Mavzu: Boyitmalarni avtogen pechlarda eritish



Yüklə 15,48 Kb.
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü15,48 Kb.
#160952
1   2   3
Mavzu Boyitmalarni avtogen pechlarda eritish-fayllar.org

Xomashyoni quritish
KMEP jarayoni amalga oshirilishida qat’iy shartlardan biri – xomashyoning o‘ta quritilishidir. Quritilgandan keyin xomashyoning namligi 0,1–0,15 % dan ortmasligi kerak. Undan namroq shixta yirikroq bo‘lib, KMEPning talabiga javob bermaydi, chunki moddalarning kukuni pech ichida bir necha sekund davomida uchish holatida bo‘lishi shart. Ana shu uchish holatida zarraning butun sirti bo‘yicha oksidlanish reaksiyasi o‘tib, KMEP jarayoni amalga oshiriladi. Shixtani o‘ta quritish uchun ayla­na quvursimon shakldagi pech yoki vertikal joylashgan quritish quvur­lar ishlatiladi.
Olmaliq mis eritish zavodidagi kislorodli-mash’alli eritish pechi majmuining umumiy ko‘rinishi:

1–eritish pechi; 2–gaz sovutkich qozon; 3–yirik changni ushlab qoluv­chi inersion maxsus qurilma; 4–elektrsuzgichlar; 5–xomashyoni quri­tishga mo‘ljallangan quvur-quritkich; 6–gaz yordamida isitkich o‘choq; 7–sik­lonlar; 8–havo purkagich-ventilator; 9–quritilmagan xomashyo saqla­nadigan xampalar (bunker); 10–qirg‘ichli konveyerlar; 11–quritilgan xomashyo saqlanadigan pech xampalari.

Olmaliq mis zavodida vertikal quritish quvurlari ishla­tiladi, ham­masi bo‘lib 2 quvur o‘rnatilgan. Quritish jarayonining ishlash talabi qu­yi­­da­gicha: quvurning past tomonidan katta tezlik bilan issiq gaz yubo­riladi (30–40 m/s). Issiq gazning oqimiga nam (7–8 % H2O) bo‘lgan xom­ashyo yukla­nadi. Xomashyo moddalari uchib turgan muallaq holat­da quritiladi, nam­sizlangan kukun esa quvurning yuqori qismiga uchib, chang ushlash tizimlariga yuboriladi.
Quritish quvurlari maxsus pechlarda yoqiladigan tabiiy gaz bilan isitiladi, haroratni boshqarish uchun maxsus pechga ikkilamchi sovuq havo beriladi. Moddalarning bir soatlik sarfi quyidagicha: tabiiy gaz 600–800 m3, (birlamchi gaz yoqish uchun) havo 6000–8000 m3. Birlam­chi va ikkilamchi havolarning nisbati jarayonning borish sha­roit­lariga qarab 1:1 dan 1:1,3 gacha o‘zgaradi. Quvur bo‘yicha gazning haro­rati: quvurga kirish qismida 300–4500C. Moddaning quvurda bo‘lish davri 1–3 sekunddan oshmaydi. Jarayon qat’iyan ushbu ko‘rsatkichlar ora­li­g‘ida boshqarilishi va tizim o‘zgarmasdan borishi kerak. Masalan, mod­da kamroq kelib qolsa, quvurning harorati oshib ketadi va sulfid­lar alanga olishi mumkin. Agar xomashyo ko‘proq yuklansa, harorat pasa­yib ketadi va modda to‘la quritilmaydi. Doimiy nazoratda bo‘ladigan aso­siy qismlar: nam xomashyoning sarfi, issiq gazning harorati, quvur­dagi haroratlar, birlamchi va ikkilamchi havolarning nisbatligidir. Bun­day nazorat avtomatik tizim tomonidan boshqarilishi kerak.
Quritish quvurlarining afzalliklari, avvalo, yuqori ishlab chiqa­rish unumdorligi va ishonchliligi, o‘rta quritish imkoniyati borligi­dan iborat. Bir soatda 60–80 t xomashyoni quritish imkoniga ega. Quvur­lar­ni oqi­lona ishlatish shartlaridan biri bir me’yorda moddalarni yuk­lash­dir.
Quvurning ishlashini takomillashtirish uchun gazni qaytadan, ikki­lamchi havoni o‘rniga, pechga qaytarish kerak bo‘ladi. Bu jarayon yonil­g‘ining sarfini kamaytirishga yordam beradi, gazlar 60–700C issiqlikka ega bo‘lib, ularning tarkibida 15–17 % sof kislorod bo‘lishi mumkin.

Yüklə 15,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə