Mavzu: Davlatning pul kredit siyosati, maqsadi va dastaklari Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 88,68 Kb.
səhifə3/8
tarix30.12.2023
ölçüsü88,68 Kb.
#166783
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Davlatning pul kredit siyosati, maqsadi va dastaklari Mun-fayllar.org

MxV PxY daromad, pul miqdori va ularning aylanish tezligini ifodalaydi: (2)
Almashuv tenglamasidan ko’rinadiki, yil davomida pul aylanish tezligining
pul miqdoridagi ko’paytmasi nominal daromadga (ya’ni yil davomida sotib olingan
tovar va xizmatlarning nominal qiymatiga) teng bo’lishi kerak. Ushbu tenglamadan
pul miqdorining (M) o’zgarishi YAIMning u yoki bu tomonga o’zgarishiga olib
keladimi, degan savol tug’ilishi mumkin. (M)ning o’sishi pul aylanish tezligining
kamayishi hisobiga kompensatsiya bo’lishi mumkin. Shunda tenglik (MxV) va
(PxY) o’zgarmasdan qoladi.
Fisherning fikricha iqtisodiyotda pul aylanish tezligini kredit institutlari
aniqlaydi. Agar, odamlar qilayotgan haridlari uchun qisob cheklari va kredit
kartochkalari orqali to’lovlarni amalga oshirsalar, naqd pullar to’lovda kamroq
ishlatilib, pul aylanish tezligi oshadi va aksincha. I. Fisher institutsional va
tehnologik omillar pulning aylanish tezligiga juda sekin ta’sir qiladi, Shuning
uchun qisqa muddatli davrda pulning aylanish tezligini doimiy deb hisoblash
mumkin, deydi.
Shuningdek, Fisherning qisqa muddatli davrda pulning aylanish tezligi
doimiy degan tahmini almashuv tenglamasini pulning miqdoriylik nazariyasiga
aylantirdi. Chunki bunga ko’ra, nominal YAIM mutlaq ravishda pul massasining
tebranishlari orqali aniqlanadi. Klassiklar, Shuningdek, I.Fisher ham ish qaqi va
baholarni mutlaqo egiluvchan deb hisoblashgan. Shuning uchun ular yalpi ishlab
chiqarish (Y) to’liq bandlilik darajasida iqtisodiyotning soqlom rivojlanishi
sharoitida o’zgarmasdan qoladi, deb hisoblashgan. Ular almashuv tenglamasida
(Y) ni ham qisqa muddatli davrda doimiy deb hisoblashgan12. Pulning miqdoriylik
nazariyasiga ko’ra, agar (M) ikki qissa oshsa (P) ham ikki qissa oshishi kerak.
Klassik iqtisodiy maktab iqtisodchilarining nuqtai nazaridan qaraganda pulning miqdoriylik nazariyasi baholar darajasining tebranishini tushuntirishga imkon beradi: baholar darajasi o’zgarishi faqat pul massasi hajmining tebranishi tufayliyuzaga keladi.
Umuman, XX asrning 70-yillarida keynschilar maktabining inqirozi
kuzatildi. Iqtisodiy fanda neoklasssik yo’nalish, shu jumladan, uning zamonaviy
shakli - monetarizm yetakchi o’ringa chiqdi. Ma’lumki, monetarizm iqtisodiyotni
monetar siyosat vositalari orqali va baholar yordamida tartibga solishga ustuvor
darajada ahamiyat beradigan, muvozanatlashgan tizim sifatida qaraydigan
nazariyadir.
Ma’lumki, o’tgan XX asrning 70-yillariga kelib, rivojlangan davlatlarning
iqtisodiyotida shunday holatlar yuzaga keldiki, bu holatlarning tub sabablarini
Keyns nazariyasining qoidalari doirasida tushuntirib berish mumkin emas edi.
Chunki, iqtisodiy pasayish va ishsizlikka qarshi kurash chora-tadbirlari
inflyatsiyaga qarshi siyosatga zid kelib qolgan edi. Jumladan, 1960-1973 yillarda
AQSH yalpi milliy mahsulotining o’rtacha yillik o’sishi 4,1 foizni tashkil etgan
bo’lsa, 1974-1981 yillarda atigi 2,7 foizni teng bo’ldi. O’z navbatida, 1979 yilda
ichki baholar o’sishining umumiy sur’ati 12,1 foizni tashkil etgani holda ishsizlik
iqtisodiy faol aholining 8 foizidan ortiqroq qismni tashkil qildi13.
Shuningdek, 1970-1980 yillarda boshqa rivojlangan davlatlar kabi AQSH
iqtisodiyotida ham nobarqaror iqtisodiy o’sish, to’lov balansi va byudjet taqchilligi
hamda inflyatsiya va ishsizlik darajalarining o’sishidek bir qator jiddiy
makroiqtisodiy va moliyaviy muammolar ko’ndalang bo’lib qoldi. Xususan, o’tgan
asrning 70-80-yillari oxirida sanoat jihatdan rivojlangan ko’pchilik mamlakatlar bir
qator jiddiy makroiqtisodiy va moliyaviy muammolarga duch keldi. Ushbu davrda
byudjet taqchilligining sezilarli darajada o’sishi inflyatsion jarayonlarni
kuchaytirib, nobarqaror iqtisodiy o’sishni yuzaga keltirgan edi. Ayniqsa, byudjet
taqchilligi quyidagi davlatlarda yuqori sur’atlarda o’sdi.
Jumladan, 1976 yilda byudjet taqchilligi YAIMga nisbatan Italiyada-11,3
foizni, Irlandiyada-10,1, Portugaliyada-10,5, Buyuk Britaniyada-5,7, YAponiyada-
5,5, Avstriya va Avstraliyada-4,7 foizni, AQSHda va YAngi Zelandiyada-4,4foizni, Kanadada-3,1, Germaniyada-2,8 foizni tashkil etgan edi. Ushbu davlatlar
amalga oshirgan qator chora-tadbirlariga qaramasdan, byudjet taqchilligi 1976
yildagi o’rtacha 4,8 foizdan 1990 yilda 3,2 foizgacha pasaygan, holos14.
Ma’lumki, monetarizm iqtisodiyotni monetar siyosat vositalari orqali va
baholar yordamida tartibga solishga ustuvor darajada ahamiyat beradigan,
muvozanatlashgan tizim sifatida qaraydigan nazariyadir. N.Kaldorning fikriga
ko’ra, monetarizm - bu "asosan bitta iqtisodchining favqulodda kuchli ishontirish
qobiliyatiga ega bo’lgan iqtisodchi - professor Milton Fridmenning sa’y-
harakatlarining mevasidir"15.
Foiz stavkasining pulga bo’lgan talabga ta’siriga oid ilk tadqiqotlardan biri,
AQSH iqtisodchisi Jeyms Tobin tomonidan amalga oshirilgan. U muomaladagi
pullarni ikki qismga bo’lib, birinchisini transaksion, ya’ni kundalik ehtiyojlar
uchun ishlatiladigan, ikkinchisini foydalanilmaydigan pullarga ajratgan. U
transaksion pullarni daromadga proporsional, foydalanilmaydigan pul qoldiqlarini
foiz stavkasi bilan bog’liq, deb hisoblagan16.
So’ngra J.Tobin 1922-1941 yillarda foydalanilmaydigan pul qoldiqlarining
foiz stavkasi bilan o’zaro bog’liqligini tekshirib ko’rib, ushbu ko’rsatkichlar
o’rtasidagi aniq aks ta’sirning guvohi bo’lgan va pulga bo’lgan talab foiz
stavkasining o’zgarishiga bog’liq, degan hulosaga keldi .
O’sha davrda D.Leyder, K.Bryunner, A.Meltser kabi olimlar tomonidan olib
borilgan pulga bo’lgan talab to’g’risidagi qo’shimcha emperik tadqiqotlar ham
J.Tobinning ushbu kashfiyotini tasdiqlaydi. Aslida foydalanilmaydigan pullar real
hayotda transaksion pul qoldiqlari bilan ajralmasdir. Umuman, J.Tobin va uning
safdoshlari pulga bo’lgan talab foiz stavkasining o’zgarishiga bog’liq, degan
hulosaga kelishgan.
Bizning nazarimizda foiz stavkasi pulga bo’lgan talabga, shuningdek,
makroiqtisodiy va monetar ko’rsatkichlarga ta’sir qiladi. Aslida Markaziy bank pul
taklifini o’zgartirish orqali pul massasi, inflyatsiya, valyuta kursi va bank tizimi
likvidliligiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. AQSH iqtisodiyoti misolidagi
tadqiqotlar ham foiz stavkasining bir vaqtda pul massasi va inflyatsiyaga bevosita
ta’sir qilishini ko’rsatmoqda.
Fridmen qoidasiga ko’ra shunday deyilgan: "Optimal pul miqdorining
yakuniy qoidasi shunday deflyatsiyaga erishish kerakki, qaysiki nominal protsent
stavkasi nolga tenglashishi kerak". 1950-1960 yillar holati uchun M. Fridmen
AQSH pul massasining nominal o’sish tempini yillik 2 foizda ushlab turishni
ma’qul deb hisoblagan19. Bu esa, o'z navbatida, tijorat banklari kredit emissiyasi
hajmini sezilarli darajada oshirish imkonini bermaydi. Natijada, iqtisodiyot real
sektori korxonalarining bank kreditlariga bo'lgan talabini qondirish, tijorat banklari
kredit emissiyasi hajmini ko'paytirish yo'li bilan monetizatsiya koeffitsientining
darajasini oshirish, ipotekali va istemolli kreditlash amaliyotlarini takomillashtirish
yo'li bilan aholining to'lov qobiliyatini rag'batlantirish vazifalarini hal qilish
imkonini bermaydi".
Hozirgi zamon keynschilari va monetarchilari ham ikki yirik nazariy oqim
sifatida pul taklifining o’zgarishi nominal YAIMga ta’sir qilishini tan oladilar,
ammo ular ushbu ta’sirga turlicha baho beradilar. Xususan, mazkur ta’sirning
ahamiyati va mehanizmning o’zi: keynschilar nuqtai nazaridan qaraganda, monetar
siyosat asosida ma’lum darajada foiz stavkasi bo’lishi kerak, monetarchilar nuqtai
nazaridan qaraganda esa ushbu asos - pul taklifining o’zidir. Amalda Markaziy
bank monetar siyosatning zamonaviy vositalaridan samarali foydalangan holda,
jumladan, qayta moliyalash stavkasini o’zgartirish orqali, muomaladagi pul
massasi hajmini istagan miqdorgacha o’zgartiradi. Davlat siyosatining eng asosiy
maqsadi, keynschilarning qarashlariga ko’ra, mehnat resurslarining yuksak
darajada bandliligini va ishlab chiqarishning maksimal darajada o’sish sur’atini
ta’minlash bo’lsa, monetarchilar uchun asosiy vazifa baholarning va milliy pul
birligining barqarorligini ta’minlashdan iboratdir. Shu sababli, monetarchilarning
modellarida ishchi kuchi bozoridagi holat va ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi
tarkibiy omillar ta’sirida shakllanadi va shu sababli, iqtisodiy siyosat choratadbirlari yordamida o’zgarishi mumkin emas. Ana shunga asoslangan holda, ular konyunkturaning siklik tebranishlariga har qanday vositalar bilan barham berishga harakat qiladilar.
Zamonaviy monetarizmning asosiy qoidalarih1. Monetarizm shunday
asoslaydiki, bozor iqtisodiyotini ichki barqaror tizim, deb hisoblaydi. Bozor
iqtisodiyotidagi barcha salbiy holatlar davlatning iqtisodiyotga vakolatsiz
aralashuvining natijasidir, ushbu aralashuvni minimum darajagacha pasaytirish
kerak.
1 . Pul omili (muomaladagi pul massasi) va nominal YAMM o’rtasidagi
korrelyatsiya, investitsiya va YAMM o’rtasidagi korrelyatsiyaga nisbatan ancha
uzviy bog’liq ekanligi kuzatildi. YAMM dinamikasi pul massasi izidan boradi.
Monetarchilar shuni ta’kidlaydilarki, muomaladagi pul miqdori va milliy
iqtisodiyot doirasida sotilgan tovarlar va hizmatlar hajmi o’rtasida ma’lum bir
bog’lanish mavjud. Ushbu bog’lanish I.Fisherning almashuv tenglamasi yoki
boshqacha qilib aytganda pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi orqali
ifodalanadi: bunda, M - muomaladagi pul miqdori, V - pul aylanish tezligi, P tovar va hizmatlarning o’rtacha baqosi, Q - ma’lum vaqt davrida milliy iqtisodiyot

Yüklə 88,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə