Mavzu: Bug`oz qo`ylarga norma asosida ratsion tuzish va ratsionni taxlil qilish mundarija


Qо‘ylarni yaylovlarda oziqlantirish



Yüklə 4,93 Mb.
səhifə5/11
tarix22.04.2023
ölçüsü4,93 Mb.
#106666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bug`oz qoylarda ratsion kurs ishi (Автосохраненный)-1

1.3. Qо‘ylarni yaylovlarda oziqlantirish
Qо‘ylarni yaylovlarda boqishga tayyorlash uchun quyidagilarga e’tibor bering:
о‘tloq yaylovlarga borishdan avval qо‘ylar kо‘rikdan о‘tkaziladi, о‘sgan tuyoqlar, tirnoqlar kesiladi. Kasallangan, zaif bо‘lgan qо‘ylar sog‘lom qо‘ylardan ajratiladi. Ular katta qо‘ylar (4 yoshdan katta qо‘ylar), tо‘qli (1 yoshdagi qо‘zilar) va qо‘zichoqlarga ajratiladi va vaziyatga qarab bir muddat yozgi og‘ilxonalarda saqlanadi;

7- rasm. Erta bahorda qо‘ylarni yaylovlarda oziqlantirish

boqish mavsumidan avval itlarga dori berish kerak, chunki ular kо‘plab parazit tashuvchilar hisoblanadi. Qurtlar tushirilib, yо‘q qilinadi; mavsumiy о‘zgarishlar, (qish davridan bahor-yoz davrlariga) oziqlantirish va boqish ishlarida, og‘ilxonadan yaylovga yoki yaylovdan og‘ilxonaga о‘tish birdaniga bо‘lmasligi kerak;
bahor oylarida ertalab qirovlarning erib ketishini hisobga olib, kun bо‘yi о‘tlatish mumkin; qо‘ylarni erta tongda shudringlar erib ketmasdan oldin yaylovga qо‘yib yubormang, aks holda qо‘ylarda turli og‘riqlar sodir bо‘lishi mumkin; qо‘ylarni yaylovda boqishdan avval ularni sug‘oring. Aks holda ular yaylovdagi kо‘lmak suvni yoki yо‘lda duch kelgan suvni ichishlari va shu sababli kasal bо‘lib qolishlari mumkin.
Qо‘ylarni boqishda chо‘ponlarning о‘rni
Qо‘ylarni boqishda chо‘ponlarning mehnati alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda chо‘ponlardan talab qilinadigan narsa qо‘ylarni talab jarajasida boqish va ularning sog‘lig‘iga e’tibor berishdir. Suruvni boshqarish va yaylovda о‘tlatishda quyidagilarni nazarda tuting:
- bitta chо‘ponga tо‘g‘ri keladigan qо‘ylar soni 200-300 boshdan oshmasligi kerak;
- qо‘zilatish mavsumida qо‘shimcha ishchi kuchi talab qilinadi;
- suruvni yaylovda 150-200 metr kenglikda va taxminan 10-15 sotix maydonda bir tekis yoyilishini taminlash kerak. Shu tariqa siyrak shaklda yoyilgan qо‘ylar bir-birini bezovta qilmasdan о‘tlaydi. Agarda suruvdagi qо‘ylar soni juda kо‘p bо‘lib, bir joyga tо‘planib qolishsa, suruvning oldida о‘tlayotgan qо‘ylar suruvning orqasida о‘tlayotgan qо‘ylarga ozuqa qoldirmaydi, natijada qо‘ylar boshqa tomonga tarqab ketadi;
-suruvning old tomonida chо‘pon, orqasida esa yordamchi chо‘pon bо‘lishi hamda har bir daqiqada 4-5 metr (250-300 metr tezlikda) odimlashi kerak. Yaylovda о‘t miqdori kam bо‘lsa, bu tezlikni oshirish mumkin, aks holda qо‘ylarga yaylov ozuqasi yetishmaydi va och qolishadi; itlar suruvni himoya qilish uchun ishlatiladi va 100-120 qо‘yga 1 it tо‘g‘ri kelishi kerak katta yaylovlarda о‘tlatishda yaylovning bir tomondan boshlab, kengligi 150-200 metr bо‘lgan hududni oxirigacha bir chetdan о‘tlatish kerak;

8- rasm. Qо‘ylarni kech kuz va qish oylarida yaylovlarda oziqlantirish

issiq bо‘lgan davrlarda, quyosh tik kо‘tarilmagan vaqtda podani sharqqa, quyosh tik kо‘tarilib, harorat yanada oshganda shimolga va kechqurun g‘arbga tomon о‘tlatish kerak; bahor va kuz oylarida qо‘ylarni kun bо‘yi о‘tlatish mumkin. Qо‘ylar yoz oylarida peshin vaqtida issiq payti о‘tlashni yoqtirmaydi, shu bois ularni soya joyda biroz dam oldirish kerak;


qо‘ylar qirov erib ketgandan sо‘ng ertalab soat 6 larda qо‘ylarni yaylovlarga olib borish va soat 10 da dam oldirish kerak. Bahorda ertalabki qirovdan ehtiyot bо‘lish kerak, erta tongdan qо‘ylarni yaylovga qо‘yib yubormaslik kerak, peshindan keyin ularni avval sug‘orib, keyin soat 16-17 lar atrofida yaylovga qaytarish mumkin;
о‘tlatish kun bо‘yi (bir necha soatlik dam olish bilan birgalikda) qо‘ylar tо‘yguncha davom ettirilishi kerak yaxshi yaylovlar qо‘ylarning oziqlanishi uchun yetarlidir. Lekin qochirish mavsumida va tuqqandan keyin sovliqlar albatta qо‘shimcha oziqlantirilishi shart.
Qо‘ylarni urchitib kо‘paytirishda muhim bо‘lgan mavsumiy davrlar mavjud, ular quyidagilardir: qо‘ylarni qochirish davri, qishlov davri, tо‘l olish (tug‘dirish) davri. Ushbu davrlarda qо‘ylarni yaylovlarda о‘tlatishdan tashqari, qо‘shimcha sifatli ozuqalar bilan oziqlantirish qо‘ylarning mahsuldorligiga ijobiy ta’sir etadi.
Qо‘ylarni urug‘lantirish davrida oziqlantirish. Sovliqlarni natijali urug‘lantirish hamda bо‘g‘ozlik davrini yuqori darajaga kо‘tarish, qochirish muddatlarini qisqartirish maqsadida (urug‘lantirish mavsumidan oldin va mavsum davomida) oziqlantirish, urug‘lantirish mavsumidagi oziqlantirish, deb ataladi.


Yüklə 4,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə