Mаvzu: Ekzogen geologik jarayonlar. Nurash


Gidrotatsiya (metalning suvlanishi)



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə4/6
tarix05.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#104268
1   2   3   4   5   6
19 ma\'ruza EKZOGEN GEOLOGIK JARAYONLAR. NURASH.

Gidrotatsiya (metalning suvlanishi). Bu jarayon natijasida minerallar suv ta'sirida o'zgarib nuraydi. Bunga misol qilib tabiatda angidridni gipsga aylanish reaktsiyasini ko'rsatamiz.
CaSO4 + 2H2O = CaSO4 · 2H2O
Yana bir misolda gematit mineralini limonitga aylanishini keltishish mumkin.
2Fe2O3 + 3H2O → 2Fe2O3 · 3H2O
Mineral tarkibiga kislorod yoki suv molekulasi o'rnashishi bilan uning hajmi kattalashadi va atrofidagi jinslarii itarib darzlar hosil qiladi.
Erish va gidroliz. Kimyoviy nurash jarayonida tog’ jinslarida bu hodisa ko'pincha bir-biriga mos holatda yuz beradi. Bu hodisa asosan suv va uning tarkibidagi karbonat angidridi SO2 ta'sirida vujudga keladi. Suv Yer qatlamlarining yoriq va bo'shliqlari orasida vodorod – H+ va gidroksid - OH- ionlariga (dissotsiatsiya) ajralgan holda uchraydi. Kimyoviy nurashda vodorod – H+ ionining ko'p bo'lishi ko'proq ahamiyatga ega, chunki u bu jarayonda asosiy faktordir. Suv tarkibida karbonat angidridi ko'p bo'lsa, suv tez va ko'proq ionlashadi. Tog’ jinslariga suv va karbonat angidridi ta'sir qilganda faqat uni eritibgina qolmay, balki ularning tarkibini o'zgartiradi, hatto qayta kristallangan yangi minerallar hosil qiladi. Bunga misol qilib tabiatda ko'p tarqalgan dala shpatini olish mumkin. Unga suv va karbonat angidridi ta'sir ettirilsa quyidagi tarkibiy qismlarga ajraladi.
K2OAl2O3 · SiO2 + CO2 +nH2O = Al2O3
SiO2 · 2H2O + SiO2 · nH2O + K2SO3
Ajralish jarayoni qulay sharoit bo'lganda - tropik zonalarda (issiqlik, namlik, va karbonat angidridi ko'p bo'lgan joylarda) ajralish jarayoni natijasida alyumosilikatlar parchalanib, boksit va opal minerallarini hosil qiladi.


Al2O3 · 2SiO2 · 2H2O R2CO3
↑―→ Al2O3 · nH2O
‌‌—→ SiO2 · nH2O
Kimyoviy nurash ko'pincha kristall jinslarda ham yuz beradi, Masalan, temirli, magniyli minerallar tez buziladi, ular kristallangan tog’ (asosiy va ul’tra asosli) jinslarining 15% ini tashkil etadi. Suv va karbonat angidrid ta'sirida limonit (Fe2O3·nH2O) va temirning suvli boshqa minerallari hosil bo'ladi. Kremniy suv bilan birikib opal mineralini (SiO2 · nH2O) hosil qiladi. Bundan tashqari, Quyosh nuri ta'sirida Yer qobig’i yuzasiga chiqib qolgan tog’ jinslari goh namlanib, goh qurib, qurg’oqchilik faslning uzunligi tufayli marganets va temir oksidlari pastdan Yuqori ko'tariladi hamda jins yaltiroqligini hosil qiladi. Natijada jins usti aslida kulrang bo'lsa ham qoramtir-qo'ng’ir rang bilan qoplanadi. Bu jarayonga tog’ jinsi sirtining oftobda kuyishi deyiladi. Bu hodisa Yerning hamma iqlim zonalarida uchrasada, ko'pincha u quruq va issiq iqlim zrnalariga xosdir. Natijada uning fizik va kimyoviy xususiyati o'zgaradi va nurash jarayoni tezlashadi. Bu hodisa O'rta Osiyo tog’larida va cho'llarida ko'p uchraydi, uning qalinligi (jins tarkibiga qarab) 1 mm dan 2 mm gacha etadi. Qo'ng’ir rang parda tarkibida 36% temir, 30% marganets, 8,5% kremnezyom, 9% giltuproq uchraydi.
Kimyoviy nurashda organik dunyoning roli katta. V.I. Vernadskiy, keyinrok. B.B. Polinov, mikroorganizmlarni, o'simliklarni suvda va quruqlikda nurash jarayonining borishidagi va jins hosil qilishdagi ahamiyatini ko'rsatib berdilar.
Neft konlarida 1 km chukurlikda mikroorganizmlar borligi aniqlangan. O'simliklar ildizi faqat mexanik nurashgagina sabab bo'lmay, kimyoviy nurashga ham sababdir. Masalan, o'simliklardan organik kislotalar, karbonat angidridi ajralib tog’ jinslariga ta'sir etadi. Bundan tashqari, o'simliklar tog’ jinslaridan: K, Sa, Si, Mg, Na, R, S, A1 kabi element tuzlarini ajratib oladi. Shunday qilib, organik dunyo bilan anorganik dunyo doim almashinib turadi. Yer yuzasida qanday iqlimiy sharoit bo'lmasin unda ozmi-ko'pmi fizik, kimyoviy va organik nu­rash jarayonlari bo'lib turadi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə