Mavzu: Davlatning pul kredit siyosati, maqsadi va dastaklari Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism


-2020 yillarda tijorat banklari kreditlari hajmi va qayta



Yüklə 88,68 Kb.
səhifə6/8
tarix30.12.2023
ölçüsü88,68 Kb.
#166783
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Davlatning pul kredit siyosati, maqsadi va dastaklari Mun-fayllar.org

2004-2020 yillarda tijorat banklari kreditlari hajmi va qayta
moliyalash stavkasi o'rtasidagi bog'liqlik dinamikasi

Qayta moliyalash stavkasining pasaytirilib borilishi tijorat banklari


tomonidan jalb qilinayotgan kredit resurslarining arzonlashuviga olib keldi va bu
o'z navbatida ishlabchiqarish sohasida band bo'lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar,
dehqon va fermer xo'jaliklari, mikrofirmalar va kichik korxonalarning banklar
kredit mablag'laridan foydalanishiga keng yo'l ochib berdi. Bu esa, o'z navbatida,
iqtisodiyotni kreditlashni kengaytirish va shu asosda barqaror iqtisodiy o'sish
jarayonlarini qo'llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda (1 -rasmga qarang).
2-rasm.
AOTB Ipoteka bank kreditlari va Markaziy bankning qayta

moliyalash stavkasining o'zaro bog'liqligi dinamikasi

AOTB Ipoteka bank aktivlari ham yildan yilga ortib bormoqda. Xususan,


2020 yilda 2008 yilga nisbatan bankning aktivlari 3,5 barobarga ko'payib, 1,5 trln
so'mdan ortib ketdi. Bankning aktivlari tarkibida asosiy salmoqni bankning
kreditlari tashkil etmoqda, ya'ni uning ulushi 201 4 yilda 61 %ni tashkil etgan.
OATB Ipotekabankning kreditlari aktivlar bilan mos ravishda ortib bormovda va
unga Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi ham o'z ta'sirini ko'rsatmoqda
(2-rasmga qarang).


4. Markaziy bank diskont siyosatining tijorat banklarida pul-kredit
faoliyatiga ta'siri tahlili
2020 yilda pul-kredit siyosati “Monetar siyosatning 2020 yilga
mo'ljallangan asosiy yo'nalishlari” asosida amalga oshirilib, iqtisodiyotni
rivojlantirishning ustuvor vazifalari, xususan belgilangan makroiqtisodiy
ko'rsatkichlarning so'zsiz bajarilishini ta'minlashga qaratildi. Bunda, yalpi ichki
mahsulotning o'sish sur'atlariga muvofiq iqtisodiyotning pulga bo'lgan oshib
borayotgan talabini to'liq qondirish va bank tizimi likvidligini maqbul darajada
saqlab turish orqali inflyatsiya darajasini belgilangan maqsadli parametridan
oshirmaslik maqsadida Markaziy bank o'z tasarrufidagi pul-kredit siyosati
instrumentlaridan faol foydalandi.
Ochiq bozordagi operatsiyalar muomaladagi pul massasini boshqarish,
bank tizimi likvidligini tartibga solish va foiz stavkalari barqarorligini
ta'minlovchi asosiy instrumentlardan biri sifatida Markaziy bank tomonidan
muntazam ravishda keng qo'llanilib kelinmoqda.
Markaziy bank tomonidan pul-kredit ko'rsatkichlarining maqsadli
parametrlaridan kelib chiqqan holda, to'lov balansining ijobiy saldosi hisobiga
shakllangan qo'shimcha likvidlikni sterilizatsiya qilish operatsiyalari o'tkazilib
borildi. Jumladan, 2017 yilda tijorat banklari mablag'larini Markaziy bankning
maxsus depozitlariga jalb qilish operatsiyalari hajmi 2016 yilga nisbatan 1,4
martaga oshib, 4,3 trln. so'mni tashkil qildi
2020 yil davomida Markaziy bank tomonidan pul bozorida tashqi savdo
balansining ijobiy saldosi va bank tizimi sof tashqi aktivlarining ko'payishi
hisobiga shakllangan qo'shimcha likvidlikni sterilizatsiya qilish operatsiyalarining
muntazam ravishda o'tkazib borilishi orqali iqtisodiyotdagi inflyatsion bosimning
oldi olindi.
O'tgan yilda Markaziy bank tomonidan pul massasini prognoz ko'rsatkich
doirasida ushlab turish maqsadida amalga oshirilgan sterilizatsiya
operatsiyalarining hajmi 2019 yilga nisbatan 1,4 martaga oshib, 2020 yilning
1 yanvar holatiga ko'ra 5,9 trln. so'mni tashkil qildi.
Hozirgi paytda xalqaro bank amaliyotida ochiq bozor operatsiyalari pulkredit siyosatining asosiy vositasi hisoblanadi va odatda Markaziy bank
tomonidan yirik banklar hamda boshqa moliya-kredit muassasalari hamkorligidaamalga oshiriladi. O'zbekistonda ham pul-kredit siyosatini amalga oshirishda,
shuningdek, pul massasini samarali tartibga solishda ushbu vositadan keng
foydalanib kelinmoqda. Davlat byudjetining taqchilligini noinflyatsion qoplash
manbasi bo'lgan davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO) 1996 yili mart
oyida muomalaga chiqarila boshlandi. Shu vaqtdan boshlab davlatning qisqa
muddatli obligatsiyalari bozori tez rivojlana bordi va qisqa muddatda u moliya
bozorining asosiy vositalaridan biriga aylandi. 1996 yildan davlat qisqa muddatli
obligatsiyalarining(DQMO) muomalaga chiqarilishi, byudjet taqchilligini
moliyalashtirishning noinflyatsiyaviy manbasi bo'lib, 1997 yilda 1996 yilga
nisbatan byudjet kamomadini emissiyaviy qoplanishini 2 martaga kamaytirishga
xizmat qildi. Ikkinchi tomondan esa, DQMOlar tijorat banklari uchun
o'zmablag'larini risksiz aktivlarga yo'naltirish va daromad olish manbaiga
aylangan bo'lsa, Markaziy bank uchun ochiq bozordagi operatsiyalarni amalga
oshirish imkonini berdi.
Ta'kidlash joizki, Vazirlar Maxqamasining 2003 yil 4 fevraldagi «Pulkredit ko'rsatkichlarini tartibga solish mexaniz-mini takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida»gi 63-sonli Qarori Markaziy bank tomonidan pul massasi
ustidan yanada samarali nazoratni ta'minlash imkoniyatlarini yaratdi. Mazkur
qarorga asosan pul agregatlarini tartibga solishning yangi mexanizmlari joriy
etildi. Xususan, 2005 yilda pul massasi o'sishini tartibga solish, pul bozorini
rivojlantirish va monetar siyosatning bozor vositalaridan keng foydalanish hamda
monetar siyosat samaradorligini oshirish borasida muntazam ravishda tegishli
chora-tadbirlar ko'rib borildi. Mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda, pul
massasi o'sishining choraklik va yillik maqsadli prognozlarini ishlab chiqish
hamda ularning bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borish ishlari yanada
kengaytirib borildi. Jumladan, pul bozoridagi holat, xususan, banklararo pul
bozoridagi depozit va kredit foiz stavkalarining hamda pul agregatlarining
o'zgarishi, ularga ta'sir etuvchi omillar bo'yicha doimiy ravishda tahlillar va
monitoringishlari olib borildi. Mazkur qaror asosida, kassa rejalarini
shakllantirish tizimi bekor qilindi. Pul massasi ustidan samarali nazoratni
ta'minlash imkonini beruvchi pul agregatlari, bank tizimining likvidligi va pulga
bo'lgan talabning faktorlar bo'yicha tahlili va dinamikasini modellashtirish hamda
tijorat banklariniig likvidligini qisqa muddatli tartibga solishning bozor vositalari,
shu jumladan foiz stavkalari va majburiy zaxiralar normasini boshqarish, valyuta
depozitlari, davlat qimmatli qog'ozlari va boshqa birinchi darajali aktivlar garovi
asosida kreditlar berish va ularni jalb qilish usulidan keng foydalanish ko'zda
tutildi.
Markaziy bank tomonidan depozit operatsiyalarining «overnayt» (1 kun
muddatga), «tom-nekst» (1 kun muddatga, keyingi kundan boshlab), «spot-nekst»
(1 kun muddatga, 2 kundan so'ng), «1 hafta», «2 hafta» shartlari asosida o'tkazilib
borildi. Ushbu tadbir tijorat banklaridagi ortiqcha mablag'larni Markaziy bankka
jalb qilish, muomaladagi pul massasini kamaytirish asosida inflyatsiya sur'atlarini
yanada pasaytirishga qulay shart-sharoitlar yaratdi.
Mazkur vositalarni bozor sharoitiga mos holda takomillashtirilishi tijorat
banklariniig likvidligini boshqarishning qulay vositalaridan biri sifatida REPO
(qimmatli qog'ozlarni qaytarib sotib olish sharti bilan tuziladigan oldi-sotdi
bitimi) operatsiyalarini yanada kengayishiga hissa qo'shmoqda. Shuningdek,
Markaziy bank tomonidan davlat qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirish
bo'yicha faol ishlar olib borilmoqda. Davlatning o'rta muddatli obligatsiyalarini
joylashtirish bo'yicha doimiy kimoshdi savdolari o'tkazilmoqda.
Bundan tashqari, Markaziy bank ochiq bozordagi operatsiyalar hajmini
oshirish maqsadida, monetar siyosatning bozor mexanizmlaridan keng
foydalanilgan holda,o'zining obligatsiyalari bilan ham moliya bozorida qatnashib
bordi.
Markaziy bank obligatsiyalari bilan amalga oshirilgan savdolar hajmi
yildanyilga ortib bordi. Xususan, 2005yilda Markaziy bankning yuridik
shaxslarga mo'ljallangan obligatsiyalarini joylashtirish bo'yicha jami 17 ta
kimoshdi savdosi o'tkazilib, ularda joylashtirish uchun e'lon qilingan
obligatsiyalar hajmi 20,0 mlrd. so'mni tashkil etdi va ular bo'yicha to'lanadigan
foizlar yuridik shaxslar uchun 9,5 foizni tashkil qildi.
Moliya vazirligi tomonidan muomalaga chiqarilgan davlat o'rta muddatli
obligatsiyalari bilan birlamchi va ikkilamchi bozorlarda oldi-sotdi operatsiyalarini
amalga oshirish davom ettirildi.
2016 yilda Moliya vazirligi tomonidan yuridik shaxslar uchun chiqarilgan
obligatsiyalarni joylashtirish bo'yicha o'tkazilgan auktsion savdolarida 23,6 mlrd.
so'mlik obligatsiyalar joylashtirildi. Bunda, 17,9 mlrd. so'mlik obligatsiyalar
birlamchi savdolarda, qolgan 5,7 mlrd. so'mlik obligatsiyalar esa ikkilamchi
savdolarda qo'shimcha joylashtirildi.
2017 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra muomaladagi davlat o'rta muddatli
obligatsiyalari hajmi 53,0 mlrd. so'mni tashkil etib, shundan 42,0 mlrd. so'mi
(yoki 79,9 foizi) banklar hissasiga, qolgan 11,0 mlrd. so'mi (yoki 20,1 foizi)
korxonalar hissasiga to'g'ri keladi. Ushbu obligatsiyalar bo'yicha o'rtacha yillik
daromadlilik 5,8 foizni tashkil etdi.
Markaziy bank pul-kredit ko'rsatkichlari, jumladan yalpi pul massasining
belgilangan darajada bo'lishini ta'minlashva oltin-valyuta zaxiralarining oshishi
hisobiga muomalaga chiqarilgan ortiqcha pul massasini qaytarib olish maqsadida
tijorat banklarining mablag'larini depozitlarga jalb qilish bo'yicha operatsiyalarni
muntazam ravishda amalga oshirib bordi.
Iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish maqsadida Markaziy bankning qayta
moliyalash stavkasi 2017 yilning 1 yanvaridan yillik hisobda 14 foizdan 12
foizgacha tushirildi va hozirgacha o'zgartirilmasdan saqlab turildi. Bu esa, o'z
navbatida pul bozorida foiz stavkalarining pasayishiga olib kelib, xo'jalik
yurituvchi sub'ektlar xarajatlarining kamayishi va buning natijasida ularning
investitsion faolligini oshirishga xizmat qildi.
2019 yilda jismoniy shaxslarning tijorat banklaridagi depozitlari bo'yicha
o'rtacha tortilgan foiz stavkalari yil boshidagi 9,9 foizdan yil oxirida 9,6
foizgacha tushdi. Yuridik shaxslarning jamg'arma va muddatli depozitlar bo'yicha
o'rtacha tortilgan foiz stavkalari 201 3 yil davomida 6,1 foizdan 5,9 foizgacha
pasaydi.
Aholi real daromadlarining o'sishi, bank tizimiga bo'lgan ishonchning ortib
borishi hamda iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalarning pasayishi kabi omillar
ta'sirida, 2020 yil davomida jismoniy shaxslarning tijorat banklaridagi depozitlari
bo'yicha o'rtacha tortilgan foiz stavkasi yil boshidagi 9,6 foizdan dekabr oyining
oxirida 6,4 foizgacha, yuridik shaxslarning jamg'arma va muddatli depozitlar
bo'yicha stavka esa 6,8 foizdan 6,0 foizgacha pasaydi.
2020 yilda iqtisodiyotning pulga bo'lgan talabi to'liq qondirilgani holda
pul-kredit ko'rsatkichlari va inflyatsiyaning belgilangan maqsadli parametrlar
doirasida bo'lishini ta'minladi.
O'z navbatida, bank tizimining barqarorligi, aholi va xo'jalik yurituvchi
sub'ektlariga ko'rsatiladigan bank xizmatlarini yanada kengaytirish, sifatini
oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bank tizimi moliyaviy
vositachilik rolining mustahkamlanishiga olib kelmoqda.
Pul bozoridagi moliya institutlarini shakllantirish jarayonida majburiy
rezervlar siyosati iqtisodiyotdagi pul massasini tartibga solish hamda buning
natijasida Markaziy bankda saqlaniladigan majburiy zaxiralarning banklar
likvidligini tartibga solish qo'shimcha vositasi sifatida qo'llanildi. Markaziy bank
mazkur instrumentdan, bir tomondan ushbu maqsadlarda foydalangan bo'lsa,
ikkinchi tomondan banklarning uzoq muddatli resurslari miqdorini oshirishga
qaratilgan siyosat yuritishda foydalanmoqda. O'tgan davrda tijorat banklari
tomonidan mablag'larni Markaziy bankda majburiy zaxiralarda saqlash tartibi
ham takomillashtirib borildi.
O'zbekistonda Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosatining ushbu
vositasidan pul massasini tartibga solish vositasi sifatida 1994 yildan boshlab
foydalanib kelinmoqda.
Milliy valyutaning muomalaga kiritilishi va qat'iy pul-kredit siyosatining
olib borilishi natijasida 1995—1997 yillarda inflyatsiya sur'atlari sezilarli
darajada pasaydi. Natijada tijorat banklarining real sektorga kredit berish
faoliyatlarini rag'batlantirish maqsadida majburiy zaxira talablari me'yorlari ham
pasaytirildi. Ushbu me'yor 1996 yilning iyulidan e'tiboran 30 foizdan 25
foizgacha tushirildi.
Milliy valyutaga bo'lgan ishonchni oshirish, bank tizimi uchun
mablag'larning barqaror manbaasini shakllantirish maqsadida O'zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2002 yilda O'zbekiston Respublikasining
«Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to'g'risida»gi
Qonun qabul qilindi. Ushbu qonunga muvofiq tijorat banklariga fuqarolarning
banklardagi omonatlarini kafolatlash tizimi yaratildi. Ushbu qonundan kelib
chiqqan holda tijorat banklariniig jismoniy shaxslardan jalb qilgan depozitlari
majburiy zaxira fondiga deponentlashdan ozod qilindi.
Shuningdek, Markaziy bankda majburiy zaxiralarga deponentlashning
o'rtacha oylik metodologiyasiga o'tilishi (oy oxiridagi ma'lumotlardan foydalanish
o'rniga) pul kredit siyoeatining ushbu vositasidan foydalanish samaradorligini
sezilarli darajada oshirish imkonini berdi.
Markaziy bank tijorat banklariniig moliyaviy ahvolini yaxshilash va
likvidligini oshirish hamda pul massasi o'sishini cheklash maqsadida, xalqaro
bank amaliyoti tajribasidagi o'rnatilgan me'yorlardan kelib chiqib, 2002 yildan
tijorat banklari tomonidan mablag'larni Markaziy bankda majburiy zaxiralashning
yangi tartibini (o'rtacha oylik) amaliyotga tatbiq etdi. Ushbu tartibning joriy
etilishi pul-kredit sohasida olib borilayotgan ishlar samaradorligiga ijobiy ta'sir
ko'rsatdi, ya'ni pul multiplikatorini pasaytirish orqali muomaladagi pul massasini
birmuncha kamaytirish imkonini berdi.
Xalqaro bankchilik tajribasini o'rgangan holda yangi tahrirdagi «Tijorat
banklari tomonidan Markaziy bankda majburiy zaxiralarni deponentlash tartibi
to'g'risida»gi Nizom ishlab chiqilib, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida
2005 yil 18 yanvarda 1444-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazildi va 1 fevraldan
kuchga kiritildi.
Ushbu Nizomga asosan milliy valyutadagi depozitlar uchun majburiy
zaxira talablari me'yori 20 foizdan 15 foizgacha tushirildi va xorijiy valyutadagi
depozitlar uchun esa 5 foiz miqdorida majburiy zaxira talablari qo'llanila
boshlandi.
Keyinchalik O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
2005 yil 16 iyuldagi qaroriga asosan, majburiy zaxiralar miqdori 2005 yil 1
avgustdan e'tiboran jalb qilingan depozitlar va omonatlar turlari bo'yicha barcha
banklar uchun bir xilda, milliy valyutada jalb qilingan depozitlar bo'yicha - 15
foiz, xorijiy valyutada jalb qilingan depozitlar bo'yicha - 8 foiz qilib belgilandi.
Pul massasining maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan holda hamda
tijorat banklari tomonidan uzoq muddatli depozitlar jalb qilinishini yanadarag'batlantirish maqsadida, 2009 yilning 1 sentyabridan majburiy rezervlar
normasi tijorat banklari depozitlarining muddatiga qarab tabaqalashtirildi.
Jumladan, majburiy rezervlar normasi, muddati 1 yilgacha bo'lgan depozitlar
bo'yicha - 15 foiz, muddati 1 yildan 3 yilgacha bo'lgan depozitlar uchun - 12 foiz,
muddati 3 yildan ortiq bo'lgan depozitlar bo'yicha - 10,5 foiz miqdorida o'rnatildi.
2020 yilda inflyatsiya va pul massasining maqsadli parametrlaridan kelib
chiqib hamda tijorat banklarida uzoq muddatli resurs bazasini yanada
kengaytirish maqsadida, majburiy rezervlar normasi, yuridik shaxslarning talab
qilib olinguncha va 1 yilgacha bo'lgan muddatga jalb qilingan depozitlar uchun –
15 foiz, 1 yildan 3 yilgacha bo'lgan depozitlar uchun – 12 foiz, 3 yildan ortiq
bo'lgan depozitlar uchun – 10,5 foiz miqdorida o'zgartirilmasdan qoldirildi.
2019 yilda tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy rezervlari
hajmi 207 mlrd. so'mga ko'paydi 201 4 yilda tijorat banklarining Markaziy
bankdagi majburiy rezervlari hajmi 443 mlrd. so'mga yoki yil boshiga nisbatan
31,8 foizga ko'paydi. 2012-2020 yillar oralig'ida tijorat banklarining majburiy
zaxiralari 2 martadan ko'proqqa ortib, qariyb 1,8 trln. so'mga etdi.
AOTB Ipoteka bankning faoliyatiga 2009 yilda markaziy bankning
majburiy zaxira normalarini o'zgarishi uning kreditlash jarayoniga katta o'z
ta'sirini ko'rsatmagan holda uning o'z mijozlari oldida barqarorligini
mustahkamlanishiga olib keldi (6-rasmga qarang). Xususan, 2020 yilda 2017
yilga nisbatan bankning umumiy zaxiralari 10%ga ortib, 36,7 mlrd. so'mga etgan.
Bankning zaxiralariga mutanosib ravishda uning kreditlash qobiliyati ham ortib
borgan, xususan, mazkur davrda uning hajmi 95%ga ko'payib, kreditlar qoldig'i
945 mlrd. So'mni tashkil etgan.
Majburiy rezerv talablari mexanizmiga kiritilgan o'zgartirishlar uning
samaradorligini yanada oshirdi.
Mustaqillik yillarida respublikamiz iqtisodiyotida katta tuzilmaviy
o'zgarishlar ro'y berib, mamlakatimiz iqtisodiy jixatdan rivojlangan, sanoati va
qishloq xo'jaligi eksportga yo'naltirilgan davlatga aylandi. Xalqaro mehnat
taqsimotining yuzaga kelishi va rivojlanishi eksport-import operatsiyalarining
yuzaga kelishiga va takomillashishiga asosiy sabab bo'ldi.
Valyuta operatsiyalarining keng ko'lamda rivojlanishi markaziy banklarga
ushbu bozorda erkin harakat qilishiga va ayni vaqtda ularni tartibga solishga imkon
yaratdi.
Markaziy bankning valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga imkon
beruvchi bir qator asoslar mavjud bo'lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni
ajratib ko'rsatish mumkin:
1. Markaziy bankning etarli miqdorda oltin–valyuta zaxiralariga ega
bo'lishi;
2. Markaziy bankning xorijiy mamlakatlar banklari bilan keng tarmoqli
korrespondent ( vakillik ) munosabatlarining mavjudligi;
3. Markaziy bankka valyuta operatsiyalirini amalga oshirish tartibini
belgilab beruvchi me'yoriy xujjatlarni mavjudligi;
4. Chet el valyutalari bilan savdo qilishda mavjud bo'lgan savdo
udumlariga rioya qilish;
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta operatsiyalari, hozirgi
kunda Respublika Oliy Majlisi va Hukumatimiz tomonidan aniqlangan monetar
siyosatning asosiy yo'nalishlariga muvofiq amalga oshirilmoqda. Ta'kidlab o'tish
joizki, valyuta savdosida maqsadlilik va ustuvorlik printspiga ko'proq e'tibor
berilmoqda. Ushbu maqsadlarga quyidagilar kiradi:
- eksportyor uchun mahsulot ishlab chiqarish bilan mashg'ul bo'lgan korxonalar;
- chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning O'zbekistonda ishlab
chiqarish faoliyati natijasida olgan foydalari va divedentlari;
- Respublikamiz iqtisodiyotining etakchi tarmoqlaridagi ustuvor loyihalarida
qatnashayotgan korxonalarning so'm mablag'lari; - xalqaro turizm xizmati, xalqaro aloqalar bo'yicha xizmat safari va xorijda ta'lim
olish bilan bog'lik xarajatlar.
Mazkur maqsadlar uchun valyuta savdosini amalga oshirish tartibi faqat
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Shunday qilib,
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta operatsiyalarini amalga oshirish
uchun zarur bo'lgan barcha asoslarga ega.
Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, mamlakat oltin-valyuta zaxiralarining
Markaziy bank balansida turishi, mamlakat Markaziy bankining (davlatlarning)
moliyaviy jihatdan barqarorligini namoyon qiladi. Chunki, odatda, Markaziy bank
davlatlarning tashqi qarzini to'lash bilan bog'liq barcha operatsiyalarga o'z vaqtida
xizmat ko'rsatish, shuningdek, xalqaro operatsiyalar bo'yicha hisob-kitoblarni
ta'minlash uchun mas'uldir.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta siyosati doirasida
amalga oshiradigan asosiy vazifalardan biri mamlakatda tijorat xarakteridagi
valyuta operatsiyalarini rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish hisoblanadi.
2020 yilda valyuta siyosati milliy valyuta va narxlar barqarorligini
ta'minlash hamda eksportni rag'batlantirishga yo'naltirildi. Bunda ichki valyuta
bozorida almashuv kursini maqsadli koridor doirasida ushlab turish uchun,
valyuta savdolarida interventsiya operatsiyalarini amalga oshirish orqali
Markaziy bank tomonidan so'm almashuv kursining o'zgarib boruvchi
boshqariladigan usuli qo'llanildi. Eksportni rag'batlantirish maqsadida so'mning
AQSh dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich pasaytirish choralari ko'rildi.
Natijada 201 5 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra bir AQSh dollarining
nominal qiymati 1 795,0 so'mni tashkil qilib, milliy valyutaning devalvatsiyasi
9,5 foizga teng bo'ldi. 201 5 yil davomida so'mning AQSh dollariga nisbatan
ayirboshlash kursi 10,5 foizga pasayib, 2015 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra bir
AQSh dollari 1984,0 so'mni tashkil qildi.
Markaziy bank milliy valyuta almashuv kursini maqsadli koridor doirasida
ushlab turish uchun valyuta savdolarida xorijiy valyutalarni sotuvchi va sotib
oluvchi sifatida qatnashib, interventsiya operatsiyalarini amalga oshirib bordi.
Eksportni rag'batlantirish hamda importni maqbullashtirish borasida amalga
oshirilgan chora-tadbirlar natijasida ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar hajmi
2012 yilga nisbatan 19,8 foizga oshib, 13,8 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi.
2020 yilda banklaro ichki valyuta bozoridagi jami operatsiyalar hajmi
13,7 mlrd. AQSh dollarini, shundan Markaziy bank operatsiyalari
4,8 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi.
So'mning AQSh dollaridan boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv
kurslari ushbu valyutalarning tashqi valyuta bozorlaridagi AQSh dollariga
nisbatan kurslari dinamikasi va ichki valyuta bozorida so'mning AQSh dollariga
nisbatan almashuv kursi ta'siri ostida shakllandi.
Shunga muvofiq, Shunga muvofiq, 2019 yilda so'mning yapon ienasiga
nisbatan almashuv kursi 16,4 foizga, funt sterlingga nisbatan 9,8 foizga va evroga
nisbatan 8,2 foizga pasaydi. 2020 yilda so'mning almashuv kursi funt sterlingga
nisbatan 14,4 foizga, evroga nisbatan 11,9 foizga, yapon ienasiga nisbatan
2,2 foizga va xitoy yuaniga nisbatan 12,2 foizga pasaydi.
AOTB Ipoteka bankning valyuta operatsiyalaridan ko'rilgan daromadlar
tarkibida valyutaviy aktivlarini so'mga nisbatan AQSh dollari kursining ortishi
hisobiga qayta baholashdan ko'rilgan daromadlar tashkil etadi. Xususan ularning
hajmi 201 4 yilda 61%ni tashkil etgan. Bu ko'rinishdagi daromadlar bankning sof
daromadining qariyb 50%ni tashkil etib kelmoqda. Shuningdek markaziy
bankning samarali valyuta siyosati orqali tijorat banklarining kapitali tarkibidagi
devalvatsiya zaxiralari ham yildan yilga ortib, bank kapitalini ortishiga o'z
hissasini qo'shib kelmoqda.

Xulosa
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, pul-kredit siyosatining
nazariy asosini keynschilik va monetarizm konsepsiyalari tashkil qilgan. Pul-kredit
siyosatining maqsadlari esa vaqtlar o’tishi bilan xar xil davrlarda turlicha bo’lgan
va ular o’zgartirilib turilgan. Xozirgi kunda pul-kredit siyosatining maqsadlarini
ikki guruhga ajratish mumkin: taktik va strategik maqsadlar. Monetar siyosatning
quyidagi vositalari orqali naqd pul emissiya qilish; tijorat banklarining markaziy
bankda saqlanadigan majburiy zaxiralari miqdorini kamaytirish; markaziy bank
tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasini tushirish; ochiq bozorda davlat g'azna
majburiyatlari miqdorini o'zgartirish orqali pul massasi oshirilib boriladi.
Investitsiya siyosati orqali milliy va xorijiy investorlarga qulay shart-sharoitlar
yaratish hisobiga iqtisodiyotga ko'shimcha mablag'lar jalb etilib pul massasi
miqdori oshiriladi, moliya bozoridagi operatsiyalar hajmi ortadi. Faol tashqi
iqtisodiy siyosat orqali eksportning importdan ortiq bo'lishi ta'minlangan holda,
oltin-valyuta zaxiralari ortishi asosida Markaziy bankning valyuta bozoriga ta'sir
etish qobiliyati kuchayib boradi.
Mamlakatimizda monetar siyosatning bevosita vositalari asosida makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga sezilarli darajada hissa
qo'shildi. Bu esa Markaziy bankka monetar siyosat samaradaorligini oshirish
imkonini berdi.
Shuningdek, yuqorida qayd etilgan muammolar monetar vositalardan
foydalanish amaliyotining hozirgi davridagi asosiy muammolari hisoblanadi.
Ularni hal etishning ilmiy-amaliy echimlari va chora-tadbirlarini ishlab chiqish, o'z
navbatida, mamlakatimiz bank tizimida monetar siyosat samardorligini yanada
oshirishga xizmat qiladi.
Umuman olganda, O'zbekiston Respublikasida olib borilayotgan
makroiqtisodiy siyosat va Markaziy bankning monetar siyosati bu – milliy
valyutadagi aholi daromadini oshirish orqali milliy valyutadan manfaatdorlikni
oshirishga qaratilgandir. Shuningdek, Markaziy bank tomonidan olib borilayotgan
samarali valyuta siyosati bank moliya tizimiga o'zining ijobiy ta'sirini
ko'rsatmoqda.
Shuningdek, ichki valyuta bozoridagi barqarorlikni va so'mning almashuv
kursining belgilangan koridor doirasida bo'lishini ta'minlash maqsadida, Markaziy
bank banklararo valyuta bozorida oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirishi
lozim. Markaziy bank, zarur hollarda, pul bozorida so'nggi instantsiyadagi kreditor
sifatida, tijorat banklariga ularning likvidligini saqlash maqsadida, qisqa muddatli
kreditlar ajratish faoliyatini davomiyligini ta'minlashi kerak. Bank tizimi
likvidligini tartibga solish tizimini bozor tamoyillari asosida yanada
takomillashtirish foiz siyosatining samaradorligini oshirish va pul bozorida foiz
xatarlarini pasaytirish imkonini beradi.
Xulosa qilibyana shuni aytish mumkinki, mustaqillikning ilk davridayoq yillarida biz mustahkam poydevorga ega bo'lgan bank tizimini shakllantirdik va
rivojlantirdik. Bizning bank tizimimiz mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy
ettirish, xalq farovonligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlarni muvaffaqiyatli davom ettirish ishiga bundan buyon ham o'zining
salmoqli hissasini qo'shib boradi.



Yüklə 88,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə