Mavzu: Davlatning pul kredit siyosati, maqsadi va dastaklari Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 88,68 Kb.
səhifə1/8
tarix30.12.2023
ölçüsü88,68 Kb.
#166783
  1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Davlatning pul kredit siyosati, maqsadi va dastaklari Mun-fayllar.org


Mavzu: Davlatning pul kredit siyosati, maqsadi va dastaklari Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism


Mavzu: Davlatning pul kredit siyosati, maqsadi va dastaklari
Mundarija:
I.Kirish
II.Asosiy qism
1.Markaziy bankning pul-kredit siyosati hususidagi ilmiynazariy qarashlar
2. Markaziy bankning pul-kredit siyosatining strategik va taktik
maqsadlari
3. Davlat pul –kredit siyosatining to’lov balansiga ta’siri va buning oqibatlari
4.Markaziy bank diskont siyosatining tijorat banklarida pul-kredit faoliyatiga ta'siri tahlili
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida monetar siyosat vositalarini takomillashtirish xususida quyidagi asosiy muammo va kamchiliklarni keltirib
o’tmoq maqsadga muvofiqdir. Fikrimizcha, ularning asosiylari quyidagilar:
bilvosita vositalarning barcha yangi turlarini joriy etish; majburiy zahira talablari
me’yorini pasaytirish, Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalarini va
muomaladagi ortiqcha likvidlilikni tartibga solish mehanizmlarini rivojlantirish;
kapital bozorini to’liq shakllantirish va rivojlantirish; yalpi ichki masulot deflyatori
bo’yicha umumiy inflyatsiya indeksini yanada pasaytirish hamda pulga bo’lgan
talabni oshirish muammolarini bartaraf etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
“O’tgan yil yakunlarini sarhisob qilar ekanmiz, birinchi navbatda, iqtisodiyotimiz
va uning etakchi tarmoqlarini rivojlantirish borasida barqaror yuqori o’sish
sur’atlariga erishganimizni ta’kidlash joiz. Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,1
foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,3 foizga, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi 6,9
foiz, kapital qurilish 10,9 foiz, chakana savdo aylanmasi hajmi 14,3 foizga oshdi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70 foizini yuqori qo’shimcha qiymatga
ega bo’lgan tayyor tovarlar tashkil etdi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi
2020 yilda 9,4 foiz, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,7
foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 10 foizga o’sdi. Inflyatsiya
darajasi yil yakunlari bo’yicha 6,1 foizni tashkil etdi. Bu prognoz ko’rsatkichlariga
nisbatan sezilarli darajada pastdir”1.
Monetar siyosatni takomillashtirish, uning makroiqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta’minlashdagi rolini oshirishningnazariy asoslari xorijlik iqtisodchi olimlar – G.Kassel, J.Keyns, Jan Matuk, A.Ulyukayev, A.Shvarts, J.Fleming, I.Fisher, L.Katao, L.Krasavina, M.Ershov, M.Pivovarova, M.Terronza, O.Lavrushin, P.Samuel’son, S.Moiseev2 , R.Dornbush, R.Mandell, R.Makkinnon, S.Fisher, M.Fridmen, F.Maxlup, G.Fetisov, I.Mamonova, kabi olimlarning ilmiy ishlarida tadqiq etilgan. J.M.Keyns keynschilik pul-kredit konsepsiyasini yaratdi va to’lovga qobil talabni rag’batlantirishga qaratilgan “arzon pullar” konsepsiyasini joriy qildi va ushbu konsepsiya hozirga qadar o’zining amaliy ahamiyatini yo’qotgan emas.
M.Fridmen monetarizm pul-kredit konsepsiyasini yaratdi va bu konsepsiya
monetar siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishning nazariy - uslubiy asosini
tashkil etmoqda.
Monetar siyosatni takomillashtirishning ayrim nazariy va amaliy jihatlari
Sh.Shodmonov, M.Yaxshiyeva, R.Yusupov, A.Vahobov, N.Jumayev , A.Vahabov,
O.Olimjonov, O.Namozov, R.Shomurodov, T.Boboqulov, F.Mullajonov3,
Sh.Abdullayevalarning ilmiy izlanishlarida o’z ifodasini topgan.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishning maqsadi, yetakchi olimlarning keng ilmiy izlanishlari va metadologik uslublariga tayanib,
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining monetar siyosatini takomillashtirish
va uning makroiqtisodiy barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlashdagi rolini
oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun ilmiy ishimiz oldiga quyidagi vazifalarni hal etish
qo’yildi:
- Keynschilik pul-kredit konsepsiyasining nazariy asoslarini o’rganish;
- Monetarizm pul – kredit konsepsiyasining o’ziga xos xususiyatlari va
uning nazariy asoslari
- Monetar siyosatning strategik va taktik maqsadlarini aniq belgilash va
uning barqarorligini ta’minlash
- O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar siyosati
instrumentlaridan foydalanish amaliyotini tahliliy yo’llar bilan o’rganish;
- O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining monetar siyosatini
takomillashtirish va uning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi rolini oshirish
bilan bog’liq bo’lgan muammolarni aniqlash
- Respublika Markaziy bankining monetar siyosatini takomillashtirish
yo’llari va uning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi rolini oshirishga
qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar berish;
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.


Yüklə 88,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə