Mavzu: dunyoning hozirgi zamon ilmiy manzarasining tahlilida falsafiy tafakkur



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix26.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#119002
1   2   3   4   5
Germenevtika
— qadimgi yunon afsonalaridagi xudolarning xohish va irodasini 
insoniyatga tushuntirib berish uchun erga yuborilgan elchisi — Germes nomi bilan 
ataladi. Demak, germenevtika — tushunish, tushuntirish, tahlil etish g’oyalariga asosiy 
diqqatini qaratadi. Jamiyat, bu ta’limotga ko’ra, kishilar o’rtasidagi muloqotga 
asoslanadi. Muloqot jarayonida madaniy, tarixiy va ilmiy qadriyatlar yaratiladi. Shuning 
uchun falsafaning asosiy vazifasi hayotning ma’nosini, mohiyatini kishilar o’rtasidagi 
muloqotdan qidirishdan iborat. Bu oqim vaqillari Shleyermaxer va Diltey fikricha, 
biror bir tarixiy manbaning to’g’ri tahlil etilishi tadqiqotchining davr xususiyatlarini 
to’la his etishi, tushunishi bilan bog’liq. Hozirgi davrda bu ta’limotning ko’plab 
tarafdorlari mavjud. XX asrning 30 — yillariga kelib «ekzistentsial falsafa» rivojlandi. 
Ekzistentsiya — tom ma’noda mavjud bo’lmoq demakdir. Ekzestentsializm nihoyatda 
xilma-xil yo’nalishdagi ta’limotlarni insonning ma’naviy dunyosi, inson taqdiri
erkinligi g’oyalari asosida umumlashtirdi. Bu muammolarning talqini, ayniqsa, ijodkor 
ziyolilar o’rtasida ommaviy tus oldi.



Shuning uchun ekzistentsial falsafa bu davrda eng keng tarqalgan oqim bo’lib qoldi. 
Ekzistentsializm vakillari asosan ikki yo’nalishga bo’linadilar. Biri — dunyoviy 
(Xaydeger, Sartr, Kamyu) va ikkinchisi diniy (Yaspers, Marsel) bo’lib bunday bo’linish 
nisbiydir. Xaydeger, Sartr, Kamyularning ta’limotiga ko’ra, inson o’zining yaratish 
jarayonini o’zi erkin amalga oshiradi. Insoniyat oldida ulkan imkoniyatlar mavjud bo’lib, 
ulardan qaysi birini tanlashda u erkindir. Demak, inson o’z mohiyatini o’zi erkin 
belgilaydi, uning kim bo’lib etishishi faqat uning o’ziga bog’liq. Shu ma’noda, inson 
doimo rivojlanib boradigan, tugallanmagan loyihaga o’xshatiladi. Erkinlik insonning o’zi 
tomonidan yaratiladigan ichki ruhiy holati tarzida talqin etiladi. Insonga berilgan 
imkoniyatlarni tanlash nihoyatda mas’uliyatlidir, chunki bunda inson o’zi, boshqalarni 
hamda uni o’rab turgan olamni ham qayta yaratadi. Diniy ekzistentsializm vakillari 
Yaspers va Marsel fikricha, inson o’z erkin faoliyati davomida xudoga qarab unga 
etishish uchun, kamolot tomon harakat qiladi. Haqiqiy erkinlik insonga tahlikali onlarda, 
tashvishda, yolg’izlikda namoyon bo’ladi. «ahlika, mas’uliyat sof erkinlikning o’zidir, 
faqat shunday sharoitda inson o’zini to’laligicha anglaydi. Hayot va o’lim, qo’rqinch, 
dahshat tushunchalari bu ta’limotning markaziy tushunchalaridir. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə