Mavzu. Borliq – falsafa kategoriyasi Borliq tushunchasining tahlili



Yüklə 52,69 Kb.
səhifə12/18
tarix26.05.2022
ölçüsü52,69 Kb.
#88004
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Mavzu. Borliq – falsafa kategoriyasi Borliq tushunchasining tahl

Borliq shakllari. Borliqning umumiy manzarasini yaratish zaminidan notirik tabiat o‘rin oladigan o‘ziga xos piramida hosil bo‘ladi. Borliqning shakllari notirik tabiat, tirik tabiat, ijtimoiy borliq, inson borlig‘i va virtual borliq,energik borliq kabilardir. Borliqning bu umumiy shakllari o‘ziga xos xususiyatga, o‘zining betakror mohiyatiga egadir. Borliqning turli shakllarini jonsiz tabiatdan boshlab mufassalroq ko‘rib chiqamiz, zero u hozirgi zamon fani nuqtai nazaridan jonli va ijtimoiy tabiatning negizi hisoblanadi.
Tabiat borlig‘i birlamchi (yani inson va uning faoliyatidan qati nazar mavjud bo‘lgan narsalar va jarayonlar borlig‘i) va ikkilamchi (yoki odamlar tomonidan yaratilgan narsalar va jarayonlar borlig‘i) tabiat borlig‘iga bo‘linadi. Birlamchi tabiat notirik tabiat narsalari va jarayonlarining borlig‘i – butun tabiiy va suniy dunyo, shuningdek tabiatning barcha holatlari va hodisalari (yulduzlar, sayyoralar, er, suv, havo, binolar, mashinalar, aks sado, kamalak, ko‘zgudagi aks va sh.k.)dir. Birlamchi tabiat borlig‘i ikki darajani o‘z ichiga oladi. Birlamchi daraja jonli ruhsiz jismlardan, yani ko‘payish qobiliyatiga ega bo‘lgan, atrof muhit bilan moddalar va energiya almashinuvini amalga oshiradigan, lekin ongga ega bo‘lmagan barcha narsalar, yani sayyoramiz hayvonot va o‘simliklar dunyosini o‘z ichiga olgan butun biosferadan iborat. Ikkilamchi daraja – bu inson ongining borlig‘i bo‘lib, bu odamzod yaratgan yoki o‘zgartirgan tabiatdir.Tabiat makon va vaqtda Cheksiz hamda abadiydir. Ikkilamchi yoki inson tomonidan yaratilgan tabiat birinchi tabiatga bog‘liq. Bir tomondan, ikkilamchi tabiatda birlamchi tabiat materiali, boshqacha aytganda obektiv birlamchi borliq mujassamlashgan, boshqa tomondan esa – unda insonning mehnati, irodasi va bilimlari, uning qalbi o‘z ifodasini topgan. Ikkilamchi tabiat – bu mehnat qurollari va sharoitlari, aloqa vositalari, inson ruhining ehtiyojlari, marifatli borliq, moddiy va manaviy madaniyatni belgilovchi barcha narsalar va jarayonlardir.
Inson borlig‘i uning tabiatning bir qismi sifatida jismoniy mavjudligini va alohida inson borlig‘ini farqlash o‘rinli bo‘ladi. Inson tabiatning bir qismi hisoblanadi va shu manoda uning qonunlariga bo‘ysunadi. Tananing mavjudligi inson o‘limga mahkum ekanligini belgilaydi. Inson borliq va yo‘qlik dialektikasi bilan bog‘lanadi, barcha tabiat jismlari kabi vujudga kelish, shakllanish va halok bo‘lish holatlaridan o‘tadi. Barcha tabiat jismlari kabi, inson tanasiga ham modda va energiyaning saqlanish qonunlari o‘z tasirini ko‘rsatadi, yani uning tarkibiy qismlari tabiatning boshqa holatlariga o‘tadi. Inson tanasi mavjud bo‘lishi uchun uni muttasil quvvatlash (ovqatlanish, sovuqdan va boshqa xavf-xatarlardan saqlash) talab etiladi. Fikrlash uchun inson tanasining tirikligini taminlash zarur. Bundan hayotni saqlash, insonning o‘z-o‘zini saqlashi va insoniyatning yashovchanligini taminlash zaruriyati kelib chiqadi, bu oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turar joy, sof atrof muhitga ega bo‘lish ehtiyojida o‘z ifodasini topadi;
Manaviy borliq subektiv individuallashgan va obektiv (noindividual) manaviy borliq sifatida mavjud. Individuallashgan manaviy borliq - bu insonning ichki dunyosi, u onglilik va ongsizlikni qamrab oladi. Bunday yondashuvga ko‘ra, ruh – individual ong bilan ayniy tushuncha, tor manoda esa u tafakkurdir. Ong – inson bosh miyasining dunyo borlig‘ini izchil aks ettirish, uni obrazlar va tushunchalarga aylantirish qobiliyati. U taassurotlar, sezgilar, kechinmalar, fikrlar, shuningdek g‘oyalar, e’tiqodlar, qadriyatlar, mo‘ljallar, andozalarning ko‘rinmas jarayoni sifatida mavjud. Ong tez oqadigan va bir xil bo‘lmagan orqaga qaytmaydigan xususiyatga ega. Shaklan bu jarayon tartibsiz, lekin shu bilan bir vaqtda unda muayyan tartib, barqarorlik, struktura, muayyan darajada intizom va iroda mavjud.
Inson ongi ayni vaqtda uning o‘z-o‘zini anglashi, yani o‘z tanasi, fikrlari va tuyg‘ularini, o‘zining boshqa odamlarga bo‘lgan munosabatini va o‘zining jamiyatdagi o‘rnini anglab etishi, yani o‘zini o‘zi bilishdir. O‘zlikni anglash – bu ongimizning o‘ziga xos asosidir.
Individual ong o‘zining o‘limga mahkumligi bilan tavsiflanadi, lekin uning ayrim qismlari noindividual manaviy shakl-shamoyil kasb etadi, shuningdek boshqa kishilar mulkiga aylanadi. Xatti-harakatlarda inson ongining fragmentlari moddiylashadi, ularga qarab odamlarning niyatlari, mo‘ljallari, maqsadlari, g‘oyalari haqida xulosa chiqariladi. Noindividual manaviy borliqning o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning elementlari saqlanadi, takomillashadi va ijtimoiy makon va vaqtda erkin harakatlanadi;

Yüklə 52,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə