Mavzu: buyuk ipak yo‘LI



Yüklə 25,19 Kb.
səhifə1/2
tarix17.06.2023
ölçüsü25,19 Kb.
#117695
  1   2
tarix ochiq dars


Aim.Uz



MAVZU: BUYUK IPAK YO‘LI.
Darsning ta’limiy maqsadi:O‘quvchilarda Buyuk Ipak yo‘li mavzusidagi La’l yo‘li,
Shoh yo‘li, Ipak yo‘li va ularning mamlakatimiz tarixidagi o‘rni va ahamiyati haqida
bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi:O‘quvchilarni o‘z ustilarida mustaqil ishlashga o‘rgatish.
Vatanparvarlik, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda ma’naviy va madaniy
meroslarimizni ko‘z qorachig‘iday asrab avaylashga o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarni darsga oldindan tayorgarliklarini xis qildirish.
Tarix faniga qiziqishlarini dars davomida turli musobaqalar uyushtirish yo‘li bilan oshirib
borish. Qadimiy savdo yo‘llari hozirgi taraqqiyotimizning beshigi ekanligini chuqur
anglatish.
Darsning turi:Aralash dars
Dars usuli: Kichik ma’ruza. Zamonaviy.
Dars jihozi: Prezident ma’ruzasi, darslik, dars ishlanma, ko‘rgazmali qurollar, tarqatma va
didaktik materiallar va yozuvsiz haritasi.
Texnik vositalar: kompyuter,ko‘rgazmalar va elektron darslik yozilgan disklar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism 2 daqiqa
II.Ma’naviyat daqiqasi 6 daqiqa
III.O‘tilgan mavzuni mustahkamlash 5 daqiqa
IV. Yangi mavzu bayoni 15 daqiqa
V.Yangi mavzuni mustahkamlash 12 daqiqa
VI.Darsni yakunlash. 3 daqiqa
VII. Uyga vazifa 2 daqiqa
I.Tashkiliy qism:
Salomlashish.
Davomatni aniqlash.
II. Ma’naviy-siyosiy daqiqa:O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘rta asrlar sharq
allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi
ro‘li va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan ma’ruzasi haqida
tushuncha berish.
O‘quvchilarga Prezident
ma’ruzasida ishlatilgan so‘zlarni
izohi keltiriladi.
AVESTO – miloddan
oldingi VI asrda yaratilgan kitob.
“Avesto” “o‘rnatilgan qonun-qoidalar, hayotning asosiy
yo‘riqnomasi, yo‘li” degan
ma’noni anglatadi.
BAG‘RIKENGLIK –
(tolerantlik) - (lotincha
“tolerare”-«sabr-toqat»,
“chidamoq”) jamiyatdagi turfa
madaniyatlilik, plyuralizm, turli-tumanlilik va xilma-xilliklarning
mavjudligini tan olish, qabul qilish, to‘g‘ri tushunish va hurmat qilishga qaratilgan ijobiy
munosabat. O‘zbek tilida bag‘rikenglik sabrlilik, toqatlilik, bardoshlilik, chidamlilik kabi
bir qator sinonimlarga ega. Bag‘rikenglik g‘oyasi uzoq tarixga ega bo‘lib, ushbu
tushuncha asrlar davomida shakllana bordi va bu jarayon hozirda ham davom etmoqda.
JAMIYATNI YANGILASH –jamiyatning hamma sohalarida tub o‘zgarishlarni
amalga oshirish.
MA’RIFATLILIK – keng qamrovli, serqirra fazilat bo‘lib, insonning o‘qimishligi,
ma’rifatga intiluvchanligi, bilimdonligi, olijanobligi kabi xislatlarni anglatadi. O‘z
xalqining tarixini, milliy va diniy qadriyatlarini, tilini, istiqbol manfaatlarini bilgan,
qadrlagan, milliy mansubligini anglagan, o‘z millatining istiqboli uchun qayg‘uradigan
insonlarni ma’rifatlilik fazilatiga ega, deya olamiz.
MENTALITET– (lotincha “mens” – aql, idrok) – jamiyat, millat, birlik yoki
alohida shaxsning tarixiy tarkib topgan tafakkur darajasi, ma’naviy salohiyati, ularning
hayot qonunlarini tahlil etish kuchi, muayyan ijtimoiy sharoitlarda shakllangan aqliy
qobiliyati, ruhiy quvvati.
MA’NAVIY UYG‘ONISH– milliy til va ma’naviyatni taraqqiy ettirish. Milliy
o‘zlikni anglash, milliy his - tuyg‘ularni, g‘ururni, vatanparvarlikni mustahkamlashni
anglatadi.
MUSTAQILLIK– (arabchadan – tobe emaslik, ixtiyori o‘zida, qaram emaslik) –
erkin va ozod ravishda, boshqalarning rahbarligisiz ish yurita bilish.
TSIVILIZATSIYA – Muayyan ijtimoiy taraqqiyot bosqichida erishilgan moddiy
va ma’naviy madaniyat bosqichi, madaniy taraqqiyot.
YUNESKO– Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’orif, fan va madaniyat
masalalari bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan hukumatlaroro tashkiloti.
III.O‘tilgan mavzularni takrorlash va mustahkamlash.
O‘qituvchi uyga vazifani tekshirib, o‘quvchilarga tezkor savollarni beradi va ularni
darsga tayyorgarligini sinovdan o‘tkazadi.
1. Friz bu –…..
2. Kushon podsholigi asoschisi haqida nimalarni bilib oldingiz?
3. Kushon podsholigi kimning davrida gullab yashnadi?
4. Kushon davlati mavjud bo‘lgan hududni zamonaviy xaritadan topish.
IV.Yangi mavzu bayoni:
Reja:
1. Qadimiy va go‘zal O‘zbekiston zamini – jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri.
2. Buyuk ipak yo‘li.
1. Brinchi rejani yoritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘rta
asrlar sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya
rivojidagi ro‘li va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan ma’ruzasidan
quyidagi fikrlar keltiriladi.
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, O‘rta asrlar Sharq tarixi shundan dalolat beradiki,
madaniyat va ta’lim-tarbiya, tibbiyot, adabiyot, san’at va arxitektura sohalaridagi beqiyos
yuksalish, ilmiy maktablarning vujudga kelishi,
yangi-yangi iste’dodli avlodlar to‘lqinining paydo
bo‘lishi va voyaga yetishi — bularning barchasi,
birinchi navbatda, iqtisodiyot, qishloq va shahar
xo‘jaligining ancha jadal o‘sishi, hunarmandlik va
savdo-sotiqning yuksak darajada rivojlanishi,
yo‘llar qurilishi, yangi karvon yo‘llarining ochilishi
va avvalambor nisbiy barqarorlikning ta’minlanishi
bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan.
Bu ko‘hna tuproqda milodgacha bo‘lgan
davrda va undan keyin qurilgan murakkab suv
inshootlari, hali-hanuz o‘zining ko‘rku tarovatini saqlab kelayotgan osori atiqalarimiz
qadim-qadimdan o‘lkamizda dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyati, me’morlik va
shaharsozlik san’ati yuksak darajada rivojlanganidan dalolat berib turibdi.
Mamlakatimiz tarixini o‘rganar ekanmiz, madaniyat va ta’lim-tarbiya, tibbiyot,
adabiyot, san’at va arxitektura sohalaridagi beqiyos yuksalish, ilmiy maktablarning
vujudga kelishi, iqtisodiyot, qishloq va shahar xo‘jaligining ancha jadal o‘sishi,
hunarmandlik va savdo-sotiqning yuksak darajada rivojlanishi, yo‘llar qurilishi, yangi
karvon yo‘llarining ochilishi va avvalambor tinchlikning ta’minlangani bilan bog‘liq
ekanligiga amin bo‘lamiz.
XI-XIII asrlarda asos solingan Xorazm davlati, Fors ko‘rfazigacha bo‘lgan
hududlardagi qo‘shni xalqlar yerlarini birlashtirgan holda, Osiyo qit’asining katta qismini
qamrab olgan.
Milodgacha bo‘lgan II asrdan milodiy XV asrga qadar qadimiy xalqaro transport
arteriyasi vazifasini bajarib, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo, O‘rta va Yaqin Sharq,
O‘rta Yer dengizi mintaqasi kabi hudud va mamlakatlarni bog‘lab kelgan Buyuk Ipak yo‘li
nafaqat ushbu hududlar o‘rtasida savdo-sotiq aloqalarini, balki qit’alar va davlatlar
o‘rtasida axborot almashuvini ta’minlashga ham xizmat qilgan.
Yangi texnologiya va ishlanmalarning (ipak, chinni buyumlar, porox, qog‘oz va
boshqa ko‘plab mahsulotlar) tez tarqalishida, qishloq xo‘jaligi ekinlari va
agrotexnologiyalarning, shuningdek, madaniy qadriyatlarning rivojlanishida muhim vosita
Tinchlik va barqarorlik bo’lmasa,
ilm-fan sohasida hech qanday o’sish,
taraqqiyot bo’lishi mumkin emas.
Qayerda tinchlik va barqarorlik
bo’lsagina ilm-fan markazlari,
akademiyalar, oliy o’quv yurtlari
paydo bo’ladi
Islom KARIMOV
vazifasini bajargan va shu tariqa tsivilizatsiyalararo muloqot va texnologiyalar almashuvi
uchun shart-sharoitlar yaratgan.
Shu bilan birga, Buyuk ipak yo‘li orqali Yevropaga, Yevropadan esa Osiyoga Sharq
va G‘arb olamidagi ulug‘ alloma va mutafakkirlar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar
yetkazilgan. Sokrat, Platon, Aristotel, Ptolomey va antik davrga mansub boshqa buyuk
allomalarning ilmiy asarlari, g‘oya va kashfiyotlarini o‘rganish uchun amaliy imkoniyat
vujudga kelishiga ham sabab bo‘lgan.
Osiyoda tibbiyot ilmining rivojlanishi chuqur asoslarga borib taqaladi. Bunda
Markaziy Osiyoning Buyuk ipak yo‘lining muhim savdo yo‘llari chorrahasida
joylashganligining ahamiyati kattadir. Chunki, Buyuk ipak yo‘li xalqlarning o‘zaro
madaniy aloqalariga ham imkon yaratgan. U orqali O‘rta osiyolik olimlar Qadimgi Xitoy,
Qadimgi Hindiston, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim tibbiyoti qo‘lga kiritgan yutuqlar
bilan tanishish imkoniga ega bo‘lgan.
Ayniqsa, o‘rta asrlarda Buyuk ipak yo‘lida Movarounnahrning ustuvor mavqega ega
bo‘lishi yurtimiz ilm-fanining, jumladan, tibbiyot ilmining rivojlanishiga omil
bo‘lgan. Shu davrdan boshlab, tibbiyot ilmi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan farmatsevtika
sohasi ham shakllana boshlagan. Bu davrga kelib O‘rta Osiyo shaharlarida maxsus
dorixonalar va shifoxonalar mavjud bo‘lganligi Poykendda olib borilgan qazishmalar
davomida tasdiqlangan. Qadim shaharda ochilgan xonalarning birida tibbiyotda va farmatsevtikada qo‘llaniladigan asboblar jamlanmasi qayd etilgan. Topilmaning ahamiyati shundaki, ular orasida bugunda tibbiyotda murakkab jarrohlik amaliyotlarida qo‘llaniluvchi asboblarga o‘xshash asboblar uchraydi. Bu o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda tibbiyot ilmining rivojlanishi natijasida murakkab jarrohlik amaliyotlari ham o‘tkazilganligini tasdiqlaydi.
2. Ikkinchi rejani yoritishda 6-sinflar uchun berilgan elektron darslikdan foydalanib,
Buyuk ipak yo‘li mavzusi bilan tanishamiz.
XVI asrga qadar Sharq bilan G‘arb xalqlari O‘rtasidagi tarixiy-madaniy va savdo
munosabatlari taraqqiyotida qadimgi dunyoda mashhur bo‘lgan Buyuk Ipak yo‘li muhim
o‘rin tutgan edi. Bu yo‘1 milod-dan avvalgi II asrda vujudga kelgan va «Buyuk meridianal
yo‘1» dab atalgan. Bu yo‘lga «Ipak yo‘li» degan nom 1877-yilda nemis geografi
F.Rixtgofen tomonidan berilgan.
Buyuk Ipak yo‘li tashkil topmasdan avval O‘rta Osiyo va Qadimgi Sharq hududida
savdo va madaniy ayirboshlash uchun turli-tuman yo‘llar mavjud bo‘lgan.
Eng qadimgi yo‘llardan biri miloddan avvalgi III–II mingyillikda vujudga kelgan
«La`l yo‘li»dir. U Pomir tog‘laridan boshlanib, Eron va Old Osiyo hamda Misr orqali
o‘tgan. Pomirdan olinadigan yarim nodir la`l toshi (lojuvard) Qadimgi Sharq mamlakatlari
zargarlari tomonidan yuksak baholangan. Badaxshon la`li ishlatilgan buyumlar Misr
fir`avnlari maqbaralaridan topilgan.
Boshqa biri Eron Ahamoniylari sulolasining yo‘li bo‘lib, «Shoh yo‘li» deb atalgan.
U miloddan avvalgi VI–IV asrlarda Kichik Osiyo shaharlarini, O‘rtayer dengizi bo‘yidagi
Efes, Sard shaharlarini Eron poytaxtlaridan biri – Suza bilan bog‘lab turgan. Tag‘in bir
yo‘l Eron, Baqtriya orqali Sug‘diyona, Toshkent vohasi va Qozog‘iston hududidan o‘tgan
va Oltoygacha borgan.
Arxeologlar Tog‘li Oltoydagi ko‘chmanchilarning zodagonlari qo‘rg‘onlaridan
miloddan avvalgi V–IV asrlarga oid Paziriq qo‘rg‘onini o‘rganganda kigiz gilam, jun
gazlamalar, oltin, jez va kumush buyumlar, O‘rta Osiyo va Eron matolaridan tikilgan
kiyimlar qoldiqlar topishgan. Barcha buyumlar yaxshi saqlangan, chunki qo‘rg‘onda 2500
yil davomida erimagan qalin muz qatlami yuzaga kelgan.
Buyuk Ipak yo‘li 12 ming kilometrcha uzunlikda bo‘lgan. U Sariq dengiz sohilidan
boshlanib, Sharqiy Turkiston, O‘rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali O‘rtayer dengizi
sohillarigacha borgan. Bu yo‘lda Sian, Dunxuan, Yorkent, Samarqand, Buxoro, Termiz,
Marv va boshqa qator qadimiy shaharlar joylashgan edi.
Sug‘diyonadan Xitoyga jun gazlama, gilam, bezak buyumlari va qimatbaho toshlar
olib borilgan; Baqtriyadan tuyalar, Farg‘onadan nasldor otlar, Badaxshondan la`l;
Hindistondan O‘rta Osiyoga ipgazlama matolar va paxta chigiti ortilgan karvonlar kelgan;
Xitoydan guruch keltirilgan; O‘rta Osiyodan Xitoyga uzum, yong‘oq, anor va boshqa
dehqonchilik mahsulotlari tashilgan.
Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan me`morchilik yodgorliklarini o‘rganganda turli
hunarmandchilik buyumlari, turli mamlakatlarning tangalari topilgan. Masalan, Termizdan
Rim tangalari xazinasi, Afrosiyobdan Rim sopol shamdonlari, Misr muhrlari topilgan.
Ahamiyati
Buyuk Ipak yo‘li Sharq va G‘arb xalqlari O‘rtasidagi keng madaniy ayirboshlashga
imkon yaratib berdi.
O‘rta Osiyo bu yo‘lning asosiy tarmoqlari chorrahasida turar edi. Bu yerga turli
mamlakatlar savdogarlari, hunarmandlari, olim va musiqa bilimdonlari qadam ranjida
qilganlar.

Yüklə 25,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə