Mavzu: Bug`oz qo`ylarga norma asosida ratsion tuzish va ratsionni taxlil qilish mundarija


О‘zbekistonda urchitib, kо‘paytirilayotgan qо‘y zotlari



Yüklə 4,93 Mb.
səhifə9/11
tarix22.04.2023
ölçüsü4,93 Mb.
#106666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bug`oz qoylarda ratsion kurs ishi (Автосохраненный)-1

2.2 О‘zbekistonda urchitib, kо‘paytirilayotgan qо‘y zotlari
Jaydari zotli qо‘ylar xalq seleksiyasida (о‘zimizda yaratilgan zot bо‘lib), О‘zbekistonning mahalliy dumbali qо‘ylari, deb ham nomlanadi. Respublikamizning tog‘li va tog‘oldi hududlarida urchitib, kо‘paytirishga moslashgan, bosh soni jihatidan yetakchi (10 mln ga yaqin) zotlardan biri bо‘lgan sof jaydari zotli hamda boshqa (hisor, saradji, edilbay) qо‘y zotlar bilan chatishtirilgan duragaylari keng tarqalgan.
Sovliqlarning о‘rtacha tirik vazni 55-60 kg, sermahsullari 70-80 kg, jun qirqimi 2,0-2,5 kg, yetuk yoshdagi qо‘chqorlarniki 80-90 kg, mahsuldor qо‘chqorlar 100-130 kg, jun qirqimi esa 2,8-3,0 kg tashkil etadi. Qо‘chqorlarning yag‘ri balandligi о‘rtacha 76,3 sm, gavdasining qiya uzunligi 80,8 sm, kо‘krak aylanasi 96,2 sm ni tashkil etadi. Bu qо‘ylar yiriktanaga ega bо‘lib, ayniqsa oyog‘ining kaltaligi va gavdasining chо‘zinchoq, bо‘yni kalta kо‘tarilgan, gavdasi chuqur, yag‘rini va beli keng, dumbasi esa keng kо‘tarilganligi bilan tavsiflanadi. Jaydari zotli qо‘ylar gо‘sht mahsuldorligining yuqoriligi va qо‘zisining tez yetiluvchanligi bilan ajralib turadi.
Bugungi kunda Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining Ohangaron bо‘limi boshlig‘i, qishloq xо‘jaligi fanlari doktori N.R. Rо‘ziboyev rahbarligida jaydari zotining genetik imkoniyatlaridan foydalanib, hisor zotli naslli qо‘chqorlar bilan chatishtirishdan olingan II bо‘g‘in duragaylarini “о‘z ichida” urchitish va olingan zot ichida yaxshilangan duragay avlodlarda uzoq yillar tanlash natijasida mazkur zotning mahsuldorlik meyor talablariga javob beradigan qо‘ylarning yangi “Aqchasoy” zavod tipi yaratilgan.Qorakо‘l zotli qо‘ylar kelib chiqishi tо‘g‘risida har xil farazlar mavjud. Ba’zilar ushbu zotli qо‘ylar Kichik Osiyo da yaratilgan (Adamets, Yeving, Turner, Nikerk va boshqalar) desa, boshqa olimlarning fikriga kо‘ra, uning vatani О‘zbekiston hududidir (Kuleshov, Manukyan, Stayanovskaya, Ojarov va boshqalar). P.S. Pallas, V.N. Vasin, YE.V. Odinsova, I.N. Dyakov va boshqalarning fikricha, korakо‘l zotli qо‘ylar о‘tmishda tabiiy-tarixiy omillar ta’sirida paydo bо‘lgan.
Bugungi kunda О‘rta Osiyo davlatlarida va Rossiya Federatsiyasida hamda Afg‘oniston, Namibiya, shuningdek, Janubiy Afrika davlatlarida, Eron, Mongoliyada va Angolada ham qorakо‘l zotli qо‘ylar urchitib kо‘paytirilmoqda. Yevropa (Avstriya, Germaniya, Ruminiya) davlatlarida va Argentinada ham qorakо‘l qо‘ylar urchitib kо‘paytiriladi.
О‘zbekistonda qorakо‘l zotli qо‘ylarning rangiga kо‘ra qora, sur, kо‘k zot tiplari mavjud. Bularning ichida sur zot tiplari juda sifatli bо‘lib, yuqori qadrlanadi. Bu surlar Qoraqalpoq, Buxoro va Surxondaryo zot tiplaridir. Bundan tashqari qorakо‘l zotli qо‘ylarning morfologik, fiziologik, mahsuldorlik va boshqa naslchilik zavodi podasiga xos bо‘lgan va xо‘jalik foydali belgilari nasldan-naslga о‘zgarmay о‘tadigan 30 ga yaqin zavod tiplari yaratilgan. Qorakо‘l qо‘ylarning eksteryeri va konstitusiyasida chо‘l va chala chо‘llarning keskin sharoiti о‘z ta’sirini qoldirgan. Shu asosda yangi tug‘ilgan qorakо‘l qо‘zilarning konstitusiyasi asosiy uch tipga-mustahkam, nozik va dag‘al tiplarga ajratiladi. Qorakо‘l qо‘ylarning xо‘jalikda foydalanish muddati 6-7 yilgacha, ba’zan ular (yuqori darajada boqib, parvarishlansa) 12 yoshgacha yashaydi. Qо‘ylarda 1,5-2 yoshda biologik yetuk lik davri boshlanadi, tabiiy serpushtligi о‘rtacha har 100 boshdan о‘rtacha 110-120 qо‘zi olinadi, qorakо‘l qо‘ylar 3 yoshdan 6 yoshgacha eng yuqori darajada mahsuldor bо‘ladi. Katta yoshdagi qorakо‘l qо‘chqorlarning tirik vazni о‘rtacha 60-75 kg, ona qо‘ylarniki-42-50 kg, yangi tug‘ilgan urg‘ochi qо‘zilar 4,0-4,5 kg, qо‘chqorchalar 4,5-5,0 kg yoki sovliqlarning qochmasdan oldingi vaznining 8-12% ni tashkil etadi. Qorakо‘l qо‘ylar rangining xilma-xilligi bilan boshqa qо‘y zotlaridan ajralib turadi. Qora rangli qо‘ylar 75-80%, kо‘k rangli 13-17%, sur rangli qо‘ylar 5-7%, boshqa rangli qо‘ylar 3% ni tashkil etadi. О‘zbekistonning gо‘shtdor-serjun (xalq tilida – “malish” qо‘ylar) zot guruhlarini yaratish ishlari о‘tgan asrning ikkinchi yarmida ya’ni 1953-1954 yillardan boshlangan bо‘lib, Chorvachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari I.A. Tapilskiy, N.F. Kiyatkin, Y.R. Qurbonovlar tomonidan olib borilgan. Ishning amaliy qismida Toshkent viloyati Parkent tumanidan ilg‘or chо‘ponlardan A. Almatov, S. Ametov, M. Raximxо‘jayev, R. Mujdaboyev va SH. Usmonovlar, Ohangaron tumanidan M. Xoltо‘rayev, A. Axmedov, U.M. Umarov, A. Tojiboyevlar qatnashgan.
Maqsadga muvofiq yaratilgan duragaylar dastlabki 3 xil zotning belgilarini о‘zida aks ettirib, tusi oq, qalin yarim mayin junli, tumshuqlari yaltiroq, jun bilan qoplangan, boshida о‘sib chiqqan juni kо‘zigacha tushib turadi, quloqlari о‘rtacha kattalikda. Bо‘yni yо‘g‘on, nisbatan kalta, terisi burmalanib turmaydi. Kо‘kragi chuqur, keng va oldi tomonga bir oz chiqqan, qovurg‘alari dumaloqsimon, yag‘rini keng, kuraklari orqa umurtqa chizig‘i bilan bir tekis, sonlari seret, oyoqlari о‘rtacha uzunlikda, baquvvat, tuyoqlari qattiq yeyilmaydi, gavda suyaklari qо‘pol emas, mustahkam konstitutsiyaga ega. Shunday qilib, sharqning mahalliy dumbali (о‘zbek dumbali qо‘y zoti, deb ham nomlangan) jaydari qо‘ylari, quyi g‘arbning mayin junli (shimoliy Kavkaz), Angliyaning gо‘shtdor linkoln zotlari genotiplariga ega bir-biridan farq qiluvchi uchta irsiyatlilikni birlashtirish natijasida yuqori о‘suvchanlikka, birmuncha yirik tanaga va hayotiy kuchga ega yarim mayin junli qо‘ylarning Ohangaron va Parkent tiplari va keyinchalik 1976 yilda esa gо‘shtdor-serjun qо‘ylarning zot guruhlari yaratildi.
Bu zot guruhlarining о‘ziga xos muhim xо‘jalik foydali belgilari quyidagicha; tez yetiluvchanligi, gavdasining yirikligi, sovuqqa nihoyatda chidamliligi, ishtahasini yuqoriligi va katta hajmdagi ozuqani hazm qilish xususiyatiga ega ekanligi hamda ozuqani mahsulot bilan yuqori darajada qoplashidir.
Tug‘ilganda qо‘chqorchalarning tirik vazni 4,93 kg, tо‘qlilar 4,10 kg, 4-4,5 oyligida qо‘chqorchalar 30,5, tо‘qlilar 28,4 kg ni, yetuk yoshdagi qо‘chqorlar 96,0 kg, sovliqlar esa 60-65 kg ni tashkil etgan.
Bugungi kunda qishloq xо‘jaligi fanlari doktori N.R. Rо‘ziboyev rahbarligida bu qо‘ylarning genofondini saqlash va kо‘paytirish ishlari olib borilmoqda va respublikada yagona “genofond xо‘jaligi” tashkil etildi.
Hisor zotli qо‘ylar gо‘shtdor dumbali, dag‘al junli qо‘y zotlari bо‘lib, Tojikistonda yaratilgan zotdir. Hisor zotli qо‘ylar nafaqat gо‘shtdor dumbali zotlar ichida, balki butun dunyodagi qо‘y zotlari ichida eng yirigidir.
Qо‘ylarning juni asosan quruq va о‘lik junga ega, rangi qо‘ng‘ir, sariq va ba’zida qora tusdagilari ham uchraydi. Hisor zotli qо‘ylar tirik vazni va gavdasining yirikligi jihatidan dunyoda yetakchi zotlardan biri bо‘lib, ushbu zot qо‘ylarning suyaklari kuchli rivojlangan, mustahkam, orqa qismi baland, kallasi bukrisimon, asosan shoxsiz.
Qо‘chqorlarining tirik vazni о‘rtacha 130-140 kg, mahsuldor rekordchilari 170-188 kg, sovliqlar 80-85 kg, ayrimlari 90-95 kg qо‘ylarning dumbasidagi yog‘ning og‘irligi 18-20 kg, sо‘qimga boqilganlari esa 30 kg tosh bosadi. 1,5 yashar qо‘chqorlar 96 kg, 1,5 yashar tо‘qlilar esa 49 kg ni tosh bosadi. Jun mahsuldorligi juda past, qо‘chqorlarniki qirqilganda о‘rtacha 1,2-1,5 kg, sovliqlarniki 2,0 kg.
Qо‘chqorlarining yag‘rin balandligi о‘rtacha 87 sm, sovliqlarda 79 sm, tananing qiya uzunligi shunga mos ravishda 85 va 75 sm ni, gavda chuqurligi 35,5-34 sm ni tashkil etadi. Ular mustahkam tana tuzilishiga ega bо‘lib, suyaklari mustahkam va yaxshi rivojlangan, muskulaturasi ajoyib rivoj langan. Bu sifatlari uzoqdan-uzoq masofalarga, yaylovdan-yaylovga kо‘chib о‘simliklarni topishda qо‘l keladi. Yag‘rini, orqa va beli keng tо‘g‘ri va kо‘kragi chuqur qо‘ylardir. Dumbasi katta, eniga 30-40 sm, uzunligi 40-50 sm ga yetadi.Hisor zotli qо‘ylar о‘tgan asr boshlaridan respublikamizning deyarli barcha hududlarida urchitib, kо‘paytirilmoqda. Edilbay zotli qо‘ylar gо‘shtdor-dumbali dag‘al junli qо‘y zotlari hisoblanib, XIX asrda Qozog‘istonda yaratilgan va bu qо‘ylarning kо‘p turlari О‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyaning janubiy chо‘l zonalarida ham urchitib, kо‘paytirilmoqda. Qо‘ylarning tusi qо‘ng‘ir va sariq, ba’zida qora rangdagilari ham uchraydi.
Edilbay zotli qо‘ylar mustahkam konstitusiyaga va yuqori darajada chidamlilikka ega. Shuning uchun ham yilning barcha fasllari, har xil yaylov sharoitlarda ham 500 km va undan uzoq masofani bosib о‘ta oladi. Qо‘ylar yuqori о‘suvchanligi, mustahkam suyakdorligi, uzunoyoqliligi, dag‘al juni va katta о‘suvchanlik energiyasiga ega bо‘lganligi bilan ajralib turadi. Qо‘ylarning asosiy ishlab chiqaradiga mahsuloti bu gо‘sht va dumba yog‘idir, murakkab ekologik sharoitlarda yilbо‘yi yaylovlarda boqishga moslashgan.
Bu zot qо‘ylari juda tez yetiluvchan, qо‘zilari tug‘ilganda 5,0 kg tirik vaznga ega bо‘ladi, sutdan ajratilgan 4 oylik yoshida ularning tirik vazni 35-40 kg ga yetadi va sо‘yilganda gо‘sht nimtasi 20 kg va dumba yog‘i 3 kg ni tashkil etadi. Qо‘chqorlarning о‘rtacha tirik vazni 100-110 kg, ayrimlarniki 144 kg, sovliqlar 65-75 kg, qirqilganda juni qо‘chqorlarda 3,0-5,0 kg, sovliqlarda 2,3-2,6 kg tosh bosadi.
О‘zbekistonga edilbay zotli qо‘ylar о‘tgan asrning о‘rtalaridan boshlab olib kelingan, qо‘ylar sof holda urchitib kо‘paytirilgan va naslli qо‘chqorlardan mahalliy qо‘y zotlarini takomillashtirishda foydalanilgan.


Yüklə 4,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə