Mavzu: buxgalter kasbining tarixiy rivojlanishI. Reja


Xo‘jalik hisobi to‘g‘risida tushuncha va uning turlari



Yüklə 157,21 Kb.
səhifə2/3
tarix18.06.2023
ölçüsü157,21 Kb.
#117842
1   2   3
Документ Microsoft Office Word

1.3. Xo‘jalik hisobi to‘g‘risida tushuncha va uning turlari
Korxonalarni boshqarish, uning oldiga qo‘yilgan reja ko‘rsatkichlariga doir vazifalami bajarish maqsadida xo‘jalik faoliyati ustidan kundalik kuzatib borishni talab qiladi. Bunday kuzatish va boshqarish xo‘jalik hisobi yordamida amalga oshiriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik shakllari turli xil bo‘lgan subyektlarning tashkil topish jarayonida ulami boshqarish, faoliyatini nazorat va tahlil qilish; ma’muriyat tomonidan tezkor qarorlaming qabul qilinishiga asos bo‘ladigan zarur ma’lumotlami asosan buxgalteriya hisobi taqdim etadi.
Iqtisodiy faoliyatini boshqarish iqtisodiyot hisobi orqali olingan ma’lumotlar asosida olib boriladi va tegishli qaror hamda qonun- qoidalar qabul qilinib, shular asosida butun iqtisodiyot faoliyati boshqariladi.
Iqtisodiy jarayonlami kuzatish, tashkil qilish tegishli manbalami o‘zgarishiga olib kelish bilan birga ularga bo‘lgan talabni o‘rganish imkonini beradi. Bu imkoniyatni faqat hisob yuritish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin.
H isobni takomillashib borishiga birinchidan, ishlab chiqarishni o‘sib borishi o‘z ta’sirini o‘tkazib borsa, ikkinchidan, boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar ham hisobni rivojlanib borishiga asos yaratadi.
Xo‘jalik hisobining turlarini quyidagi rasmda ko‘rishimiz mumkin:
1.1-rasm. Xo‘jalik hisobining turlari
Xo‘jalik hisobi turlarini qaysi biridan foydalanish birinchi navbatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy jarayonni o‘rganish va kuzatish muddatlariga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan ma’lumotlami ya’ni, o'tkazilgan kuzatish natijalarini umumlashtirish tartibiga ham bog‘liqdir.
Operativ (tezkor) hisob. Korxonalarda ishlab chiqarishni tezkor boshqarish maqsadlarida yuritiladi. Operativ (tezkor) hisob muomala sodir bo‘layotgan joyning o‘zida va biror-bir xo‘jalik operatsiyasini sodir etish paytida yuritiladi. Bu hisobning korxona va uning tarkibiy bo‘linmalariga joriy rahbarlik qilish maqsadida ma’lumotlami tezkor ravishda olish va ulardan foydalanish uning farq qiladigan belgisi hisoblanadi. Hisobning bu turini tashkil qilish, yuritish uchun maxsus yo‘riqnoma talab qilinmaydi.
Tezkor hisobning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri ma’lumotni tezda yig‘ilishi va yetkazilishidir. Nazoratning tezkorligini ta’minlash uchun xo‘jalik operatsiyalarining borishi haqidagi axborotni tezroq olish kerak bo‘ladi. Shuning uchun tezkor hisobning ma’lumotlari iloji boricha osonroq yo‘l bilan qayd qilinishi mumkin. Ulami bevosita kuzatish yo‘li bilan telefon, faks, telegraf, og‘zaki yoki hujjatlar orqali yetkaziladi.
Tezkor hisobning ma’lumotlaridan mutloq aniqlik talab etilmaydi, chunki ulaming asosiy vazifasi - kuzatilayotgan obyektlarda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlami tezlik bilan xabar qilishdir. Shuning uchun amaliyotda tezkor hisobdan faqat taxminiy axborotni olish bilan kifoyalanadilar. Tezkor axborot yordamida - menejerlar ishlab chiqarish, foyda bo‘yicha topshiriqni bajarilishining borishi, korxonani ta’minlash va mahsulot realizatsiyasi bo‘yicha topshiriqlaming bajarilishi, tovar moddiy qiymatliklar zaxirasining darajasi hamda boshqa korxonalar, tashkilotlar, muassasalar bilan hisob-kitoblaming holati hamda borishi haqidagi ma’lumotlami olishda foydalanishadi.
Tezkor hisobning ba’zi ma’lumotlaridan faqat korxonaning tarkibiy qismidagina foydalanilmay, ularni boshqaruvchi organlarda ham foydalaniladi. Bunday ma’lumotlar umumlashtirilib, ichki tezkor hisobot tarkibiga kiritilishi mumkin. Tezkor hisobotning ko‘rsatkichlari ayrim tarmoqlar va butun iqtisodiyot miqyosida tegishli jarayonlamiborishi ustidan kuzatish hamda axborotni umumlashtirish uchun xizmat qiladi.
Tezkor hisobning ma’lumotlari ulardan keyinchalik foydalanishda buxgalteriya yoki statistika hisobida qayta ishlanadi.
Statistik hisob. Bu hisob jamiyatimizda yuz berayotgan ommaviy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hodisalarni o‘rganish va nazorat qilish, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlami yig‘ish hamda qayta ishlash tizimidan iborat. Xo‘jalik hisobining bu turi butun davlat iqtisodiyotini va uning tarmoqlarining rivojlanish jarayonini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Uning obyekti alohida korxona, tashkilot, butun bir iqtisodiyot yoki uning biror tarmog‘i bolishi mumkin.
Statistik hisobda o‘rganayotgan obyekti va qo‘yilgan maqsadiga qarab natura, mehnat va pul o‘lchov birliklaridan, umumlashgan ko‘rsatkichlami olish uchun operativ va buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan keng foydalaniladi.
Statistik hisobni yuritish, tashkil qilish belgilangan nizom va yo‘riqnomalar bilan tartibga solinadi. Statistik hisobot shakllari Moliya Vazirligi, Davlat Statistika Qo‘mitasi, tegishli idoralar tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Bu hisobning o ‘ziga xos xususiyati shundaki, birinchidan bir turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlami o‘rganish, kuzatish va tahlil qilishda ko‘p qo‘llaniladi, ikkinchidan, boshlanish va tugallanish muddatlari belgilanadi. Statistik hisobni operativ hisobdan farqi birinchidan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar to‘liq sodir etilganidan keyingina olib boriladi, ikkinchi farqi o‘tkazilgan kuzatish natijalari belgilangan hisobot shakllarida yaxlit va umumlashtirilgan holda ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya hisobi - har qanday mulkchilik shaklidagi korxona xo‘jalik faoliyatini yalpi, uzluksiz kuzatish va nazorat qilish, sodir bo‘lgan voqea-hodisalami hisob registrlarida qayd qilish, ularga ishlov berish hamda hujjatlarga asoslangan holda moliyavi^ hisobot ko‘rinishida axborotlarni foydalanuvchilarga taqdim qilish tizimidir.
Xojalik hisobi asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  1. iqtisodiyot tarmoqlarida sodir bolayotgan xo‘jalik jarayonlarini kuzatib borish;

  2. kuzatish orqali olingan ma’lumotlami miqdoriy ko‘rsatmalarda ifodalash;

c) korxona, tashkilot, muassasa xo‘jalik faoliyatlarini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd etish;
d) maxsus hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlami umumlashtirish va guruhlashtirish, xo‘jalik jarayonlari ustidan nazorat o‘matish hamda ularga ta’sir etish.
Xo‘jalik hisobining yuqoridagi funksiyalari ayrim korxona, muassasa, tashkilot va umuman butun iqtisodiyotning iqtisodiy jihatdan asoslangan joriy va kelgusidagi reja ko‘rsatkichlarini tuzishda, ular bajarilishini ustidan nazorat olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Buxgalter” atamasi nemis tilidan tarjima qilganda buck- kitob, halter-tutish so‘zlarining birikmasi bo‘lib, kitob tutuvchi degan ma’noni anglatadi. Ingliz tilida so‘zlashadigan mamlakatlarda buxgalteriya hisobi “accounting” deb yuritiladi.
Buxgalteriya hisobida har qanday xo‘jalik operatsiyasi bo‘yicha tegishli tarzda tuzilgan, barcha zaruriy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan, mas’ul shaxslar tomonidan imzolangan va tasdiqlangan hujjat tuzilishi kerak.
Buxgalteriya hisobining boshqa hisob turlaridan farq qilib, bu hisobning predmeti va metodlari shakllangan bo‘lib, xo‘jalik faoliyati davomida qonunda belgilangan moddalar bo‘yicha faoliyat yuritadi.
Buxgalteriya hisobi yordamida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini baholash, foyda va zararlarini aniqlash uchun asos yaratiladi. Buxgalteriya hisobidagi yozuvlar asosida belgilangan muddatlarda hisobot tuziladi.
Hisobni to‘g‘ri tashkil qilish va korxonani samarali boshqarish uchun ma’lum talablarga rioya qilish kerak. Bu talablar quyidagilardan iborat:
1. Hisob va reja ko‘rsatkich!arining birligi. Bu talab korxonada reja ko‘rsatkichlarini hisob ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash va reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi ustidan uzluksiz nazorat olib borishni ta’minlaydi. Reja va hisob ko‘rsatkichlarini taqqoslashning zarurligi shundaki, korxonaning istiqboldagi ishlar rejasini tuzish uchun hisob ko‘rsatkichlari yordamida o‘tgan davrda qanday natijalarga erishilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar oladi.
2. Hisobning aniqligi va to‘g‘riligi. Barcha hisob ma’lumotlari aniq va to‘g‘ri bo‘lishi hamda ular ayni vaqtda obyektiv boMishi lozim. Hisob ma’lumotlari faqat yutuqlami emas, balki kamchiliklami ham oshkora aks ettirishi lozim.
3. Hisobning oddiyligi va tushunarli bo‘lishi. Bu talabga ko‘ra, hisob ko‘rsatkichlari oddiy va barcha foydalanuvchilar uchun tushunarli bo‘lishi kerak, bu esa xo‘jalikni boshqarishda har bir xodimga hisob ma’lumotlaridan foydalana olish imkoniyatini beradi.
4. Hisobning tejamkorligi. Ushbu talabga ko‘ra, hisob ishlarini uzluksiz takomillashtirish va soddalashtirish, hisob olib borishning zamonaviy va arzon usullarini joriy qilishga hisob xodimlari sonini kamaytirish yo‘li bilan erishish mumkin.
5. Hisobning to‘liqligi va o‘z vaqtida bajarilishi. Hisob xo‘jalik jarayonining hamma tomonini egallashi va u to‘g‘rida to‘liq ma’lumot berishi lozim. Sodir bo‘layotgan xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar o ‘z vaqtida berilishi lozim. 0 ‘z vaqtida va to‘liq olib borilgan hisob yordamidagina korxonaning xo‘jalik faoliyatiga to‘g‘ri rahbarlik qilish, xo‘jalik jarayonini mukammal o‘rganish, sodir bo‘lgan kamchiliklami o‘z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf etish imkoniyatlariga ega bo‘lishi mumkin.

Yüklə 157,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə