oshirishdagi ahamiyati


II BOB . BOLALARDA SYUJETLI-ROLLI O‘YINLARNI SHAKLLANTIRISHDA TA'LIMIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH



Yüklə 80,29 Kb.
səhifə4/7
tarix19.12.2023
ölçüsü80,29 Kb.
#152490
1   2   3   4   5   6   7
BOLALARDA ILMIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA TA\'LIMIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

II BOB . BOLALARDA SYUJETLI-ROLLI O‘YINLARNI SHAKLLANTIRISHDA TA'LIMIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH.
Kichik bolalarda syujetli-rolli o‘yinlarni shakllantirish vositalari .
Syujetli-rolli o‘yin – maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyatidir. Rolli o‘yin mazkur yosh davridagi bolalarning yeng muhim faoliyati bo‘lib, ular bunday o‘yinda guyo katta yoshdagi odamlarning barcha vazifalari va ishlarini amalda bevosita bajaradilar. SHu boisdan o‘yin faoliyati uchun maxsus yaratiladigan sharoitlarda ijtimoiy muhit voealari, oilaviy turmush xodisalari, shaxslar aro munosabatlarini umumlashtirgan holda aks ettirishga harakat qiladilar. Bolalar kattalarning turmush tarzi, xis-tuyg‘usi, o‘zaro muomala va muloqatlarining xususiyatlarini, o‘ziga va o‘zgalarga, atrof-muxitga munosabatlarini yaqqol voelik tarzida ijro etish uchun turli o‘yinchoqlardan, shuningdek, ularning vazifasini o‘tovchi narsalardan ham foydalanadilar. Ammo shuni ham alohida ta’kidlash joizki, ijtimoiy va maishiy voqelikning barcha jabhalarini qamrab oladigan rolli o‘yin ularda birdaniga emas, balki turmush tajribasining ortishi, tasavvur obrazlarining kengayishi natijasida vujudga keladi, moxiyati va mazmuni jihatidan oddiydan murakkabga qarab takomillashib boradi.
Rolli o‘yin faoliyatini vujudga keltiruvchi yeng zarur omillardan biri - bolada o‘z xatti-harakatlarini kattalar xatti-harakati bilan solishtirish, undan nusxa olish, aynan unga o‘xshatish tuyg‘usining mavjudligidir. Xuddi shu sababli kattalar
va ularning hatti-harakatlari bolaning ham tashqi, ham ichki ibrat namunasi bo‘ladi va kattalarning hulq-atvori, yurish-turishining ham ob’ekti, ham sub’ekti hisoblanadi. Syujetli, rolli o‘yinlarda bolalar asosan o‘zlari har kuni ko‘rayotgan va ko‘zatayotgan kattalarning hatti–harakatlarini aks ettiradilar. 4-5 yoshli bolalarning o‘yini asta–sekinlik bilan jamoaviy harakterni ola boshlaydi.
Bolalarning individual xususiyatlarini, xususan ularning jamoaviy o‘yinlari orqali ko‘zatish qulaydir. Bu o‘yinlarda bolalar kattalarning faqat predmetlarga munosabatini emas, balki ko‘proq o‘zaro munosabatlarini aks ettiradilar. SHuningdek, jamoaviy o‘yinda bolalar bir gurux odamlarning murakkab hayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar.
Bolaning ongida uni qurshab turgan voqelik to‘grisidaggi xilma-xil o‘yin faoliyatini takomillashtiradigan sharoitlarni tadqiq qilgan N.M.Aksarinaning ta’kidlashicha, o‘yin o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit bo‘lishi lozim:
  1. taassurotlar tarkib topishi;


  2. har xil ko‘rinishdagi o‘yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining muhayyoligi;


v) bolalarning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirishuvi.


Bunda kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko‘rsatish uslubi hal kiluvchi rol o‘ynaydi.

Yüklə 80,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə