Mavzu. Borliq – falsafa kategoriyasi Borliq tushunchasining tahlili



Yüklə 52,69 Kb.
səhifə7/18
tarix26.05.2022
ölçüsü52,69 Kb.
#88004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Mavzu. Borliq – falsafa kategoriyasi Borliq tushunchasining tahl

Yangi davrda borliqning mohiyati Xudoning ishlariga emas, balki tabiat qonunlariga bog‘lanadi. Tabiat borliqning butun yashirin manosini qamrab oladi, shu sababli u bilan muloqot qilish, uning tabiiylik darajasini sinab ko‘rish muhimdir. Tabiatni o‘rganuvchi fanlar birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Jamiyatda tashabbuskorlik, faollik va omilkorlikning rivojlanishi individualizmga asoslangan antropotsentristik dunyoqarashni shakllantiradi.
XVII-XVIII asrlarning faylasuflari Golbax, Gelvetsiy, Lametri borliq tushunchasini fizik borliq bilan bog‘laydi. Bu faylasuflarning naturalistik qarashlari mexanikaning faol rivojlanishi bilan belgilangan va ularning tabiat haqidagi tabiiy-ilmiy tasavvurlarini aks ettirgan. Bundan borliqni «naturallashtirish» g‘oyasi kelib chiqqan.
Spinoza (1632-1677) dunyo haqidagi monistik talimotni yaratdi. Uning monizmi panteizm ko‘rinishida namoyon bo‘ladi: Benedik Spinoza o‘z ontologiyasida Xudo va tabiatni ayniylashtiradi, bunda Xudo yaratuvchi tabiat va yaratilgan tabiat sifatida amal qiladi. Ayni vaqtda B.Spinoza birgina moddiy substansiya mavjud bo‘lib, uning asosiy atributlari ko‘lamlilik va fikrlashdir, degan g‘oyani ilgari suradi. Shunday qilib, butun tabiat u Xudo bo‘lgani uchungina emas, balki unga fikrlash xos bo‘lgani uchun ham jonli hisoblanadi. Spinoza butun tabiatni jonlantirib, shu tariqa gilozoist-faylasuf sifatida ham namoyon bo‘ladi.
Jyulen Ofre de Lametri (1709-1751) moddiy dunyo «o‘z holicha mavjud» ekanligiga, uning boshi ham, oxiri ham yo‘qligiga ishongan. Lametri talimoti Epikurning atomistik g‘oyalari, Spinozaning monistik talimoti va J.Lokk sensualizmi tasirida vujudga kelgan. Lametri jonni aql faoliyati funksiyasi va ko‘rinishi deb hisoblagan va Dekartning umrboqiy nomoddiy jon haqidagi g‘oyasi asossiz ekanligini isbotlashga harakat qilgan.
Deni Didro borliq muammolarini o‘rganish sohasiga dialektikani tatbiq etadi. Uning fikricha, butun materiya his qiladi (bu gilozoizm nuqtai nazari). Ammo u «inert hissiylik» va «faol hissiylik»ni farq qiladi. «Faol hissiylik» muayyan tarzda uyushgan materiyadagina namoyon bo‘ladi.

Yüklə 52,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə