Mavzu: Didaktik nazariyalar va ta’lim paradigmalari


Rivojlantiruvchi ta’limnig asosiy tamoyillari



Yüklə 37,21 Kb.
səhifə9/9
tarix13.10.2023
ölçüsü37,21 Kb.
#127675
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Didaktik nazariyalar va ta’lim paradigmalari

Rivojlantiruvchi ta’limnig asosiy tamoyillari


Ta’lim (o’qitish) jarayoni murakkab hamda ko’p qirralidir. Unda o’qituvchi va o’quvchilar faol ishtirok etadilar. Bu jarayonning muvaffaqiyatli va samarali natijasi ta’lim jarayonining qonun-qoidalari, ya’ni ta’limga qo’yilgan didaktik talablarga qay darajada amal qilishlariga bog’liq.
O’qitish bilish faoliyatining ajralmas qismi sifatida, insonning tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonunlari asosida sodir bo’ladi. Shu sababli shaxsni o’qitish, tarbiyalash, barkamol avlod qilib etishtirish jarayonida bir butunlikda amalga oshirish zarur. O’qituvchi qachonki ta’lim tamoyillaridan xabardor bo’lgandagina uni samarali boshqarish, o’qitishning samarali usullarini tug’ri tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Shuning uchun hamo’qitish tamoyillari ta’lim jarayonining eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to’g’ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.
Ta’lim tamoyillari o’quv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanadi. Ular o’zaro bir-biri bilan mustahkam bog’liq holdabir sistemani tashkil etadi, har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechasi ishtirok etishi mumkin. Ular ta’lim oldida turgan asosiy maqsadlarni hal etishga o’z hissasini qo’shadi. Ta’lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda o’quvchi-talabalarga mustahkam bilim berish, ularni erkin, mustaqilfikrlay oladigan insonlar qilib tarbiyalashda, ta’lim tamoyillarining mohiyatini chuqur anglash va hayotga tadbiq etish muhim muammolardan biridir.
O’quv yurtlarida beriladigan bilim ilmiy xarakterga ega bo’lishi fan-texnikaning so’nggi yutuq va kashfiyotlarini o’zida ifoda etishi lozim. Shunday ekan, o’qituvchi ilm-fandagi yangiliklardan xabardor bo’lishi lozim, o’quv fanlari hamilm-fan asosida yaratiladi. O’qitishning ilmiylik tamoyillari ta’lim jarayonida o’quvchi-talabalarni hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyotidarajasidagi ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, ayniqsa talaba yoshlarni ilmiy-tadqiqot usullari bilan tanishtirib borishga qaratilgan.
Ilmiylik ta’limning mazmuniga ham, usullariga hamaloqadordir. Shunday ekan, bilim, ilm-fan bilan o’quv predmeti o’rtasida hamkorlik o’zaro bog’liqlik bo’lishiga erishish lozim. Ta’limning hamma bosqichlarida ilmiy izohlardan foydalanmoq lozim.
Nazariy bilimlarning amaliyot bilan, turmush tajribalari bilan bog’lab olib borish ta’limning etakchi qoidalaridan hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya sohasidagi yutuqlar, eng avvalo nazariya bilan amaliyotning o’zaro bog’liqligiga asoslanadi. Shundagina o’quvchi-talaba o’rganayotgan o’quv materiallarining tub mohiyatini tushunib etadi va amaliyotda ulardan foydalana oladi. Buning uchun o’qituvchi ta’lim jarayonida o’quvchilarning faol ishtirok etishlariga erishmoq lozim. Faol ishtirok esa bilimlarni ongli, tushunib o’zlashtiriiushga olib keladi.
Ta’limdagi onglilik va faollik, o’quvchidagi ko’tarinki kayfiyat, ko’proq bilishga intilish, mustaqilfikrlash va xulosalar chiqarishga undaydi. Bilimlarni ongli va faol o’zlashtirish o’qitish jarayonining psixologik tomonlarida o’z ifodasini topadi.
O’qitishda nazariy bilimlar qanchalik qat’iy bayon etilsa, o’quvchi talabaning fikr yuritishi hamshunchalik aniq va ravshan bo’ladi va o’quv materiallarini ongli o’zlashtirish darajasi hamoshadi. Ta’lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda yoshlarning mustaqilfikr yuritishi, mustaqilsuratda bilim olishga intilishi talab qilinadi. Buning natijasida bilimlarni o’zlashtirish jarayoni ijodiy tus oladi. Bunday sharoitda o’qituvchi o’quvchining mashg’ulotlarga munosabati va bu jarayonda o’zini qanday tutishga e’tibor bermog’i lozim. Yoshlardagi o’qish istagi ta’lim jarayonining zaruriy va mantiqiy qismidir. Shunday ekan, ta’limning samaradorli o’qituvchining o’quvchilarni o’qishga izchil va muntazam qiziqtirib borishiga bog’liqdir. Buning uchun o’qituvchi, ularni o’qishga ijodiy munosabatda bo’lishga, mustaqillikka, ishchanlikka odatlantirishi lozim.
Ta’lim jarayoni, uning mazmuni, unda ko’tarilgan hayotiy masalalar yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli ta’lim, shaxs shakllanishining asosiy manbaidir.
O’qitib, tarbiya berish deganda bizda ta’lim va tarbiyaning bir-biridan ajralmasligini tushunamiz. Shunday ekan, maktab obro’si, o’qituvchi obro’si, avvalo darsda shakllanadi. Til va adabiyot darsimi, matematika darsimi har doim ularning tarbiyaviy imkoniyatlarini ko’rabilish, tarbiya usullaridan foydalanish lozim.
O’quvchi-talaba ilmiy bilimlarni o’zlashtirar ekan, uning dunyoqarashi ham, irodasi va axloqiy sifatlari, imon-e’tiqodi va qobiliyati hamo’sib rivojlanib boradi.
Ta’limning tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanishda o’qituvchi avvalo ta’limni uslubiy jihatdan to’g’ri tashkil etishga, o’quv materiallarining mazmuni bilan bog’liq tarbiyaviy maqsadlarni aniq belgilashga va bilim olishga qiziqtira olishga bog’liqdir. Shu bilan birga, o’qituvchining o’quvchilar oldidagi obro’-e’tibori hammuhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Yüklə 37,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə