Mavzu. Borliq – falsafa kategoriyasi Borliq tushunchasining tahlili



Yüklə 52,69 Kb.
səhifə13/18
tarix26.05.2022
ölçüsü52,69 Kb.
#88004
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Mavzu. Borliq – falsafa kategoriyasi Borliq tushunchasining tahl

Ijtimoiy borliq ayrim insonning jamiyatdagi borlig‘i va jamiyatning borlig‘iga bo‘linadi. Har bir inson boshqa odamlar bilan muttasil aloqa qiladi, turli ijtimoiy guruhlar: oila, ishlab chiqarish jamoasi, millatning azosi hisoblanadi. U boshqa individlar bilan yaqin aloqa qilib yashaydi. Odamlarning barcha faoliyati mazkur sotsiumga xos bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar, chunonchi: siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, axloqiy va boshqa munosabatlar doirasida amalga oshiriladi.
Virtual borliq (lotincha Virtualis – mumkin bo‘lgan) narsalar va hodisalarning vaqt va makonda moddiy mavjudligiga qarama-qarshi o‘laroq, obektiv narsalar yoki subektiv obrazlar mavjudligining nomoddiy turi. Uning zamirida Birinchi marta XX asr 60-yillarining o‘rtalarida paydo bo‘lgan kompyuterlar yordamida dunyolar modelini yaratish mumkin, degan g‘oya yotadi.–
«Virtual borliq» atamasi 1970 yillarning oxirida Massachuset texnologiya institutida Jeron Lener tomonidan o‘ylab topilgan. U 1984 yilda dunyoda birinchi virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama kompyuterda yaratiladigan muhitda insonning mavjudligi g‘oyasini ifoda etadi, amerikalik kinematografchilar tomonidan muomalaga kiritilgan.
Virtual borliq - inson real borliqda harakat qilayotgani illyuziyasini kompyuterda yaratish imkonini beruvchi interfaol texnologiya. Bunda obektiv borliqni tabiiy sezgi organlari yordamida idrok etish o‘rnini maxsus interfeys, kompyuter grafikasi va ovoz vositasida suniy yaratilgan kompyuter axboroti egallaydi. Virtual borliq amalda yo‘q narsa, uni qo‘l bilan tutish, uning tami va hidini his qilish mumkin emas. Shunga qaramay, u mavjud va inson bu xayoliy olamga kirib, uni nafaqat kuzatadi va boshdan kechiradi, balki unga tasir ko‘rsatish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi, ushbu olamda mustaqil harakat qiladi, uni o‘zgartira oladi. Virtual olam – inson borlig‘ining o‘ziga xos shakli va odamlar manaviy aloqasining alohida madaniy ifodasidir.
Ammo virtual borliq real fizik borliqdek lazzat baxsh eta olmaydi, chunki bu borliq tasirida vujudga keluvchi his-tuyg‘ular ko‘p jihatdan uning o‘zi bilan emas, balki uni biz qanday idrok etishimiz bilan belgilanadi. Biz virtual dengizda cho‘milishimiz mumkin, ammo bunda paydo bo‘luvchi his-tuyg‘ularimiz bu dengizni biz qanday idrok etishimizga bog‘liq bo‘ladi. Virtual tarvuz haqiqiy tarvuzdan shirin emas, virtual kolbasa haqiqiy kolbasa o‘rnini bosa olmaydi va h.k.
Virtual borliqni odamlar yaratadi. Shu bois, virtual borliqda mavjud barcha narsalarning manbai inson ongidir. Binobarin, virtual borliq ong, ong osti sohasi va fantaziya chig‘irig‘idan o‘tuvchi fizik borliqdan shakllanadi. Virtual borliq obektiv tarzda, yani inson miyasida emas, balki kompyuterda mavjud bo‘ladi. Ayni vaqtda, u inson ongining mahsulidir. Inson tomonidan yaratilganidan keyin u inson ongidan qatiy nazar yashashda davom etadi, bu ongga har xil tasir ko‘rsatadi, mazkur ongning mazmuniga – bilimlar, emotsiyalar, kayfiyat hamda ongning boshqa unsurlariga qarab, har xil idrok etiladi.
Bugungi kunda virtual borliq inson madaniy faoliyatining turli sohalarida qo‘llanilmoqda. Virtual borliqdan eng avvalo u vujudga kelgan sohada, fanda – fizikada suyuqlik va gazlar dinamikasini modellashtirishda, kimyoda kimyoviy reaksiyalar modelini tuzishda, geologiya va geografiya fanlarida foydalanilmoqda. Muhandislik sohasida, ayniqsa, xavfli sharoitlarda: ochiq kosmosda, dengiz va okeanlarning chuqur joylarida, yadro muhandisligida robotlarni masofadan turib boshqarishda virtual borliq keng qo‘llanilmoqda. Muhandislik dizaynini avtomatlashtirish jarayonida virtual borliq texnologiyasi ayniqsa qo‘l kelmoqda. Kompyuter dizayni va uning ajralmas hamrohi – kompyuter ishlab chiqarishi raketalar va samolyotlar, avtomobillar katta binolar konstruksiyalarini sinovdan o‘tkazishda yagona jarayonga birlashtirildi. Virtual borliq texnologiyasidan harbiylar ham keng foydalanmoqdalar. Masalan, AQSH armiyasida harbiy xizmatchilarda merganlik ko‘nikmalarini shakllantirishda imitatorlardan, jang sharoitida tez va to‘g‘ri qarorlar qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirish uchun esa harbiy doktorlardan foydalaniladi. Juda qimmatga tushadigan va atrof muhitga katta zarar etkazadigan harbiy mashqlar imitatsiya qilinmoqda. Tank qismlarida tankdan o‘q uzishni hamda tank jangida askarlar va ofitserlarning shaxsiy ishtirokini imitatsiya qiluvchi harbiy o‘yinlardan foydalanilmoqda. Loyihalashtirilgan, lekin hali yasalmagan qurol-aslaha turlari sinovdan o‘tkazilmoqda. Harbiylar olingan malumotlarni tahlil qilish va ularga baho berish uchun ham kompyuter imitatsiyasidan foydalanmoqdalar.
Talim sohasida mashq trenajyorlarini yaratishda virtual borliq texnologiyasidan foydalanilmoqda. Virtual kutubxonalar va muzeylar tashkil etish jarayoni boshlandi. Masalan, virtual kutubxonalarda foydalanuvchi kompyuter yordamida kitob javonlarining vizual tasviri bo‘ylab harakatlanishi, kerakli adabiyotlarni topishi va olib ko‘zdan kechirishi, zarur holda esa ulardan nusxa ko‘chirishi mumkin.
Virtual muzey konsepsiyasi bir qadar boshqacha. Virtual muzey foydalanuvchilarga kolleksiyadagi istalgan eksponatni uning tabiiy, uch o‘lchovli ko‘rinishida ko‘rish imkonini beradi. Ammo bu tasviriy echish qobiliyati ancha yuqori bo‘lgan displeylarni taqozo etadi.
Shunday qilib, virtual borliq nazariy izlanishlardan ommaviy axborot vositalari va telekommunikatsiyalar ajralmas qismi bo‘lgan hozirgi zamon madaniyatining tarkibiy qismiga aylandi.

Yüklə 52,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə