Mavzu: Didaktik nazariyalar va ta’lim paradigmalari


Zamonaviy pedagogikada ta`lim paradigma (modeli)lari



Yüklə 37,21 Kb.
səhifə8/9
tarix13.10.2023
ölçüsü37,21 Kb.
#127675
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Didaktik nazariyalar va ta’lim paradigmalari

Zamonaviy pedagogikada ta`lim paradigma (modeli)lari


Pedagogik paradigma (yunoncha «paradeigma» – misol, namuna) – pedagogika fani rivojining ma`lum boskichida ta`limiy va tarbiyaviy muammolarni xal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida ilmiy pedagogik xamjamiyat tomonidan e`tirof etilgan nazariy xamda metodologik kursatmalar tuplami bulib, u ta`limning konseptual modeli sifatida kullaniladi. Bugungi kunda ta`limning kuyidagi paradigmalari keng tarkalgan:

  1. An`anaviy – konservativ paradigma (bilim paradigmasi).

  2. Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma.

  3. Fenomenologik (gumanistik) paradigma.

  4. Texnokratik paradigma.

  5. Ezoterik paradigma.

Ayni vaktda ta`lim paradigmalarini belgilashga nisbatan uch xil yondashuv mavjud:

  1. kadriyatli (aksiologik) yondashuv – madaniyat inson xayotining mazmuni sifatida tushuniladi.

  2. Faoliyatli yondashuv asosan madaniyat moddiy va ma`naviy boyliklarini yaratishga yunaltirilgan faoliyatning sinalgan usullari sifatida talkin etiladi.

  3. Shaxsiy yondashuv – madaniyat muayyan shaxs timsolida namoyon buladi.

Madaniyatga nisbatan turli yondashuvlarning mavjudligi bir kator paradigmalarning yaratilishiga zamin yaratadi.
Xar bir paradigma muayyan ta`limiy muammolarni xal etishga yunaltiriladi. Xususan:

  • ijtimoiy institut sifatida ukuv muassasalarining vazifalari;

  • ta`limning samarali tizimi;

  • ukuv yurtlari oldida turgan eng muxim, ustuvor masala;

  • ta`limning ijtimoiy axamiyatli maksadlari;

  • muayyan bilim, kunikma va malakalarning kimmatli xisoblanishi.

Ayni vaktda kuyidagi paradigmalar mavjud:

  1. Bilim olishning an`anaviy paradigmasi (modeli) (J.Majo, L.Kro, J.Kapel va boshkalar)

Unga kura ta`limning asosiy maksadi – “Bilim, kanchalik kiyin bulmasin bilim olish”. An`anaviy paradigma maktabning maksadi yosh avlodga individual rivojlanishi xamda ijtimoiy tartibni saklab kolishga yordam beruvchi madaniy meroslarning muxim elementlari – bilim, kunikma va malakalar, ilgor goyalar va kadriyatlarni saklab kolish xamda ularni yoshlarga yetkazish muxim ekanligini yoritadi. Bilim olish paradigmasining asosiy maksadi: ta`lim olish, tarakkiyot va madaniyatning eng muxim elementlarini avloddan-avlodga yetkazish.

  1. Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma (P.Blum, R.Ganye, B.Skinner va boshkalar). Ratsionalistik paradigma dikkat markazida ta`lim mazmuni emas, balki ukuvchilar tomonidan turli bilimlarni uzlashtirilishini ta`minlovchi samarali usullari yotadi. Ta`limning ratsionalistik modeli asosini B.Skinerning ijtimoiy injeneriya bixevioristik (inglizcha behavior – xulki) konsepsiyasi tashkil kiladi.

Maktabning maksadi – ukuvchilarda garb madaniyati ijtimoiy koidalari, talablari va kuzlagan maksadlariga mos keladigan moslashtiruvchi “xulkiy repertuar”ni shakllantirishdir. Shu bilan bir vaktda, “xulki” atamasi bilan “insonga xos xamma ta`sirlanishlar – uning fikrlari, sezgi va xarakatlari” ifodalanadi (R.Tayler).
Bunda ta`limning asosiy metodlari, urgatish, trening, test sinovlari, individual ta`lim, tuzatishlari bulib koladi. Buning okibatida, ta`limninggina emas, balki dars berishning xam ijodiy xarakterini aniklash muammosi muxokama kilinmaydi.
P.Blum barcha ukuvchilar fakat uzlashtiribgina kolmay, balki muvaffakiyatli ukishlari mumkin deb xisoblaydi. Ukuvchining optimal kobiliyatlari ma`lum sharoitlarda, ukuvchiga ta`lim berish natijasi uning sur`ati bilan aniklanadi. Olimning firicha, ta`lim oluvchilarning 95 foizi ta`lim muddatlariga bulgan cheklashlar olib tashlanganda ukuv kursining butun muzmunini uzlashtirib olishga kodirlar.


Yüklə 37,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə