Mavzu: Davr xarajatlari tahlili Reja: Ishlab chiqarish davr harajatlar tahlili


Mahsulot tannarxiga qo’shilishiga ko’ra



Yüklə 24,85 Kb.
səhifə4/6
tarix30.12.2023
ölçüsü24,85 Kb.
#167848
1   2   3   4   5   6
Mavzu Davr xarajatlari tahlili Reja Ishlab chiqarish davr hara-hozir.org

Mahsulot tannarxiga qo’shilishiga ko’ra:
mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;
mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlar.

Yuzaga chiqish o’rni bo’yicha:
bo’lim bo’yicha qilingan xarajatlar;
sex bo’yicha qilingan xarajatlar;
uchastka bo’yicha qilingan xarajatlar va hakozo.

Sotish hajmiga hisobdan chiqarilishiga ko’ra:
mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari;
davr xarajatlari.

Davriga ko’ra:
joriy davr xarajatlari;
kelgusi davr xarajatlari.

Soliqqa tortiladigan foyda summasini aniqlashda hisobga olinishiga ko’ra:


  • soliqqa tortiladigan bazaga qayta qo’shiladigan doimiy tafovutlar;

  • soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladigan davri bo’yicha tafovutlar;

  • soliqqa tortiladigan bazani aniqlashda hisobga olinmaydigan xarajatlar.



Mahsulot hajmining o’zgarishiga muvofiq:
o’zgaruvchan xarajatlar;

  • o’zgarmas xarajatlar.



Mahsulot tannarxiga qo’shilishiga qarab:
to’g’ri xarajatlar (bevosita);
egri xarajatlar (bilvosita).

Moliyaviy natijalarga daxlsizligi bo’yicha:
mahsulot tannarxiga qo’shiladigan xarajatlar;
foyda hisobidan qoplanadigan xarajatlar.
Tahlil etishda o’rganish ob’ekti va maqsadidan kelib chiqqan holda korxona xarajatlarining u yoki bu turkumi bo’yicha o’zgarishlar va o’zgarish sabablariga baho beriladi. Taqqoslash yoki qiyosiy o’rganishda joriy davr va o’tgan yil ma’lumotlari, biznes reja ko’rsatkichlari, o’rtacha ko’rsatkichlar va tarmoq bo’yicha boshqa ma’lumotlar olinadi. Taqqoslashda ko’rsatkichlar bo’yicha mutloq o’zgarishlar nisbiy ko’rsatkichlarni qo’llash orqali to’ldiriladi.
4. Xarajatlarning iqtisodiy elementi va kalkulyatsion moddalari bo’yicha tahlili
Sanoat korxonalari ishlab chiqarish xarajatlarini rivojlantirish maqsadida buxgalteriya hisobi va hisobotida uning yo’nalishlari bo’yicha guruhlarga ajratish maqsadga muvofiqdir:
Xarajatlarning iqtisodiy elementlari bo’yicha;
Xarajatlarning kalkulyatsion moddalari bo’yicha.
Xarajatlarni elementi bo’yicha guruhlarga ajratishdan maqsad ularni strukturasi, dinamikasini nazorat qilishdan iborat.
Ko’rsatkichlarni taqqoslash orqali jonli mehnat bilan boshqa xarajat turlarini nisbati, ishlab chiqarish zaxiralarini normalashtirish va tahlil etish, oborot mablag’larini tezligini aniqlash va milliy daromadni hisoblash imkoniyati tug’iladi.
Xarajatlarni elementlari bo’yicha tahlil natijalariga muvofiq material sig’imi, mehnat sig’imi va fond sig’imi darajalari bo’yicha tannarxni pasaytirish imkoniyatlarini aniqlash mumkin.
Tahlil etishda jami xarajatdagi har bir xarajat elementning tutgan salmog’i aniqlanib, o’tgan yildagisi hamda smetadagi ko’rsatkichlar bilan taqqoslanadi va bu ko’rsatkichlarni o’zgarish sabablari aniqlanadi.
Mahsulotlarning ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlari tarkibini iqtisodiy elementlari va moddalari bo’yicha quyidagi tarkibda berish mumkin.
Ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy elementlari va kalkulyatsion moddalari bo’yicha o’rganish quyidagicha farqlanadi, ya’ni, bo’limlar va korxona bo’yicha jami xarajatlar faqat iqtisodiy elementlari bo’yicha o’rganiladi, mahsulotlar turi va turkumi bo’yicha esa ishlab chiqarish xarajatlari kalkulyatsiya moddalari asosida ko’rib chiqiladi. Tahlil etishda ishlab chiqarish xarajatlarining jami o’zgarishi va uning tarkibi bo’yicha o’zgarishlari mutloq va nisbiy jihatdan o’rganiladi. Nisbiy jihatdan o’rganishda har bir turkum xarajat moddasi yoki elementining jami ishlab chiqarish xarajatlari tarkibidagi salmog’iga baho beriladi.


Yüklə 24,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə