Mavzu: dvigatelning aylanish tezligini nazorat qiluvchi sistemani strukturaki prinspial sxemasini algoritimini va dasturini tuzish mundarija kirish I bob dvigatel nima?



Yüklə 366,39 Kb.
səhifə5/8
tarix29.11.2023
ölçüsü366,39 Kb.
#139087
1   2   3   4   5   6   7   8
KURS ISHI

II BOB 2.1 DVIGATEL QUVVATI


Dvigatelning siljishi - bu dvigatelning har bir silindrining ish hajmining yig'indisi, odatda litr (L) bilan ifodalanadi. Tsilindrning ish hajmi deganda piston yuqori o'lik markazdan pastki o'lik markazga siljigan gaz hajmi tushuniladi, shuningdek silindrning siljishi silindr diametri va piston zarbiga bog'liq. Dvigatelning siljishi juda muhim vosita parametridir. U dvigatel hajmini silindr diametri va silindrlar sonidan ko'proq ko'rsatishi mumkin.&# 39 dvigatelining ko'plab ko'rsatkichlari siljish bilan chambarchas bog'liq. Umuman aytganda, siljish qanchalik katta bo'lsa, dvigatelning chiqishi shunchalik katta bo'ladi. Hozirgi paytda yer yuzida aholi sonining yil sayin oshib borishi hamda fan va texnikaning tez sur’atlarda rivojlanib borishi natijasida ijtimoiy- iqtisodiy, ekologik hamda energetik muammolar vujudga kelmoqda. Keyingi 100 yilda insoniyatning energetika boyliklariga bo‘lgan ehtiyoji ming barobarga ko‘paydi. Bugungi kunda olinayotgan energiya asosan organik yoqilg‘ilar: toshko‘mir, torf, neft, tabiiy gaz va boshqalar hisobiga olinmoqda. Bu tur energiya manbalarida foydalanishning o‘ziga xos qulay va noqulay tomonlari mavjud. Birinchidan, bu turdagi energiya manbalarining yerdagi zahiralari chegaralangan bo‘lib, u vaqt o‘tishi bilan kamayib boradi. Ikkinchidan, bu turdagi energiya manbalaridan foydalanish natijasida atrof-muhitga turli chiqindilar chiqarib tashlanadi. Bugungi kunda tabiiy yoqilg‘i ishlatish miqdori dunyo bo‘yicha 12 milliard tonna neft ekvivalentiga teng. Demak, har bir kishiga taxminan 2 tonna yoqilg‘i to‘g‘ri keladi *1,2,3,4+. Transport vositalari ekspluatatsiyasi sohasida olimlarning olib borgan izlanishlari shuni ko‘rsatmoqdaki, respublikamiz viloyatlarida yo‘lovchi tashish ishlarining 70 % dan ortig‘i “Damas” avtomobillariga to‘g‘ri kelmoqda. Bu avtomobillar aholiga har tomonlama qulay, tezkor, ixcham, kichik gabaritlarda ko‘p yo‘lovchi sig‘ishi va nisbatan kam yonilg‘i sarflashi bilan ajralib turadi. Avtomobil saloniga xaydovchi bilan birga 7 tagacha odam sig‘ishi mumkin, lekin bu avtomobilning yonilg‘i tejamkorligi zavodda ko‘rsatilgan me’yorlardan ortiq bo‘layotganligi uchun uning tejamkorligini yanada oshirish asosiy maqsad qilib olindi.
Mutaxassislarning hisoblashlaricha, bitta avtomobil bir soatlik ish jarayonida 50-70 m3 chiqindi gazlarni atmosferaga chiqaradi. Ularning tarkibida 200 dan ortiq zararli gazlar mavjud (uglerod oksidi, azot oksidi, uglevodorodlar, aldegidlar, ikki oksidli uglerod, oltingugurt gazi, qurum, qo‘rg‘oshin birikmalari, benzopirin va hokazo) *11,12,13+. Dvigatel quvvati va tejamkorligini orttirishda quyidagi usullardan foydalanish mumkin: -aylanishlar chastotasini orttirish; -o‘rtacha effektiv bosimni ko‘paytirish; -benzinli dvigatellarda siqish darajasini orttrish; -klapanlar sonini orttirish; -svechalar sonini va uchqun zaryadining kuchini orttirish; -yonish kamerasini yanada ixchamlashtirish; -forkamera bilan alangalantirish usulini qo‘llash; -neft yonilg‘isidan tashqari boshqa turdagi mahsulotlarni ishlatish; -boshqa turdagi energiya manbalaridan foydalanish; -dvigatel sozlanuvchi organlarining va yuklamasining mo‘tadilligini ta’minlash; -mexanik yo‘qotishlar bosimining qiymatini kamaytirish *14,15,16,17+. Yuqorida keltirilgan omillarni dvigatellarda birdaniga amalga oshirishning deyarli imkoni yo‘q, chunki ularni amalga oshirish bir qator muhim tashkiliy hamda konstruktiv yechimlarni hal qilishni taqozo etadi. Shuning uchun ular asta-sekin va navbatma-navbat amalga oshirilmoqda. Bu sohada amaldagi avtomobil dvigatellarini gaz yonilg‘isiga o‘tkazib ishlatish bilan takomillashtirish katta amaliy ahamiyatga egadir. Ma’lumki, gazomobil 1 kun ishlaganida 70 l. dan 100 l.gacha qimmatbaho suyuq yonilg‘ini tejab qolishga imkon yaratadi. Shuning uchun hozirning o‘zida ko‘pchilik avtomobil zavodlari siqilgan va suyultirilgan gazda ishlovchi avtomobillarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda. Shuning uchun biz ham “UzAuto motors” da ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning hech bo‘lmaganda ayrim rusumlarining gazli modifikatsiyalarini yaratishni taklif qilamiz [18,19,20]. Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, ayniqsa yengil avtomobillar ta’minlash tizimini mahalliy yonilg‘i hisoblangan gaz yonilg‘isiga o‘tkazib yanada takomillashtirish juda muhim xalq xo‘jaligi ahamiyatiga ega bo‘lgan masaladir. Shu sababli maqolada eng dolzarb talablarga to‘la javob beradigan gazga o‘tkazish usulini “Nexia” avtomobilining dvigatelida qo‘llashni taklif etamiz. Avtomobil dvigatellari ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilashda uning quvvatini va tejkmkorligini orttirish eng muhim omillar sanaladi. Dvigatel quvvati ortganda, uning ish Avtomobil dvigatellari ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilashda uning quvvatini va tejkmkorligini orttirish eng muhim omillar sanaladi. Bu sohada turli nominal quvvatga va hamma modifikatsiyalarida bir xil o‘lchamli silindrlarga hamda o‘zgarmas porshen yo‘liga ega bo‘lgan dvigatellar oilasini yaratish alohida ahamiyatga egadir. Dvigatellarning bunday unifikatsiya qilingan qatorlarini yaratish ularni ishlab chiqaruvchilar uchun ham, foydalanuvchi va ta’mirlash ishlarini olib boruvchilar uchun ham qulayliklar tug‘diradi. Bu masalani hal qilish uchun dvigatelning litrli quvvatini oshirishga imkon beradigan usullarni izlab topishga to‘g‘ri keladi. Berilgan ishchi hajmda dvigatelning effektiv quvvatini orttirish hozirgi kunda asosan aylanishlar chastotasini va o‘rtacha effektiv bosimni ko‘paytirish yo‘li bilan amalga oshiilmoqda. Dvigatel quvvatiga ta’sir qiluvchi boshqa ko‘rsatkichlarni o‘zgartirish ko‘shimcha qiyinchiliklar tug‘diradi yoki bu ko‘rsatkichlar, hozirgi kunga kilib o‘zlarining chegara qiymatlariga yaqinlashib qolgan. Masalan, silindr diametrini, porshen yo‘lini hamda silindrlar sonini oshirish materiallar sifatini tubdan yaxshilash hamda dvigatelning tuzilishini butunlay o‘zgartirish bilan bog‘liqdir *24,25,26+. Qulay tayyorlangan va to‘g‘ri sozlangan dvigatelda ham to‘ldirish koeffitsientini kattalashtirish, havoning ortiqchalik koeffitsienetini kamaytirish, indikator va mexanik foydali ish koeffitsienti (FIK) larni oshirish bilan dvigatel quvvatini istalgancha orttirib bo‘lmaydi. Chunki dvigatelni tayyorlash va sozlash paytida barcha ko‘rsatkichlarni har doim mo‘tadil qiymatlari chegarasida olishga harakat qilinadi *27,28+. Benzinli dvigatellarda siqish darajasini biroz orttirish bilan dvigatel quvvatini birmuncha ko‘paytirish imkoniyati mavjud. Bu dvigatellarda siqish darajasini taxminan 11 birlikkacha orttirish mumkin. Lekin ε oshganda aralashmaning bosim va harorati ko‘tarilganligi uchun detonatsiya hosil bo‘lish imkoniyati tezlashadi. Shuning uchun benzinli dvigatellarda siqish darajasini mo‘tadil (ε 11) chegarasigacha oshirish, bu dvigatellarda detonatsiyaga qarshi kurash nechog‘lik to‘g‘ri hal etilganligiga bog‘liq. Aylanishlar chastotasi bo‘yicha dvigatellarning quvvatini oshirish ma’lum cheklashlarning mavjudligi hisobiga quvvat oshirishning bu usulini keng miqyosda qo‘llashga imkon bermaydi. Hozirgi zamon dvigatellarida porshenning o‘rtacha tezligi 12...18 m/s gacha, aylanishlar chastotasi esa karbratorli dvigatellarda 4500 ayl/min gacha, ba’zilarida esa 8000 ayl/min gacha yetib boradi *29,30+. Aylanishlar chastotasining bundan keyingi ortishi dvigatelning xizmat qilish davrini qisqartiradi, chunki detallar bu vaqtda tezroq yeyiladi va ularning dinamik va issiqlik bo‘yicha zo‘riqishi juda ortib ketadi. Shuning uchun bu usul benzinli dvigatellarda kamroq qo‘llaniladi. Dvigatel effektiv quvvatini oshirishda silindrga kiritilayotgan zaryadning zichligini orttirish muhim ahamiyatga ega. Silindrga kiritilayotgan zaryad zichligining ortishi, quvvat ko‘rsatkichlarining ortishi aniqlangan. Shunday qilib, dvigatel quvvatining ko‘tarilishi, zaryad zichligining ortishiga taxminan to‘g‘ri proporsional bo‘ladi deb hisoblash mumkin. Havo zichligi orttirilgan dvigatellarda silindrga purkaluvchi yonilg‘i massasi ham ko‘paytirilganligi uchun, dvigatel detallarining issiqlik bo‘yicha va mexanik zo‘riqib ishlashi ortib ketadi. Natijada puflashda bosimni (zichlikni) oshirish darajasini cheklashga to‘g‘ri keladi. Dvigatel tejamkorligini orttirishda yonilgi resurslaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, neft mahsulotlarining atigi 54 foizga yaqin qismini tashkil etuvchi benzin va dizel yonilg‘isidan asosan avtotraktor dvigatellarida foydalaniladi, qolgan qismi esa qo‘shimcha maqsadlar uchun sarf bo‘lib ketadi. Lekin suyuq yonilg‘idan avtotraktor dvigatellarida, ayniqsa benzinli dvigatellarda samarali foydalanilayotgani yo‘q. Ma’lumki, mahsulotlardan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masaladir *31,32+. Yengil avtomobillarning benzinli dvigatellarida siqish darajasi va aylanishlar chastotasi ancha tez ortib bormoqda. Bunda silindrlarni yonuvchi aralashma bilan to‘ldirishni yaxshilash maqsadida ikki kamerali karbyuratorga o‘tish, gaz taqsimlash fazasini o‘zgartirish, kiritish klapanining diametrini kattalashtirish yoki sonini ko‘paytirish, kiritish patrubkasining kesimi va shaklini o‘zgartirish, svecha quvvatini orttirish yoki sonini ko‘paytirish yo‘li bilan amalga oshirilmoqda. Yuqori oktanli benzin ishlab chiqarish ko‘payib borishi bilan yuqori siqish darajasida ishlovchi dvigatellarni ishlab chiqarish ham ko‘payib bormoqda. Yonilgi balansidan to‘laroq foydalanish maqsadida hozircha yengil avomobil va avtobuslarga yuqoriroq (ε=8...10), yuk avtomobillariga esa kichikroq (ε=6...7) siqish darajasiga ega bo‘lgan dvigatellar o‘rnatilmoqda. Bunday holat albatta vaqtinchalik bo‘lib, uning davom etishi hech so‘zsiz solishtirma yonilg‘i sarfining ortishiga olib keladi *33,34,35]. Keyingi yillarda dvigatellarning tejamkorligini oshirishga va yonilgi energiyasining mexanik hamda elektr energiyaga aylantirishning eng tejamkor usullarini topishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ularni hal qilish ko‘p jixatdan dvigatellarning texnik darajasiga bog‘liqdir. Xuddi shu sababli benzinli dvigatellardagi yonilgi sarfini 2015 yilda 2010 yildagiga nisbatan 6...10 g/kVts ga kamaytirish ko‘zda tutiladi. Dvigatel ko‘rsatkichlarini yaxshilash, detallar va uzellarning tuzilishini yanada takomillashtirish va mexanik yo‘qotishlarni kamaytirish yo‘li bilan, shuningdek, effektiv ishchi jarayonlarini qo‘llash bilan amalga oshiriladi. Dvigatelda zaryadi uyurma harakat qiladigan ishchi jarayonini qo‘llash yonilg‘i tejamkorligini 5...7 foizga oshirishi isbotlangan. Bunday jarayonlarni bir qator yengil avtomobil dvigatellarida qo‘llash ko‘zda tutiladi. Aralashmasi forkameradan chiquvchi alanga bilan yondiriluvchi ishchi jarayonni qo‘llash ham xuddi shu maqsadga qaratilgandir.

Yüklə 366,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə