Mavzu: Deliktlarni ko’rinishlari Reja



Yüklə 26,93 Kb.
səhifə1/3
tarix29.11.2023
ölçüsü26,93 Kb.
#140925
  1   2   3
deliktlar


Mavzu: Deliktlarni ko’rinishlari
Reja:

  1. Delikvent axloq shaxs og`ishgan xulqining shakli sifatida va uning mazmun-mohiyati, shakllanish shartlari.

  2. Qonunga qarshi motivatsiya.


Tayanch tushunchalar: Delikvent axloq, Kriminal axloq ,delinkvent, Antiijtimoiy shaxs, Psixik anomaliya, Determinatsiya

Delikvent axloq shaxs og`ishgan xulqining shakli sifatida va uning mazmun-mohiyati, shakllanish shartlari.


Biz deviant axloqning alohida turlari ifodasini deviant axloq tavsifnomasidan boshlaymiz. Delinkvent (qonunga zid, antijamoaviy) axloq muammosi ko’plab ijtimoiy fanlarning tadqiqoti uchun markaziy hisoblanadi, chunki jamoatchilik tartibi yaxlit olganda davlat kabi uning har bir alohida fuqarosining rivojlanishida ham muhim rol o’ynaydi.Qonunga qarshi axloqqa nisbatan turlicha yondoshuvlar va tushuncha apparatidan foydalaniladi. Psixologik adabiyotlarda uni ko’pincha delinkeent axloq sifatida ko’rsatadilar. VePp-tsieSH so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, "nojo’ya xatti-harakat, aybdorlik" ma’nolarini beradi. Bu atama ostida biz shaxsning qonunga qarshi axloqi - ushbu jamiyatda ea ushbu vatstda o’rnatilgan tsonunlardan ogishgan, boshtsa odamlar yoki ijtimoiy tartibning tinchligiga xavf soluvchi va o’zining oxirgi ko’rinishlarida jinoiy jazolanadigan anits shaxsning harakatshi tushunamiz. Qonunga qarshi axloqni namoyon etuvchi shaxs delinkeent shaxs (delinkvent) sifatida tavsiflanadi, harakatning o’zi esa - deliktdir.
Kriminal axloq- delinkvent axloqning bo’rttirilgan shakli hisoblanadi. Umuman olganda, delinkvent axloq jamiyatning aniq ifodalangan qoida (qonun) lariga, bevosita
davlat hayotining mavjud me’yorlariga qarshi yo’naltirilgan.
Maxsus adabiyotlarda ko’rib chiqilayotgan atamadan turli ma’nolarda foydalaniladi. A.E.Lichko, o’smir psixi-atriyasining amaliyotiga «delinkventlik» tushunchasini kiritab, uning o’z ortidan jinoiy javogarlikni olib kelmaydigan mayda antijamoatchilik harakatlarini chekladi. Bu, masalan, maktabga bormaslik, asotsial guruh bilan muloqot qilish, mayda bezorilik, zaiflar ustidan taxdarlash, mayda pulni olib qo’yish, mototsiklni olib qochish bo’lishi mumkin. V.V.Kovalev, delinkventlikning bunday sharhlashga qarshi delinkvent axloq jinoiy axloq hisoblanishini ko’rsatib, e’tiroz bildiradi.«delinkvent» atamasi xorijda voyaga etmagan jinoyatchilarni ifodalash uchun qo’llaniladi. Xullas, Butunjahon sog’liqni saqlash tashkilotining materiallarida delinkvent boshqa individ yoki 1uruhga zarar keltiruvchi va ushbu lahzada jamiyat rivojida me’yoriy ijtimoiy guruhlar tomonidan o’rnatilgan chegaradan o’tuvchi axloqli 18 yoshgacha bo’lgan shaxs sifatida ta’riflanadi. Voyaga etgach delinkvent avtomatik tarzda antiijtimoiy shaxsga aylanadi.
Psixologik adabiyotlarda delinkventlik tushunchasi umuman qonunga qarshi axloq bilan bog’lanadi. Bu -jamoatchshik tartibi me’yorlarini buzuvchi har tsanday axloq. Ushbu axloq jinoyatchilik darajasiga etmagan ma’naviy-etik me’yorlarni mayda buzuvchi shaklga ega bo’lishi mumkin. Bu erda u asotsial axloq bilan mos tushadi. U Jinoiy kodeksga muvofiq jazolanuvchi jinoiy harakatlarda ham ifodalanishi mumkin. Bu xolda axloq kriminal, antiijtimoiy bo’ladi.Delinkvent axloqning keltirilgan turlarini qonunga qarshi axloqning shakllanish bosqichlari sifatada ham, ushgag nisbatan mustaqil ko’rinshplari sifatida ham ko’rib chiqish mumkin.Jamoatchilik qoidalarining ko’p obrazliligi qonunga qarshi axloqning katta miqdorini tug’diradi. Delinkvent axloqning turli shakllarini tasniflash muammosi sohalararo xarakterga ega.Ijtimoiy-huquqiy yondoshuvda qonunga qarshi harakatlarni zo’ravonlik va zo’ravon bo’lmagan (yoki g’arazli) ga ajratish keng ishlatiladi.Klinik tadqiqotlar doirasida V.V.Kovalevning bir necha o’q bo’yicha qurilgan qonunbuzarlikning majmuaviy sistematikasi qiziqish uyg’otadi. Ijtimoiy-psixologak o’qda - intizomga qarshi, jamoatchilikka qarshi, qonunga qarshi; klinik-psixopatologakda — nopatologik va patologik shakllar; shaxsiy-dinamiklikda - reaktsiya, rivojlanish, holat.A. G.Ambrumov va L.YA.Jezlovlar qonunbuzarlikning ijtimoiy-psixologik shkalasini taklif qildilar: ishizomga qarshi, antiijtimoiy, delinkvent - jinoiy va autotajovuzkor axloq (ta’kidlash lozimki, ushbu mualliflar delinkventlikka faqatjinoiy axloq mansub deydilar).Bunday masalalarni hal qilish uchun delinkventlikning ifodalanganlik darajasini va shaxsga ta’sir chegarasini aniqlash kabi qonunbuzarlar tipini tizimlashtirish ham muxim ahamiyatga ega. 1932 yili N.I.Ozeretskiy tomonidan voyaga etmagan qonunbuzarlar tipologayasini bugungi kunda ham dolzarb bo’ltan ifodalanganlik darajasi va xarakteri bo’yicha deformatsiyasini taklif qildi: tasodifiy, odatiy, turgun va professional tsonunbuzarlar .Qonunbuzarlikni sodir etgan o’smirlar orasida A.I.Dolgova, E.G.Gorbatovskaya, V.A.SHumshjin va boshqalar, o’z navbatida, quyidagi uch tipni ajratadi:1) izchil-krimmnogen - ijtimoiy muhit bilan o’zaro ta’sirda jinoiy axloq shaxsning kriminogen «xissasi» hal qiluvchi hisoblanadi, jinoyat axloqning odatiy usulidan kelib chiqadi, u sub’ektning maxsus qarashlari, ko’rsatmalari va qadriyatlari bilan shartlanadi;2) vaziyatli-kriminogen - axloqiy me’yorlarning buzilishi, jinoiy bo’lmagan xarakterdagi qonunbuzarlik va jinoyatning o’zi ahamiyatli darajada notinch vaziyatlar bilan shartlangan; jinoiy axloq sub’ektning rejalariga mos tushmasligi, uning nuqtai nazarida ekstsess bo’lishi mumkin; bunday o’smirlar ko’pincha qonunbuzarlikning tashabbuskori hisoblanmay, spirtli ichimliklar kayfidagi holatda guruxda jinoyat sodir etadilar; .3) vaziyatli tip — salbiy axloqning ahamiyatsiz ifodalanganligi; individ aybi bilan yuzaga kelmagan vaziyatning hal qiluvchi ta’siri; bunday o’smirlar hayotining usuli ijobiy va salbiy ta’sirlar kurashi bilan xarakterlanadi.
Delinkvent axloq shaxs deviant axloqining shakli sifatida qator xususiyatlarga ega.
Birinchidan, bu shaxs ogishgan xultsining kamrots ma’lum bo’lgan turlaridan biri. Masalan, jinoiy deb tan olingan harakatlar doirasi turli davlatlar, turli vaqt uchun turlichadir. Qonunlarning o’zi bir xil emas, ularning takomillashishi kuchida katta yoshdagi aholining katga qismini "jinoyatchilar" kategoriyasiga kiritish mumkin bo’lib qoladi, masalan, soliq to’lashdan qochgan yoki kimgadir jismoniy og’riq etkazgan har bir shaxsni. SHunga o’xshash hamma biladiki, aldash mumkin emas. Biroq haqiqatni hech bir sharoitga qaramay har doim va hamma joyda gapiradigan odam joyida yolg’on gapiradiganlarga qaraganda ancha noadekvat bo’lib ko’rinadi.
Ikkinchidan, delinkvent axloq, aynitssa, tsonuniy me’yorlar - qonunlar, me’yoriy aktlar, intizomli qoidalar bilan boshqariladi.
Uchinchidan, qonunga qarshi axloq deviatsiyaning birmuncha xavfli shakllaridan biri deb tan olinadi, chunki o’z asosi bilan ijtimoiy qurilksh - jamoatchilik tartibiga xavf soladi.
To’rtinchidan, shaxsning bunday axloqi faol muhokama tsilinadi va har tsanday jamiyatda jazolanadi. Istagan davlatning asosiy vazifasi qonunlarni yaratish va ularning ijrosi ustidan nazorat qilish hisoblanadi, shuning uchun delinkvent axloq deviatsiyaning boshqa turlaridan farqli tarzda maxsus ijtimoiy institutlar: sudlar, tergov organlari, ozodlikdan maxrum qilish joylari tomonidan boshqariladi.
Nihoyat, beshinchidan, muhimi shuki, qonunga qarshi axloq o’z mohiyati bo’yicha shaxs va jamiyat — individual intilishlar va jamoatchilik manfaatlari o’rtasidagi nizongtg mavjudligini anglatadi.

Yüklə 26,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə