Mavzu: Dasturiy ta’minotlarni testdan o’tkazishni o’rganish. Reja


Partition Tables (qattiq disklar bo’limlarining jadvallari) kadri



Yüklə 27,66 Kb.
səhifə4/5
tarix11.12.2023
ölçüsü27,66 Kb.
#146669
1   2   3   4   5
Mavzu Dasturiy ta’minotlarni testdan o’tkazishni o’rganish. Rej-hozir.org

Partition Tables (qattiq disklar bo’limlarining jadvallari) kadri.
Kadrning ma’lumot qismida (boksida) kompyuterda mavjud bo’lgan hamma qattiq disklarning bo’limlari to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan (kerakli bo’limni qidirish va ko’rib chiqish aylantirish polosasini ishlatish bilan bajariladi). Har bir bo’lim bo’yicha boshlang’ich, oraliq va oxirgi sektorlar va yo’lkalarni, diskning tizimli soxdsi va uning qiymatlari soxasini tavsiflovchi to’liq ma’lumotlar keltiriladi, shu bilan birga bo’limlarning ham mantiqiy, ham fizik tavsiflari keltiriladi. Bu kadrning ma’lumoti tamnirlashdan keyin tizimni tiklashda juda foydalidir (bo’limlar to’g’risidagi ma’lumotlarni kompyuterni ta’mirlashgacha еgiluvchan diskka yozib olib, undan ta’mirlash paytida tizim buzilganda uni tiklash uchun foydalanish mumkin). Kompyuterni testlash uchun bu kadrning ma’lumoti bevosita ahamiyat kasb еtmaydi.
Asosiy xotirani ishlatilishi to’g’risida
Ma’lumotlarni olish
Memory Summary (xotirani ishlatish shzrxi) SHK asosiy xotirasining borligi va uning hamma maydonlarini ishlatilishi to’g’risidagi ma’lumotni tiklashni ta’minlaydi (System Information dasturi
DOS ning xotira sig’imining borligiga nisbatan so’ziga ishonmaydi� va uni o’zi tekshiradi. Dastur kompyuterda xaqiqatda aniqlagan xotiraning turlari va sig’imlari shu kadrda aks еttiriladi).
Memory Summary kadrining ma’lumot qismida uchta soxa mavjud:
DOS Usage - standart xotira sig’imini (DOS reports) va uning taqsimlanishini ko’rsatadi, xususan, DOS va uning rezident dasturlari (DOS and resident programs) bilan band bo’lgan xotira soxasi o’lchami va foydalanuvchining amaliy dasturlari uchun (available for application programs) mumkin bo’lgan bo’sh soxasining o’lchami beriladi.
Overall - hamma turdagi tezkor xotiraning mavjudligi, sig’imlari va diapazonlari to’g’risida ma’lumotni aks еttiradi, chunonchi:
main memory - standart xotirani,
display memory - videoxotirani,
extra memory - maxsus xotirani,
extended memory – qo’shimcha xotirani,
expanded memory - aks еttiriladigan xotirani.
ROM BIOS Extensions are located at these segments soxasida System Information dasturi paykagan BIOS ning hamma kengaytmalari sanab o’tiladi, ya’ni boshqaruvchi dasturlarni o’z ichiga olgan DЕKD sining hamma sohalari yozib chiqiladi. Bu sohalar standart adres kengligida joylashgan va ularga yozilgan dasturlarga murojaat qilish BIOS dan amalga oshiriladi shuning uchun bu sohalar BIOS kengaytmalari deb ataladi.
Extended Memory (kengaytirilgan qo’shimcha xotira) va Expanded Memory (kengaytirilgan aks еttiriladigan xotira) kadrlari, agar ular kompyuterda bo’lsa, mazkur xotira turini ishlatilishini ko’rsatadi.
Kadrning ma’lumot qismida 4 soxa mavjud.
Memory Usage soxasida quyidagilar ko’rsatiladi:
Total Memory - kengaytirilgan xotiraning to’liq sig’imi;
Allocated - band bo’lgan kengaytirilgan xotira sig’imi;
Available - band bo’lmagan kengaytirilgan xotira sig’imi.
Bu soxada kengaytirilgan xotiraning versiyasi (XMS Version), drayver versiyasi (Driver Revision), yuqori xotiraning bandligi (High Memory Area) va b. to’grisidagi ma’lumotlar bo’ladi.
Kadr ma’lumot qismining o’ng yuqori soxasida xotiraning ajratilgan bloklari to’g’risidagi ba’zi bir detallarni, xususan, ularning o’lchamlarini ma’lum qilinadi.
Upper Memory Blocks soxasida, xususan, yuqori xotiraning bandligi ko’rsatiladi.
DOS Memory Blocks (DOS xotirasi bloki) standart xotiraning boshlang’ich segmentlari DOS fayllari o’rtasida qanday taqsimlanganligini ko’rsatadi - 59-rasm.
Kadr ma’lumot qismining chap qismida DOS fayllarini (dasturlar, qiymatlar, o’zgaruvchilar) o’z ichiga olgan xotira bloklarining (segmentlarining) boshlang’ich o’n oltilik adreslari (Address) keltirilgan; O’ngroqda fayllarning o’lchamlari (Size)
va ularning еgalari (Owner) - dasturlar, drayverlar va b. nomlari ko’rsatilgan; o’ngdagi ustunda bularning toifalari va vazifalari to’g’risidagi ma’lumot (Ture) keltiriladi.
TSR Program (xotirada rezident bo’lgan dasturlar) kadri asosiy xotiraga biror kerakli jarayonlarni bajarish uchun chiqariladigan va unda jarayonlar tugagandan keyin qoladigan dasturlarning xotirada joylashishini ko’rsatadi. Bu dasturlar (TSR Terminate and Stay Resident) ko’pincha ko’p joyni oladi va foydalanuvchi dasturlarining bajarilishiga xalaqit beradi.
Kadrning ma’lumot qismida (60-rasm) oldingi holatdagi DOS fayllariga nisbatan taxminan ana shunday mazmunli rezident dasturlar to’g’risida ma’lumotlar ko’rsatilgan: TSR Program ro’yxati keltiriladi, ularning adreslari (Address), o’lchamlari (Size), ularning nomlari yoki еgalari (Owner) beriladi, lekin Ture o’rniga (bu DOS bloklari uchun tegishli bo’lgan еdi) bu erda TSR Program ni aniqlaydigan bog’langan uzulish vektorlari (Hooked Interrupt Vectors) ko’rsatiladi.


Yüklə 27,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə