Mavzu: dalillarani to`plash usullari reja


Murdani eksgumatsiya qilish



Yüklə 54,36 Kb.
səhifə2/2
tarix22.03.2024
ölçüsü54,36 Kb.
#180739
1   2
6-mavzu. ma\'ruzasi

Murdani eksgumatsiya qilish
Ushbu tergov harakati aksariyat hollarda dastlabki tergov va surishtiruv jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolarni bartaraf etish uchun o‘tkaziladi.
Ko‘zdan kechirish, tanib olish, tekshirish yoki ekspertizaga namunalar olish uchun murdani qabrdan chiqarib olish zarur bo‘lgan taqdirda tergovchi bu haqda qaror chiqaradi va prokurorning sanksiyasini oladi. Sud eksgumatsiyani surishtiruv organiga yoki tergovchiga topshirishi mumkin bo‘lib, bu haqda ajrim chiqaradi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 148-modda).
Murdani eksgumatsiya qilish tergov harakati tergov amaliyotida kam uchraydigan, zururat tug‘ilgan holatlarda o’tkaziladigan harakatlaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Eksgumatsiya so’zi lotincha “exhumation” “ex” – dan, “humas” - yer, tuproq so’zlaridan olingan bo’lib, ya’ni yerga ko’milgan joydan qazib olish degan ma’noni anglatadi.
Tergovchi murdani eksgumatsiya qilishni sog‘liqni saqlash organlari bilan kelishgan holda va murda ko‘milgan joy vakilining ishtirokida amalga oshiradi. Eksgumatsiya surishtiruv yoki dastlabki tergov vaqtida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, xolislarning ishtirok etishi shart. (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 149-modda). Bu tergov harakatida xolislar ishtirok etishi shart. Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi qarorni (ajrimni) tergovchi, surishtiruvchi qabriston ma’muriyati va sud-tibbiyot ekspertizalari muassasasiga yuboradi va eksgumatsiya qilish kunini va vaqtini (aniq vaqtini) belgilaydi, agar murdani qabristondan ekspertiza muassasasiga yuborish kerak bo‘lsa, sanitar-epidemiologik stansiyaga transport vositasi bilan ta’minlash to‘g‘risida eksgumatsiya qilish qarorida bu muassasani qayd etib, u erga ham shu qarorni yuboradi va transportning qabristonga etib kelish vaqti qayd etiladi.
Madomiki, murdani eksgumatsiya qilish tergov harakatini o‘tkazishda marhumning qarindoshlari norozilik bildirsalar, bu holat ichki ishlar organi yordamida bartaraf etilib, murdani eksgumatsiya qilish tergov harakati majburan o‘tkaziladi.
Murdani eksgumatsiya qilishning protsessual tartibi. Eksgumatsiya tergov harakatini o‘tkazish haqida tergovchi qaror chiqaradi va prokurorning sanksiyasini oladi. Prokurorning ruxsatini olib, eksgumatsiya to‘g‘risidagi qarorni tergovchi qabriston ma’muriyatiga, sog‘liqni saqlash organiga hamda zarur bo‘lsa, sanitariya–epidemiologiya stansiyasi ma’muriyatiga va sud-tibbiyot ekspertiza o‘tkazish muassasasiga yuborish huquqiga ega. Ushbu qarorda eksgumatsiya qilish asoslari, zaruriyati, qayerda eksgumatsiya o‘tkazilishi, qachon bu harakat o‘tkazilishi, kim bu qarorni chiqarganligi, qaysi mansabdor shaxsga bu qaror ijro etilishi uchun yuborilganligi qayd etilishi kerak. Bundan tashqari eksgumatsiyaga: ikkita xolis, sud-tibbiyot eksperti, qabriston vakili, texnik yordamchilar (ikki kishidan kam bo‘lmagan holda), eksgumatsiyani videoyozuvga olish bo‘yicha mutaxassis, ekspert-kriminalist va zarur bo‘lsa, yana boshqa sohadagi mutaxassislar qatnashishi kerak. Eksgumatsiyaga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi hamda murdani tanib oluvchi shaxslar taklif etilishi mumkin.
Eksgumatsiya qilingan murdani tashqi ko‘zdan kechirish va uning ichki organlarini tadqiq qilish o‘lim sababini aniqlashdan tashqari, uni vujudga keltiruvchi hollarni tiklashga imkon beradi, bu esa jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashda katta ahamiyatga ega.
Murda eksgumatsiya qilingandan so‘ng ushbu tergov harakati bo‘yicha asos bo‘lgan maqsad amalga oshiriladi:
1) murda ko‘zdan kechiriladi;
2) murdani tanib olish uchun ko‘rsatiladi;
3) ekspertiza zaruriyati bo‘lsa uni ekspertizaga yuboriladi;
4) taqqoslash uchun tadqiqot o‘tkazish kerak bo‘lsa, undan tegishli
namunalar olinadi.
Murdani eksgumatsiya qilish natijalarini protsessual qayd etish.
Eksgumatsiyani amalga oshirgandan keyin tergovchi, surishtiruvchi murdani dafn etish to‘g‘risida buyruq beradi va texnik yordamchilar murdani qayta qabrga dafn etadilar. Ushbu tergov jarayoni muttasil videoyozuvga yozib boriladi yoki ushbu vositalar bo‘lmasa suratga olib boriladi.
Eksperiment
Eksperiment tergov harakati deganda, jinoyat ishi bo‘yicha ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lum voqeaning holatini qayta tiklash yo‘li bilan tajriba harakatlarini o‘tkazish, biror hodisaning sodir bo‘lish imkoniyatini tekshirish, shuningdek hodisaning voqelikda qanday yuz berishi va izlarning qolish yo‘sinlarini aniqlash, shaxsning qobiliyatlari (ko‘rish, eshitish yoki jismoniy) va tergov tusmollarini tekshirish maqsadida o‘tkaziladigan protsessualharakat tushuniladi.
Eksperiment tergov harakati tekshiruvning xususiyatlariga ko‘ra bir necha turlarga ajratiladi. Bularga:
- eshitish qobiliyatini tekshirish;
- ko‘rish qobiliyatini tekshirish;
- muayyan xatti-harakatlarni bajara olish yoki bajara olmaslik qobiliyatini tekshirish;
- ma’lum bir harakatlarni muayyan vaqt oralig‘ida sodir eta olish qobiliyatini tekshirish;
- tergov tusmollarini tekshirish v.h..
Bundan tashqari, eksperiment tergov harakati jinoyat sodir etilishida izlarni qolish yo‘sinlarini aniqlash uchun ham o‘tkazililishi mumkin. Eksperiment surishtiruvchi yoki tergovchining qarori yoxud sudning ajrimiga asosan o‘tkaziladi.
Bayonnomaning xulosa qismida tergov harakati ishtirokchilarining bayonnoma bilan tanishganliklari va uni imzolari orqali tasdiqlaganliklari hamda bayonnomaga nisbatan ularda taklif yoki shikoyatlarning bor yoki yo‘qligi qayd etiladi. Eksperiment bayonnomasini tergovchi imzolagandan so‘ng u o‘z nihoyasiga yetkaziladi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 87-moddasiga binoan, dalillar tergov va sud harakatlarini yuritish: gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini, guvohni, jabrlanuvchini, ekspertni so‘roq qilish; yuzlashtirish; tanib olish uchun ko‘rsatish; ko‘rsatuvni hodisa ro‘y bergan joyda tekshirish; olib qo‘yish; tintuv; ko‘zdan kechirish; guvohlantirish; murdani eksgumatsiya qilish;eksperiment o‘tkazish; ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish uchun namunalar olish; ekspertiza va taftish tayinlash; taqdim etilgan ashyolar va hujjatlarni qabul qilish; telefonlar va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib borilganso‘zlashuvlarni eshitish yo‘li bilan to‘planadi. Mazkur tergov harakatlarini dalillarni to‘plashga, tekshirishga qaratilgan vazifasi nuqtai nazaridan guruhlarga tasniflang va tahlil qiling.
2. Protsessual harakatlar o‘z mohiyatiga ko‘ra jinoyat protsessual faoliyat ishtirokchilarining real xatti-harakatlari uchun huquqiy vositadir. Boshqacha aytganda, protsessual harakatlar – jinoyat-huquqiy va jinoyat-protsessual normalarni, shuningdek ayrim hollarda boshqa huquqiy tarmoqlar normalarini amalga oshirish vositasidir. Tergov harakatlari tizimini jinoyat ishi yuzasidan o‘tkaziladigan protsessual harakatlar bilan o‘zaro qiyoslang va protsessual shaklga rioya qilish nuqtai nazaridan tahlil qiling.
an va unda ko‘krak qafasi oldi devori qorin bo‘shlig‘ida va jigar qismida kesilib sanchilgan tan jarohatlari borligi aniqlangan.

ADABIYOTLAR


1. Jinoyat prosessual huquqi Darslik. Toshkent TDYU nashriyoti 2019 yil
2. Jinoyat-protsessual kodeksi 1994-yil 22.09. 2020-yil nashri
3. O’zbekiston Respublikasi jinoyat-prosessual huquqi. Savol va javoblar SH.F.Fayziyev 2011-yil
Yüklə 54,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə