Mavzu. Borliq – falsafa kategoriyasi Borliq tushunchasining tahlili



Yüklə 52,69 Kb.
səhifə6/18
tarix26.05.2022
ölçüsü52,69 Kb.
#88004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Mavzu. Borliq – falsafa kategoriyasi Borliq tushunchasining tahl

Ibn Sino fikricha ham borliqning asosi “vujudi vojib” yani Ollohdir. Vujudi vojib bu birinchi mohiyat. Uning mavjudligi sababini boshqa narsalardan qidirish noo‘rin. Chunki birinchi sabab uning natijasi bo‘lgan xilma xil jarayonlarning mohiyatiga bog‘liq bo‘la olmaydi3. Zero vujudi vojibning mavjudligi uning o‘ziga bog‘liq. U yagona, abadiy mohiyat. Unda kamchilik va qusurlar bo‘lishi mumkin emas. Vujudi vojib doimiy faol, unda toliqish sustlik bo‘lishi mumkin emas. Vujudi vojib vujudi mumkinning yaratuvchisi. Vujudi mumkinning ichki mohiyati harakat bilan bog‘liq. Ibn Sinoning borliq haqidagi qarashlari keyingi mutafakkirlar ijodiga ijobiy tasir ko‘rsatdi.
Tasavvuf talimotida borliq muammosi. Tasavvufda oriflar va oshiqlar o‘zlarining poetik asarlarida va mifologik g‘oyalarida borliq haqidagi bilimlarini bayon etganlar.
Tasavvuf talimotida ontologiya birinchidan, ramz, majozlar, qiyoslarda o‘z ifodasini topadi. Ikkinchidan, ushbu ontologiya inson tafakkuriga emas, tuyg‘ularga yo‘nalgan, musiqa jo‘rligi, tasviriy sanat asarlarida namoyon bo‘lgan, “Aruz” vaznida bitilgan maqomlarda kuylangan. Uchinchidan, poeziya qalb faolligining mahsuli hisoblanadi va u asosan, tuyg‘ularga tasir etadi. Buni anglashning mantiqiy tafakkurdan yuqori shakli, deyish mumkin. Shu manoda poeziyani tushunish uchun ongning mantiqiy (nazariy) tafakkurdan yuqoriroq shakli – intellektual intuitsiya taqazo etiladi. Chiziqli (mantiqiy) tafakkurning yolg‘iz o‘zida esa, na intellektual va na estetik (hissiy) intuitsiya ishtirok etmaydi. Shu manoda A.Navoiy aytganidek, majozlar haqiqatga ancha yaqinroq. To‘rtinchidan, ramzlar, majozlar hammaga ham aytilishi mumkin bo‘lmagan bazi g‘oyalarni (sirlarni) muayyan odamlargagina etkazish vazifasini bajargan .
Tasavvuf talimoti vakillaridan biri Nasafiy ontologiyasi sof Vahdat nimaligini tushunishdan boshlanadi. Uning fikricha borliqning mohiyati bo‘lgan sof (musaffo) Vahdat (birlik), jism va ruhning manbaidir, u kitob va kalomning ham boshi, malakut (farishtalar) va mulk (moddiyat) olamlarining asosi, butun borliq va odamning manbaidir. Uni sufizmda jabarut, deb ataydilar (Jabarut – arab tilida «Buyuklik», ulug‘lik degan manolarni bildiradi). Mulk va malakutda bir jami narsalar Jabarutda (tezis holida) mavjud, deb ko‘rsatiladi (bu Aristotelning «imkoniyat» kategoriyasida yoki potensiyada o‘z ifodasini topgan). Xullas Sharqda ontologiya masalasi Xudo borlig‘i bilan bog‘liq holda o‘rganiladi.

Yüklə 52,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə