Mavzu: estetika predmeti,tafakkur tarixi va uning asosiy bosqichlari



Yüklə 18,87 Kb.
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü18,87 Kb.
#139325
1   2   3
Vladimir Sergeevich Solovyov (1853—1900). Rus mumtoz tafakkurining yetakchi vakillaridan biri, Nitsshening zamondoshi, shoir, ilohiyotchi, faylasuf. V.Solovyov go‘zallikni o‘zining ziddidan, ya’ni xunuklikdan (go‘zal insoniy vujud xunuk embriondan vujudga kelganidek), bir-biriga qarama-qarshi ikki ibtido-modda va naming o‘zaro birikuvidan tug‘iladi deb hisoblaydi. Qayerdaki modda nurafshon bo‘lsa, o‘sha yerda go4zallik hodisasini uchratish mumkin. Modda va nurning uzviy omuxtaligi — hayot, deydi Solovyov. Shu bois qayerda hayotning ichki to‘laqonligiga erishilsa yoki uning hodisalari “jonli kuchlar o‘yini taassurotini” qoldirsa,
tabiat o'sha yerda o‘zining bor go‘zalligi bilan namoyon bo‘ladi. Nur va hayot — tabiatdagi estetik mazmunni baholashning ikki asosiy mezoni.
Buyuk rus mutaffakiri tabiiy go‘zallikni uning noorganik dunyodan organik dunyoga, undan insonga qarab taraqqiy yetib borishida ko‘radi. Noorganik dunyoda go‘zallik ikki turda mavjud bo‘ladi; ziyoiy go ‘zallik (yulduzli osmon, kamalak, olmos) va hayotni oldindan anglatuvchi hodisalar aurasi (shildiragan irmoq, sharshara va h.k.) sifatidagi go‘zallik. Nabotot dunyosidagi nafosatli makonda hayratda qoldiradigan bezakdorlikka ega bo‘lgan go‘zallik yetakchilik qiladi. Bunday go‘zallikning oliy ifodasi gullardir. Hayvonot dunyosidago‘zallik naqshlar (ranginlik) va musiqiy shakllarda namoyon bo‘ladi. Tabiiy go‘zallik o‘zining oliy ifodasini insonda topadi; u tabiat dunyosidagi nafosat idealining eng mukammal ko‘rinishi; ong ato etilgan inson tabiat voqeligini ijodiy o'zlashtirishga qodir. Biroq, Solovyovning fikricha, so‘nggi paytlarda tabiat va inson orasida qarama-qarshilik chuqurlashib bormoqda; inson tabiatga, qandaydir qiyofasiz bir narsaga qaraganday munosabatda bo‘lmoqda. Shu bois faylasuf ekologik muammoni axloqiy jihatdan hal etishning yagona usulini go‘zallikda ko‘radi. Bu o‘rinda san’at asosiy tarbiyachi rolini o‘taydi.

Адабиётлар:

  1. Ш.М. Мирзиёев. Буюк
    Yüklə 18,87 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə