Mavzu: Derekvet xulq-atvor: tushunchasi, turlari, yondashuvlar. Reja



Yüklə 20,04 Kb.
səhifə2/2
tarix11.12.2023
ölçüsü20,04 Kb.
#146044
1   2
Destruktiv xulq atvor tushunchasi Destruktiv xulq turlari va yon-fayllar.org

graffiti(devorga uyatsiz xarakterdagi rasmlar chizish va yozuvlar yozish), submadaniy deviatsiyalar (slyeng, shramlash, tatuirovkalar) birmuncha tarqalgan.

Bolalarda esa uydan qochib kyetish, daydilik, maktabga bormaslik, tajovuzkor axloq, qiybat qilish, yolqon, o`qrilik, ta'magirlik (tilanchilik) kabi ko`rinishlarda uchraydi.

Asotsial axloqning chegaralari, ayniqsa, o`zgaruvchan, chunki u boshqa axloqiy deviatsiyalardan ko`ra madaniyat va vaqtning ta'siri ostidadir.

Autodestruktiv (o`z-o`zini parchalovchi axloq) – bu tibbiy va psixologik me’yorlardan og`ishgan, shaxsning rivojlanishi hamda umuman o`ziga xavf soluvchi axloq. O`z-o`zini parchalovchi axloq zamonaviy dunyoda quyidagi asosiy shakllarda yuzaga chiqadi: suitsidal axloq, ozuqaga muhtojlik, kimyoviy moddalarga mutojlik (psixofaol moddalarni suiistye'mol qilish), fanatik axloq (masalan, destruktiv-diniy madaniyatga tortilish), autik axloq, viktim axloq (jabrlanuvchining axloqi), hayot uchun aniq ko`rinib xatarli faoliyat (sportning ekstremal turlari, avtomobilda yurganda tezlikni o`ta oshirish va boshqalar).

O`smir yoshda autodestruktiv axloqning xususiyati (avvalgi shakliga o`xshash) uning guruhli qadriyatlar bilan bilvosita bog’liqligi hisoblanadi. O`smir kiritilgan guruh autodyestruktsiyaning quyidagi shakllarini tug’diradi: giyohvandlikka mute bo`lib qolgan axloq, o`z-o`zini kesish, kompyuyerga bog’lanib qolish, ozuqa addiktsiyalari, kamroq – suitsidal axloq.

Biz shaxs og`ishgan xulqining turli ko`rinishlari ikkita – o`ziga yoki boshqalarga qarama-qarshi yo`nalishli “destruktiv axloq”ning yagona o`qida joylashganini ko`ramiz.

Destruktiv ifodalanganlikning yo`nalishi va darajasi bo`yicha og`ishgan xulqning quyidagi shkala bo`yicha taqdim etish mumkin: antiijtimoiy (faoldestruktiv) – proijtimoiy (antiijtimoiy guruhlar me’yoriga moslashgan, nisbatan destruktiv) – asotsial (passiv-destruktiv) – o`z-o`zini parchalovchi (passivautodestruktiv) – o`z-o`zini o`ldiruvchi (faol-autodestruktiv).

Axloqiy buzilishlarning tibbiy tasnifi.

bemor o`z yoshi uchun g’ayrioddiy tarzda jahlning tez-tez yoki og’ir ko`tarilishini namoyon qiladi;


kattalar bilan tez-tez bahslashadi;


tez-tez kattalarning talablarini bajarishdan faol bosh tortadi yoki ularning qoidalarini buzadi;


ko`pincha ataylab shunday ishlarni qiladiki, boshqa odamlarning


xo`rligini keltiradi;


o`z xatolari yoki axloqida ko`pincha boshqalarni ayblaydi;


ko`pinchi xafa bo`ladi yoki uni osongina o`ksitadilar;


ko`pincha g’azablanadi yoki achchiqlanadi;


ko`pincha g’azabnok yoki qasoskor;


ko`pincha foyda olish yoki majburiyatdan qochish maqsadida aldaydi yoki va'dasini buzadi;


ko`pincha mushtlashuv chiqaradi (bunga sibslar – aka-ukalar va opasingillar bilan mushtlashish kirmaydi);


boshqa odamlarga jiddiy jismoniy zarar yetkazishga qodir bo`lgan qurollardan foydalanadi (masalan, chavgan, g’isht, singan butilka, pichoq, o`qotar qurollar);


ota-onasining ma'n etishiga qaramay kech qoronqigacha ko`chada qoladi


(agar og’ishning boshlanishi bo`lsa – 13 yoshgacha);


boshqa odamlarga nisbatan jismoniy shafqatsizlikni namoyon etadi (masalan, qurbonni bog’laydi, uni kesadi, kuydiradi);


hayvonlarga nisbatan jismoniy shafqatsizlikni namoyish etadi;


begonalar mulkini g’araz bilan buzadi;


qasddan xatar yoki jiddiy zarar yetkazish maqsadida olov yoqadi;


uydan yoki boshqa joydan qimmatbaho buyumlarni o`g’irlaydi;


tez-tez dars qoldiradi;


uydan kamida ikki marta yoki bir marta qochgan, biroq bir kechaga (zo`ravonlikdan qochish holatidan tashqari);


jabrlanuvchining ko`z o`ngida jinoyat sodir etadi (hamyonni yulib olish, sumkani qirqishni kiritgan holda);


boshqa birovni jinsiy faoliyatga majburlaydi;


tegajoq axloqni tez-tez namoyish etadi (qasddan og’riq, kamsitish, qiynov yetkazish);


begona uy va avtomobillar ichiga kiradi.


Axloqiy fenomenlarning qiyosiy tavsifnomasi

Axloqiy deviatsiya tasniflarini taqqoslab, biz turli axloqiy fenomenlarning farqli xususiyatlarini anchagina aniq ifodalashi mumkin.

Ijtimoiy axloqning asosiy variantlari:

Me’yoriy («standart») axloq– ko`pchilik odamlar uchun xarakterli bo`lgan ijtimoiy me’yorlarga mos tushadi, atrofdagilarning ma'qullashini uyg’otadi va me’yoriy moslashuvga olib keladi. Umuman olganda, u garchi individuallikdan mahrum bo`lsa-da, vaziyatga teng, mahsuldor.

Marginal (cheklangan) axloq – ijtimoiy me’yorlarning eng oxirgi chyegarasida turadi, me’yor chyegaralarini yuvadi va kengaytiradi, atrofdagi odamlarda zo`riqish tug’diradi.

Nostandart («nome’yoriy») axloq – ushbu jamiyatda ushbu vaqtda qabul qilingan kamchilik odamlarga xos me’yorlar chegarasidan chiqadi. Ikki asosiy shaklda namoyon bo`ladi:

kreativ (ijodiy) axloq – yangi g’oyalarni amalga oshiradi, o`ziga xos, mahsuldor, taraqqiyparvar, me’yorning o`zini o`zgartirishga olib kelishi mumkin, biroq qator qollarda atrofdagilarning qarshiligini uyg’otadi;


Deviant (og`ishgan) axloq – mahsuldor emas, destruktiv yoki autodestruktiv, atrofdagilarning ma'qullamasligini uyg’otadi.


5. Patologik axloq – tibbiy me’yorlardan og’ishadi, aniq simptomlar shaklida namoyon bo`ladi, mahsuldorlik va shaxsning ishga layoqati tushib ketadi, atrofdagilarning hayri xohligi yoki qo`rquvini. Patologik axloq vaziyatga teng emas, u shaxsning o`z harakatlarini anglash va ularni boshqarish qobiliyatining pasayishi bilan birga boradi.

Axloqiy og’ishlarni tasniflash muammosi.

axloqiy deviatsiyani bir necha asoslar bo`yicha guruhlanadigan ijtimoiy

ko`rinish sifatida ko`rib chiqadi:

masshtabdan qat'i nazar ommaviy va shaxsiy og’ishlar ajratiladi;


oqibatlar ahamiyati bo`yicha – salbiy (zararli oqibatlar keltirib


chiqaruvchi va potyentsial xavf tug’diruvchi) va ijobiy;

v) sub'yekt bo`yicha – aniq shaxslar, norasmiy guruhlar (masalan, yo`lto`sar guruhlar faoliyati), rasmiy tuzilmalar, shartli ijtimoiy guruhlar (masalan, ayollar piyonistaligi) og’ishi;

g) ob’ekt bo`yicha – iqtisodiy, maishiy, mulkiy buzilishlar va boshqalar;

d) muddati bo`yicha – bir vaqtli va davomli;

ye) buzilgan me’yor turi bo`yicha – jinoyatchilik, ichkilik (piyonistalik) giyohvandlik, o`z-o`zini o`ldirish, axloqsiz xulq, daydilik, foxishabozlik, bezorilik, boqimanda bo`lish, sotqin, rasmiyatchilik, terrorizm, irqchilik, gyenotsid, destruktiv madaniyatlar.

Ijtimoiy moslashmaganlikning maktab yoshida anchagina masshtabli belgilari bo`lib quyidagilar chiqishi mumkin: psixofaol moddalarni muntazam istye'mol qilish (uchuvchi eritmalar, ichkilik, giyohvand moddalar), jinsiy deviatsiyalar, fog’ishabozlik, daydilik, jinoyat sodir etish. Oxirgi vaqtlarda maktab o`quvchilarining og`ishgan xulqida nisbatan kompyutyer o`yinlari yoki diniy syektalarga qaram bo`lib qolish bilan bog’liq bo`lgan yangi shakl kuzatilmoqda.

Juda yoshlikdan va maktab yoshidan og`ishgan xulq ko`rinishlari haqidagi masala yanada chalkash. Umuman shaxsning “mustaqil bo`lmagan” bu bosqichida Deviant axloq qaqida gapirish mumkinmi? Pedagoglar va ota-onalar ko`pincha kichik bolalarda zararli odatlar (barmoqini so`rish, tirnoqini chaynash), ovqat yeyishdan bosh tortish, quloq solmaslik, tajovuzkor axloq, masturbatsiya, gipyerfaol axloq kabi axloqning shunday salbiy ko`rinishlari bilan to`qnashadilar.

Afsuski, jamiyatda og`ishgan xulqqa nosog’lomlik kabi munosabatda bo`lish ustundir. Uning ko`zga ko`ringan shakllari bilan to`qnashgach, odamlar avvalo tibbiy tashxis va unga tegishli tibbiy yordam olishga harakat qiladilar.

Deviant axloq masalalari bo`yicha ilmiy adabiyotlarda birmuncha ishlab chiqilgan va anchagina odatlangan klinik yondoshuv hukmronlik qiladi. Ayni damda ma'lumki, shaxs axloqiga psixolgik jiqatdan – shaxsning o`ziga nasiqat qilib ta'sir ko`rsatish mumkin. Yaqqolki, mutaxassis og`ishgan xulq tasnifiga ikkita yetakchi yondoshuvni aniq diffyeryentsiyalashi zarur – psixologik va klinik.


Foydalanilgan adabiyotlar:


I.M. Hakimova. Deviant xulq-atvor psixologiyasi. // o‘quv qo‘llanma; Toshkent -2014; 56-bet.


Umarov B.M. Bolalar va o`smirlarda xulq og`ishining kelib chiqishi va uning oldini olishning ayrim psixologik masalalari. //uslubiy qo`llanma. – T. – 2008, 64-bet.


www.expert.psychology.ru


www.psycho.all.ru




http://fayllar.org
Yüklə 20,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə